Xalqaro lizing operatsiyalari


XALQARO LIZING BO`YICHA INVESTITSIYA LOYIHALARI


Download 370.46 Kb.
bet10/14
Sana03.12.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1801297
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro lizing operasiyalaridan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari va yo‘nalishlari

2.3. XALQARO LIZING BO`YICHA INVESTITSIYA LOYIHALARI
Xalqaro lizing operatsiyalarining amalga oshirilishida tuziladigan bitim yoki shartnomalarda an'anaviy xalqaro kredit operatsiyalari yoki tashqi savdo shartnomalaridagi oldi-sotdilarga nisbatan bitimda qatnashayotgan tomonlaming soniga taalluqli holatda ularga nisbatan sezilarli darajada ko’pgina o’ziga xosliklar va turli-tuman shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Xalqaro lizing bitimlarida o’ziga xos xususiyat bo’lib andozalashtirish emas, balki alohidalik xarakterliligi hisoblanadi. Lizing sohasi bo’yicha mutaxassis bitta shaxsning o’zida yaxshi yuristni, moliyachini, buxgaltemi, ishbilarmon-tadbirkomi hamda asbob-uskuna turlari bo’yicha ma'lum darajada bilimga ega bo’lgan mutaxassislami jamlashi kerak.
Xalqaro lizing bitimining tarkibi beshta asosiy bugindan iborat:

  1. Lizing beruvchi, lizing oluvchi va mol yetkazib beruvchi davlatlaming qonunchiligidagi huquqiy bilimlarni, xususan, fukarolik huquqini hamda tijorat va soliq siyosati;

  2. Harakatlarni hisobga olgan holda qo’yilmalar qiymatini hisoblash va extimoli kuchli risklarni aniqlash, asosiy moliyalashtirish sharoitlari doirasida moliyaviy tahlil etish;

  3. Lizing ob'ekti sifatida qatnashayotganda, bozoming joriy kon'yunkturasi va asbob- uskuna narxini tashkil qilish mexanizmini o’rganish;

  4. Lizing operatsiyalari bo’yicha buxgalterlik hisob va hisobotlari doirasidagi bilim va amortizatsiya siyosatini tahlil etish;

5. Lizing loyihasini texnik ekspertiza qilish uchun qanday mutaxassislar jalb qilish kerakligini, asbob-uskuna ishlab chiqargan korxona bilan suxbat o’tkazish va undan asbob- uskunadan texnik jihatdan foydalanishni kafolatini olish hamda lizing davri bo’yicha asbob- uskunadan foydalanilishi ustidan davomli nazoratni amalga oshirish va shu kabilar.
Xalqaro lizing operatsiyasini amalga oshirishda, lizing kompaniyasi ko’pgina tashkiliy ishlami amalga oshirishi lozim. Xususan, lizing kompaniyasi samarali faoliyat yuritishi uchun lizing operatsiyalarini keng reklama qilishi va lizing oluvchiga uning yutuqlarini va foydaliligini ko’rsata olishi, to’g’rirogi ishontirishi lozim.
Xalqaro lizing bo’yicha investitsion loyihalarni ekspertiza qilish jarayonida ma'lum turdagi asbob-uskunalarga bulayotgan talab va takliihi, bozor infratuzilmasini va uning asosiy an'analarini tahlil qilish lozim. Shuningdek, bu yerda bozordagi asbob-uskunaga bulayotgan talabning yoki narxlaming tebranishiga, lizing xizmatiga tegishli boshqa tariflar va baholar (ta'mirlash ishlari, texnik xizmat)ning, transport tariflarining elektr-energiya va shu kabi omillarni hisobga olish lozim.Lizing beruvchi kompaniyalar o’z faoliyatini aniq bir tarmoqkga ixtisoslashtirishga intiladilar (masalan, qurilish, transport, sanoatning ma'lum turlari, qishloq xo’jaligi sanoati, savdo va shu kabilar).
Lizing shartnomasi tuzilishidan oldin amalga oshiriladigan jarayon lizing beruvchi - lizingga ehtiyoj sezgan korxonani, lizing oluvchi korxona esa, lizing beruvchilarni qidirishi bilan boshlanadi. Birinchi qadam bo’lib, lizing oluvchi mijoz bilan lizingning qaysi shaklini tanlash maqsadga muvofiqligini muxokama qilish hisoblanadi. Bunga asosiy sabab bo’lib, lizing bozorida lizing xizmatlari shaklining ko’pligi va lizing operatsiyalarini tartibga soluvchi huquqiy-me'yoriy hujjatlaming va lizing shartnomalari modellarining turli-tumanligidir.
Lizing shartnomasini tugallash jarayoni odatda quyidagi davomiylikda bo’ladi:
1. Lizing oluvchi o’z ehtiyoj laridan kelib chiqib, o’ziga kerak bo’lgan asbob-uskunani olishda ushbu asbob-uskunani ishlab chiqaruvchi korxona yoki zavodni topadi. Undan tijorat taklifini oladi va o’zini kiziktirgan bir qancha masalalar bo’yicha ma'lumotlar oladi. Bu ma'lumotlarga quyidagilar kiradi:

  • asbob-uskunaning sifati va texnik tavsifi;

  • asbob-uskunani ishlab chiqarish darajasi quvvatining muddatli loyihasi;

  • etkazib berish muddati, montaj, ishga tushirish bilan bog’liq ishlar;

  • to’lov shartlari va shu kabilar.

2. Potentsial lizing oluvchi lizing kompaniyasiga asbob-uskunani sotib olish uchun unga qisqa, o’rta yoki uzoq muddatga lizingga berishini surab murojaat qiladi.

  1. Lizing kompaniyasi lizing oluvchi bilan kelishgan holda narxlar oqilona ligiga, uning hozirgi bozordagi joriy narxlar darajasi bilan solishtiradi, va agar narxlar mos kelsa, ko’rsatilgan asbob-uskuna oldi-sotdisi bo’yicha bitim tuziladi. Bunda lizing kompaniyasi lizing ob'ekti sifatida o’z mulkiy huquqini kulga kiritadi.

  2. Bir vaqtning o’zida lizing kompaniyasi va lizing oluvchi o’zlari tomonidan tuzilgan lizing bitimiga muvofiq lizingga berilgan asbob-uskunaga egalik qilish, lizingga olingan asbob- uskuna uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirgan taqdirda, lizing oluvchiga o’tadi. Lizing shartnomasi tuzilganidan so’ng, lizing beruvchi kompaniya asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi korxona zavodlariga, asbob-uskunani lizingga oluvchining manziliga yetkazish to’g’risida ko’rsatma beradi.

  3. Lizing oluvchi va asbob-uskunani yetkazib beruvchi alohida to’lov to’lash sharti bilan asbob-uskunani texnik ta'mirlash va unga kerakli qo’shimcha extiyot qismlami yetkazish haqida qo’shimcha bitim imzolashlari mumkin. Ba'zi hollarda bunday xizmatlarni lizing kompaniyasining o’zi ko’rsatadi. Bunday hollarda u xizmat haqini lizing to’loviga qo’shib yuborishi ko’zda tutilgan.

Umuman, xalqaro lizingning umumiy ko’rinishi shunday. Har qanday lizing bitimini to’rtta bosqichga ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi bosqichda, lizingning har bir bitimining o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarining to’la konli tahlili, lizing munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning tavsifl va shu kabi omillar muxokama qilinadi. Bu bosqichda lizing oluvchining arizasi rasmiylashtiriladi, mijozning kreditga layokatliligi haqidagi xulosasi va lizing loyihasining samaradorligi hisoblab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda, lizing shartnomasining huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda lizing jarayoni, ya'ni lizing ob'ektidan foydalanish davri bo’ladi. To’rtinchi bosqichda - lizing oluvchi tomonidan lizingga berilgan asbob-uskuna qoldiq qiymati bo’yicha sotib olinadi yoki lizing oluvchidan lizingga berilgan asbob-uskuna qaytarilib olinadi.
Xalqaro lizing kompaniyasi, lizing loyihasini ekspertiza qilishda eng barqaror va obro’li lizing oluvchiga beradi. Lizing loyihasi samaradorligi masalasi, hozirgi kunda eng muhim va ahamiyatli masalalardan biri bo’lib turibdi. Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, loyiha bo’yicha lizing kompaniyasi menejerining hal etuvchi qarori barcha muammolar echimiga, yoki aksiga olib kelishi mumkin.
Taklif etilgan lizing loyihasini amalga oshirish uchun quyidagi savollarga javob berilishi zarur:

  • loyihaning kompaniya maqsadi va vazifalariga to’g’ri kelishi;

  • rejalashtirilayotgan daromad darajasining yetarliligi;

  • kuyilgan mablag’lar yuqolish riskining darajasi.

Yuqoridagi savollarga javob topish uchun kompaniyaning strategik rejasini quyidagicha ishlab chiqish zarur:

  • lizing kompaniyasining loyihasiga qancha daromad va foyda to’g’ri kelishining
    minimal hajmi;

  • investitsiya darajasining maksimal hajmi;

  • loyihalarni amalga oshirish muddati;

  • zahiralarni qaysi va qancha qismi qisqa-uzoq va o’rta muddatli loyihalarga
    yo’naltirilishi;

  • kompaniya imidjining qanday bo’lishi va loyihalar shakli unga ijobiy ta'sir etish-
    etmasligi;

  • kompaniyaning vazifalari va asosiy maqsadi;

  • kaysi risk eng yuqori darajaligi;

  • loyihani qanday shakli va hajmi kompaniyaning moliyaviy va tashkiliy
    imkoniyatlariga to’g’ri kelish-kelmasligi.

Loyihani tanlashda, eng asosiy e'tiborni kelib tushayotgan barcha takliflaniing andozali ekanliligiga qaratish lozim. Hamma loyihalarni bitta andozaviy shaklga keltirish, ekspertiza jarayonini bir tizimga olib keladi, va bu o’z navbatida, turli mezonlarga qarab turli loyihalarni solishtirish va taqqoslash uchun ma'lumotlar bazasini shakllantiradi. Taklif tahlili va qayta ishlash jarayoni quyidagi bosqichlami o’z ichiga oladi va u ko’p jarayonli bosqichdan iboratdir. Bular:

  1. Boshlangich ekspertiza-tahlili;

  2. Asosiy ekspertiza-tahlili;

  3. Yakuniy tahlil (moliyalashtirish haqida qaror qabul qilish).

Ishlab chiqarish loyihalarining boshlangich ekspertizasi, lizingga olinayotgan asbob-uskunadan foydalanishni va unga tegishli barcha hujjatlar to’plamini tahlil qilish bilan boshlanadi. Tuplamga quyidagi hujjatlarni kiritish mumkin:

  • korxonaning arizasi;

  • korxonaning pasporti;

  • biznes-reja;

  • ta'sis hujjatlarining yuridik jihatdan tasdiqlangan nusxasi;

  • oxirgi ikki yil davomidagi korxona balansi va oxirgi davrdagi barcha hisobotlar;

  • xom-ashyo, ish va xizmatlar yetkazib beruvchilar va iste'molchilar bilan tuzilgan
    bitimlar;

  • ishlab chiqariladigan mahsulotlarga sertiflkatlar;

  • debitorlar xulosasi;

  • lizing oluvchining olgan asbob-uskunasini qo’yib foydalanadigan maxsus joyi (bino- inshooti) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • tavsiya etilgan xatlar, kafolatlar;

  • lizing oluvchi tomonidan lizingni tahlil qilishi, iqtisodiy asosi va lizing
    kompaniyasini kiziktiruvchi asosiy hujjatlarni yetkazishi.

Lizing loyihasini ekspert baholashda, lizing operatsiyalariga minimal baho o’rnatish keng tarqalgan. Masalan, «Osterayshe lizing Gmbx» Avstriya lizing kompaniyasi, har bir lizing bitimini, taxminan, 90,0 ming AQSH dollari qiymatida bo’lishi kerakligi shartini qo’ygan. Lizing operatsiyalarida bunday minimal chegara qo’yilishiga asosiy sabab bo’lib - xalqaro lizingning tashkiliy xarajatlarining yuqoriligi hisoblanadi. Bu o’z navbatida, bitimning samaradorligiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Asosiy ekspertiza - bu to’la konli investitsiya tahlili demakdir. Investitsiya jarayonini tahlil qilishda berilgan ma'lumotlaming to’g’riligi, keltirilgan ma'lumotlar asosida, lizing olayotgan korxonaning likvidliligi va to’lovga qobiliyatini hamda lizing loyihasining samaradorligi tahlil qilinadi.
Investitsiya loyihasining samaradorligi ko’rsatkichlarini ikki asosiy guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin:
1. Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari hamda loyihani amalga
oshirayotgan korxonaning joriy holati va kelajakdagi moliyaviy holatining iqtisodiy ko’rsatkichlari. Bu ma'lumotlarga manba bo’lib, balans hamda daromadlar va xarajatlar holati to’g’risidagi hisobot hisoblanadi (ingl. «Balance sheet»);
2.Investitsiyaning samaradorlik ko’rsatkichlari. Bunda hisob-kitoblar pul oqimi rejasi ma'lumotlari asosida amalga oshiriladi (ingl.«cash-flovv»).
Daromadlar va xarajatlar hisobotidan loyihani amalga oshirmoqchi bo’lgan korxonaning foydaliligini aniqlash mumkin. «Daromadlar va xarajatlar» hisobotini tuzish uchun quyidagi ma'lumotlar kerak.
1. Maxsulot sotish va xizmat ko’rsatishdan tushadigan tushum haqidagi ma'lumot. Bunga ma'lum davrda sotuv vaqtidagi yo’qotishlar ham kiradi (masalan, yil). Shu bilan birga, daromadlar va xizmatlar hisobotida ma'lum vaqtdagi shartnomadagi sotuv summasining hajmi ham ko’zda tutiladi:

  • naqd sotuv;

  • kreditga sotuv;

• joriy davrda sotish ko’zda tutilgan mahsulot uchun oldindan to’langan avans to’lovi mablag’lari.

  1. Hisob-kitob davridagi (oy, chorak, yil) holatlarni hisobi haqida ma'lumot;

  2. Hisob-kitob davridagi xaraj attaining umumiy summasi (optsion, boshqaruv-savdo). Shu narsani ta'kidlab o’tish joizki, umumiy (doimiy) xarajatlar o’ziga kredit bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini o’z ichiga oladi.

Shuningdek, balans hujjati o’zida ma'lum davrdagi korxonaning moliyaviy holatini namoyon qiladi. Masalan, 1999 yil 1 yanvar holati. Balans o’zida korxonaning qanchalik darajada barqarorligi (likvidliligi va to’lov qobiliyati)ni aks ettiradi.
Cash-flovv (kesh-flou) so’zi korxonaning hisob-kitob hisobvaragidagi joriy pul mablag’lari qoldigini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bu qoldiq quyidagilar hisobiga shakllanadi:

  • mahsulot va xizmatlar sotuvi;

  • amortizatsiya ajratmalari;

  • korxona aktivi foyda orqali olingan daromadlar;

  • nizom fondiga badallar va qarzlar.

Chiqimdan quyidagi xarajatlar:

  • mahsulot va xizmat ishlab chiqaruvchi xarajatlar;

  • korxonaning umumiy xarajatlari;

  • qarzlarni to’lash bilan bog’liq xarajatlar;

  • dividendlar bo’yicha to’lovlar, soliq va boshqa to’lovlar.

Barcha tushum va to’lovlar pul oqimi rejasida aks etadi. Cash-flovv usuli pul oqimining rejasi o’zida korxona faoliyati bilan bog’liq barcha pul mablag’larining harakatini o’zida aks ettiradi.
Shuningdek, bu yerda lizing operatsiyalarini sug’urtalash masalalarini ko’rib o’tish muhim. Kup yillar mobaynida, lizing operatsiyalarida sug’urta kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uzaro huquqiy munosabatlardagi jahon tajribasining guvoxlik berishicha, lizing shartnomasi tuzish vaqtida, lizing oluvchi lizingga olinayotgan asbob-uskunani olib kelishi, uni o’rnatishi va jixozlash ishlari hamda mulkiy risklarni sug’urtalashni o’z zimmasiga oladi.

Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling