Xalqaro menejment
Milliy kapital eksportini rag’batlantirish
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
Milliy kapital eksportini rag’batlantirish
Milliy kapital eksportini rag’batlantirish masalasi davlatimiz tashqi iktisodiy faoliyatidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki «O’zbekiston o’zining kelajakdagi asosiy istiqbollaridan biri – bu rivojlangan davlatlar safiga qo’shilish, mamlakatni modernizastiyalash, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish, hamda shuning asosida o’z fuqarolarining yuqori turmush tarzini ta’minlashda, deb biladi».22 Iqtisodiyotda milliy kapital ortiqchaligi sezilayotgan davlatlar uning chet elga chiqarilishini rag’batlantiradi. Davlatning xalqaro kompaniyalar eksport-investitsion faoliyatini qo’llab-quvvatlashining asosiy shakllari bo’lib imtiyozli moliyalashtirish; foydaga soliq kamaytirilishi bilan bog’liq yo’qotishlarni qoplovchi maxsus kreditlash tizimi; potensial zararlarni sug’urtalashning kengaytirilgan doirasi hisoblanadi. Oxirgi shakl raqobat erkinligi tamoyilini buzmaganligi va shu tarzda xalqaro kelishuvlar ta’qiqlash me’yorlarini ostiga tushmasligi sababli keng tarqaldi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarning davlat organlari o’z eksporterlariga keng axborot doirasini taqdim etadi. Xorijiy tadbirkorlik (shu jumladan, kapital) bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar o’z davlatlari ko’magini olishi uchun uchta asosiy shart bajarilgan bo’lishi kerak: 1. Xalqaro kompaniyalarni xorijiy filiallari foyda keltirishi, ya’ni ularning texnologiyasi ishonchli, ishlab chiqarishni tashkil qilishi samarali bo’lishi kerak. 2. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallari qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashishi zarur. Ularning texnologiyasi qabul qiluvchi mamlakat mahalliy resurslaridan foydalanishga mo’ljallangan mehnat sig’imli bo’lishi kerak. 3. Xalqaro korporatsiyalarning xorijiy tadbirkorligi bosh kompaniya joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga ishlab chiqarish, bandlik va h.k.ga zarar yetkazmasligi kerak. Masalan, Janubiy Koreya moliya va iqtisodiyot vazirligi kapital chiqib ketishini to’xtatish uchun ichki kapital qo’yilmalarni xorijga investitsiyalar chiqarish sharti deb belgiladi. 100 mln. dollardan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy kompaniyalar ichki kapital qo’yilmalar hajmini 20 % ga ko’paytirishni ta’minlashi kerak. Sarmoyador-mamlakatlar hukumatlari xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantirib, o’z milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga oshirishga ko’maklashadi. Masalan, YеIda investitsiyalarga ko’maklashish dasturi (European Community Investment Partners Program) amalga oshiriladi. 90-yillarda uning asosida YеIga a’zo-mamlakatlar kompaniyalarini ularning O’rta yer dengizi, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlaridagi faoliyatida qo’llab-quvvatlash amalga oshirildi. YеIga a’zo-mamlakatlarning 1000 dan ortiq kompaniyalari qabul qiluvchi mamlakatlar firmalari bilan qo’shma korxonalar faoliyatida va uzoq muddatli litsenzion kelishuvlarda ushbu dastur ko’magida foydalandilar. Dastur qabul qiluvchi mamlakatlarda YеI a’zo-mamlakatlari kompaniyalari loyihalarining barcha bosqichlarini moliyalashtirishga yordam beradiki, unga texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga grantlar, qabul qiluvchi mamlakatda qo’shma korxonalar tashkil qilish sharoitlarini oldindan o’rganishga, personal o’qitishga va ITTKIga foizsiz qarzlar kiradi. AQShda amerikalik investorlarning xorijda xususiy xorijiy kapital qo’yilmalarini moliyalashtirish bo’yicha davlat korporatsiyasi – OPIK moliyalashtiradi. U amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalarini siyosiy tavakkalchilikdan sug’urtalaydi va ularning samarali xorijiy faoliyati uchun yana qator xizmatlar ko’rsatadi. Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarining iqtisodiy o’sishini ta’minlash uchun maxsus rivojlanish dasturlari alohida ajralib turadi. OPIK yordami quyidagi shartlarga rioya qilinganda beriladi: a) amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalari AQShda bandlik darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak; b) ular moliyaviy jihatdan oqlangan bo’lishi va yuqori foyda keltirishi kerak; v) ular qabul qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo’shishi lozim. Yaponiya Eksport-import banki yapon firmalarining bevosita xorijiy investitsiyalarini moliyalashtiradi va yapon firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish uchun chet el hukumatlari va xususiy kompaniyalarga qarzlar beradi. Bu bank shuningdek xorijda ijtimoiy infrastruktura loyihalarini sarmoyalovchi yapon firmalariga kafolatlar beradi. Bundan tashqari, Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlarni investitsiyalashga byudjetga soliq ajratmalarni kamaytirish ko’rinishidagi imtiyozlar mavjud. TMK odatda bosh kompaniyalar joylashgan mamlakatlar va qabul qiluvchi mamlakatlar hokimiyat tuzilmalarida o’z manfaatlarini himoyalashni tashkil etadi. Bunda iqtisodiyotni muvofiqlashtirish davlat organlari xalqaro kompaniyalar istaklarini har doim ham va darhol bajarmaydilar. Bu istaklar ba’zan milliy firmalar, ishchi va xodimlar manfaatlariga, muayyan mintaqa ekologiyasiga va byudjet imkoniyatlariga zid keladi. Shu bilan birga davlat iqtisodiyot tarmoqlarini va mintaqalarni cho’zilib ketgan krizisdan chiqarish maqsadida ustuvor rivojlantirishdan, jadal ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitlarini yaratishdan, tarmoqlar va mintaqalar ichki va butun xalq xo’jaligida ilg’or tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishdan manfaatdor bo’lganda, u xalqaro kompaniyalarga moliyaviy stimul va davlat kapital qo’yilmalari yo’li bilan rag’batlantiruvchi ta’sir etadi. 90-yillarda ko’p davlatlar siyosatida ichki bozorlar hajmini kengayishi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat rolini cheklash, korxonalarni xususiylashtirish, erkin savdo zonalarini tashkil qilish kabi xalqaro kompaniyalar uchun jozibali tendensiyalar namoyon bo’ldi. Global menejer xalqaro kompaniya xorijiy filiali tashabbuslariga qabul qiluvchi mamlakat ma’muriy organlarining munosabatini oldindan ko’ra olish muhim. Turli vaziyatlarda xalqaro tashkilotlarning qabul qiluvchi davlatlar hukumatlari bilan ko’p yillik munosabatlari tajribasi xalqaro iqtisodiy hamkorlikning uchta asosiy komponentini (tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar, bevosita xorijiy investitsiyalar) mamlakatga kiritish va chiqarishga qarab qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi yo’nalishlarni turkumlash imkoniyatini beradi (5.1-jadval). Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling