Xalqaro lizing operatsiyalari


Download 370.46 Kb.
bet11/14
Sana03.12.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1801297
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro lizing operasiyalaridan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari va yo‘nalishlari

Lizing bilan bog’liq mulkni sug’urtalash zaruriyati - «Xalqaro moliyaviy lizing to’g’risidagi Konventsiya» da qabul qilingan. Bu konventsiyaga muvofiq, xalqaro moliya lizingi ishtirokchilarining o’zaro huquqiy munosabatlari tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasining ham bu konventsiyaga qo’shilishi, mamlakatimizda xalqaro lizing munosabat-larining rivojlanishiga turtki beradi.
Mulkiy sug’urtalash shartnomasida quyidagilar sug’urtalanadi:

  • yukotishlar, etishmovchilik yoki ma'lum bir mulkning zararlanish riski;

  • hayotga, sog’liqka yoki boshqa shaxslar mulkiga zarar yetkazish oqibatlari riski;

  • tadbirkorlik faoliyatida o’z majburiyatlarini kontragentlar tomonidan buzilishi
    oqibatida kuriladigan zararlar riski, yoki bu faoliyatning shartlari tadbirkorga
    tegishli bo’lmagan holatda ham o’zgarishi kiradi.

Shu bilan birga, kutilayotgan daromadlarni ololmay qolish riski ham kiradi.
Sug’urtalanayotgan mulk shartnoma bo’yicha (sug’urtalovchi yoki foyda oluvchi) shaxsning foydasiga sug’urtalanadi. Bu qonun bo’yicha asoslanadi, yoki huquqiy hujjatlarda qayd qilinadi. Mulkni sug’urtalash shartnomasi, sug’urtalanayotgan shaxsning nomini ko’rsatmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda shartnomani tuzishda sug’urtalanayotgan shaxsga «ko’rsatuvchiga» sug’urta polisi beriladi. Bu shartnomadagi huquq bo’yicha talofat kurgan tomon, sug’urta zararini qoplash orqali sug’urta kompaniyasidan foydalanishi mumkin. Zarar ko’rsatish javobgarligini sug’urtalash shartnomasi, riski zarar kurgan odamga to’lanishi qayd etilgan.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, xalqaro lizing bo’yicha investitsiya loyihalari tahlili - xalqaro lizing operatsiyalaridan foydalanishning samaradorligini oshirishda juda katta ahamiyatga ega.
XALQARO LIZING OPERATSIYALARINI O’ZBEKISTONDA QO’LLASH VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Jahon iqtisodiy amaliyoti, xalqaro lizingning kapital qo’yilmalarni yetarli darajada saqlab turishga xizmat qiluvchi, moliyaviy vosita sifatidagi yuqori samaradorligidan dalolat bermoqda. Xalqaro lizingda moliyalashtirishni tijorat banklari negizida tashkil qilinadigan lizing kompaniyalari, yoki banklaming o’zi amalga oshiradi. Shubxasiz, biznesning o’ziga xos bu turi bilan shuguUanish banklaming o’ziga, yoki ulaming maxsus bulimlariga, shuningdek, banklar bilan aloqador moliyaviy vositachilar uchun qulaydir.
Bugun O’zbekiston Respublikasida lizingning huquqiy asoslari shakllanayotganligini ishonch bilan aytish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi lizing shartnomasining mazmuni, lizing sub'ektlari va ulaming huquq va majburiyatlarini, shuningdek, lizing muomalalarida ishtirok etayotgan sub'ektlaming javobgarligini, lizing ob'ektlarini, sublizing (ijarachining lizingga olingan ob'ektni lizing shartnomasi asosida boshqa ijarachi - lizing oluvchiga berishi)ni belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan, lizing to’lovi - bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to’lanadigan hamda lizing ob'ektini sotib olish va lizing stavkasi bilan bog’liq barcha sarf-xarajatlarni o’z ichiga olgan pul summasidir.
Respublika tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1997 yil 29 martda 11- sonli bayon bilan qabul qilingan 327- sonli «O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi» yo’riqnomasiga amal qiladi. Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tartib - lizing operatsiyalarini o’tkazish jarayonida bank bilan lizing beruvchi, shuningdek, lizing oluvchi bilan lizing ob'ektini ishlab chiqaruvchi (etkazib beruvchi) sub'ekt o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soladi. Biroq, mazkur tartib lizing beruvchi bankning lizing ob'ektlarini o’z shaxsiy mablag’lari hisobiga sotib olishni nazarda tutadi. Vaxolanki, bu banklarga lizing operatsiyalari hajmini jalb qilingan mablag’lar hisobiga ko’paytirish imkonini bermaydi.
Hozirgi kunda, mamlakatimiz iqtisodiyotida lizingning xilma-xil turlarini uchratish mumkin. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, lizingning shakl va turlarini tasniflash ayrim sabablarga ko’ra qiyin kechadi: turli mamlakatlarning amaldagi qonunlari nafaqat lizingni, balki uning alohida turlarini ham uzgacha ta'riflaydi. Shuningdek, lizing bitimlarida lizingning bir necha turlarini birga qo’shib olib borish ko’zda tutilishi mumkin va lizing turlarini aniqlashda uning bir qancha alomatlaridan kelib chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan tartibga binoan, lizing bozor sektoriga bog’liq holda ham ichki, ham xalqaro lizingga bo’linadi.
Jahon tajribasi, iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda lizingning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin:

  1. Moliyaviy lizing.

  2. Operativ lizing.


Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling