Xalqaro lizing operatsiyalari


Download 370.46 Kb.
bet7/14
Sana03.12.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1801297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro lizing operasiyalaridan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari va yo‘nalishlari

Andozali lizing. Lizingning bu shaklida asbob-uskunani ishlab chiqargan shaxs uni lizing kompaniyasiga o’zi mustaqil tarzda sotadi. Lizing kompaniyasi asbob-uskunani iste'molchiga ijaraga beradi. Asbob-uskunani ishlab chiqaruvchi va uni lizingga oluvchi o’rtasidagi lizing shartnomasi bo’yicha huquqiy munosabatlar umatilmaydi. Bu yerda asbob- uskunaga texnik xizmat ko’rsatish masalasi to’liq hal etilmagan. Bu holda, asbob-uskunani ishlab chiqargan shaxs bilan, lizing oluvchi, o’ziga xizmat ko’rsatish uchun alohida bitim tuzishi lozim. Bunga asosiy sabab, lizing kompaniyasi texnik xizmat ko’rsatish masalalariga aralashmaydi.

  • «Sof lizing». Bunda asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog’liq asosiy majburiyatlar lizing oluvchi bo`yniga tushadi. U soliqlar va xar-xil yigimlarni, to’lovlarni hamda asbob- uskunalardan foydalanish bilan bog’liq barcha xarajat va sug’urta to’lovlarini to’laydi. Lizing oluvchi asbob-uskunani ishga soz holatda saqlashi lozim. Shu bilan birga, u ijara muddati tugaganda, lizing beruvchiga asbob-uskunani o’rtacha eskirishini hisobga olib, yaxshi holatda qaytarishi shartdir. Lizing beruvchi, lizing oluvchi olgan mulkdan foydalanishi bilan bog’liq harakatlarga javob bermaydi. Lekin, u asbob-uskuna ishlatilayotgan mamlakatdagi hukumat va boshqa tashkilotlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy ta'sirlar uchun javobgardir.

  • Qaytariluvchi lizing - «liz-bek». Tijorat nuqtai nazaridan lizingning bu shakli firma mablag’larga kuchli ehtiyoj sezganda qo’llaniladi. Uning asosiy xususiyati bo’lib, firmaning moliyaviy holatini yaxshilashga samarali vosita sifatida namoyon bo’lishidir. Bu operatsiyaning mazmuni shundan iboratki, asbob-uskunaning egasi, asbob-uskunani lizing kompaniyasiga sotadi, va so’ngra, undan shu asbob-uskunani ijaraga oladi, ya'ni, asbob-uskunani sotgan shaxs lizing oluvchiga aylanadi. Bunday operatsiyalar asosan, muomalada oldin ham bo’lgan asbob- uskunalarga nisbatan qo’llanilishi qayd etiladi.

  • «Yaxlit lizing». Bu lizingning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lib lizing oluvchi uchun lizing beruvchi tomonidan qo’shimcha xizmatlarni taklif etilishi hisoblanadi. Lizingning bu shakli qimmat. Chunki, lizing beruvchi asbob-uskunani yetkazib berish bilan birga ta'mirlash, sug’urtalash, ba'zi vaqtlarda ishlab chiqarishni boshqarish yoki yokilgi bilan ta'minlash kabi ishlarni ham amalga oshiradi. Odatda, lizingni bu turi yangi asbob-uskunalarni, xususan, kompyuterlar, samolyotlar va boshqa murakkab mashina hamda mexanizmlarga nisbatan qo’llaniladi.


  • Download 370.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling