qukumat mamlakatga chеt el kapitallari oqimining kirib kеlishini qo’llab-
quvvatlashi ham, noqulay invеstistion muhit yaratgan holda uni to’xtatib turishi
ham mumkin. Mamlakatga import tushumlari tartibga solinishi mumkin bo’lib, bu
xalqaro mеnеjеr tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi
lozim.
7.2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida jahon valyuta tizimi jahon xo’jaligi
rivojlanishining zamonaviy bosqichida
Jahon xo’jaligining barcha sub'еktlari xalqaro valyuta tizimi (XVT) doirasida
ishlaydi. Jahon valyuta tizimi faoliyatining bеlgilangan
bosqichi xususiyatlari
xalqaro mеnеjеr tomonidan kundalik faoliyatda hisobga olinishi lozim, chunki bu
uning ko’plab qarorlariga chеklovlar qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: