Xalqaro menejment
-MAVZU. XALQARO KOMPANIYALARNING DAVLAT BILAN MUNOSABATLARI
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
5-MAVZU. XALQARO KOMPANIYALARNING DAVLAT BILAN MUNOSABATLARI
5.1. Davlatning o’z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga yondashish prinsiplari Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlarini vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijro va nazorat xususiyatidagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi. 90-yillar ohirlarida ko’p davlatlar milliy hukumatlarining e’tibori xalqaro moliyaviy oqimlar hajmining keskin ko’payishi va dinamikasining o’zgarishiga qaratilgan bo’lib, ularga qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar, investitsion oqimlar va spekulyativ kapital harakati kiradi. Xalqaro kompaniyalar tomonidan amalga oshiriluvchi moliyaviy oqimlar qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir etadi, va Osiyodagi qator rivojlanayotgan davlatlar achchiq tajribasining ko’rsatishicha, ularning davlat tomonidan nomuvofiq tartibga solinishi davlatdagi va dunyodagi makroiqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash, ishlab chiqarishni boshqarishdagi cheklashlar, foydani taqsimlashda maksimal ulushni aniqlash, litsenziyalar, patentlar berish shartlari, buxgalterlik hisobotini tekshirish kiradi. Bundan tashqari, chet el kompaniyalarining sanoatning ayrim tarmoqlari, xizmat sohalariga (telekommunikatsiya, transport, aloqa, televidenie) kirishi ta’qiqlanadi. Rossiyada, masalan, konversiya, nodir metallarni qazib olish va ishlov berish, kommunikatsiyalar kabi xalq xo’jaligining strategik tarmoqlari bilan bog’liq loyihalarda chet el firmalari ishtiroki cheklangan. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallarini tashkil etish maqsadlarini besh toifaga ajratish mumkin: 1. Sotish bozorlarini kengaytirish. Bosh kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoki turli xizmatlar ko’rsatishni tashkil etadi. Bunda chet el korporatsiyasi ishlab chiqarish uchun o’z mahsulotini ishlab chiqarish texnologiyasini, boshqarish tajribasini va o’z tovar belgisidan foydalanish huquqini beradi. 2. Eksport hajmini ko’paytirish. Xalqaro kompaniyalar eksportining tobora ko’p qismi ularning xorijiy filiallariga to’g’ri kelmoqda. Korporatsiyalar xorijiy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida arzon ishchi kuchi va ko’p tabiiy resurslarga ega qabul qiluvchi mamlakatlarga kapital kiritadi. Xorijiy filial samarali faoliyat ko’rsatishining zaruriy sharti sifatida mahalliy va mintaqaviy sig’imli sotish bozorlarining mavjudligi hisoblanadi. 3. Xomashyo va materiallar bilan ta’minlash. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallarining aksari qismi TMK tizimi firmalarini, shu jumladan, bosh kompaniyani tabiiy resurslar bilan ta’minlash maqsadida amal qiladi. 4. Antiqa texnologiyalarni xarid qilish. Shu maqsadda xalqaro kompaniyalar yuqori ilmiy potensialga ega, ya’ni tadqiqot markazlari, universitetlar, texnologik parklar, intellektual “inson kapitali” mavjud bo’lgan mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari) o’z xorijiy korxonalarini tashkil qiladi. 5. Faoliyat samaradorligini oshirish. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy korxonalari faoliyatida masshtab samarasi ustunliklari, vertikal va gorizontal xalqaro ishlab chiqarish integratsiyasi qo’llaniladi. Qabul qiluvchi mamlakat davlati TMKning quyidagilarga yordam berishiga intiladi: - ular amal qilayotgan mamlakat ichki va tashqi havfsizligini saqlash; - aholining optimal real daromad olishiga shart-sharoit yaratish va bandlik darajasini oshirishni ta’minlash; - aholi salomatligini saqlash va atrof-muhit muhofazasi; - madaniyat, texnika, fan, maorif darajasini ko’tarish. Turli davlatlarning o’z iqtisodiyotiga chet el investorlarini jalb qilish dasturlarida umumiy belgilarni ko’rish mumkin. Birinchidan, barcha davlatlar reklama materiallarini tarqatish, maxsus seminarlar, uchrashuvlar, majlislarni asosan davlat darajasida o’tkazish yo’li bilan xorijiy kapital jalb qilayotgan mamlakat “obro’” sini oshirishga intiladi. Ikkinchidan, bu dasturlar xorijiy sarmoyadorlarni qayd qilishda byurokratik tadbirlarni yengillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutadi. Nihoyat dasturlarda xorijiy investorlarga moliyaviy imtiyozlar berish (bu rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti davridagi mamlakatlar uchun xarakterli) ko’zda tutiladi. Qabul qiluvchi mamlakatning o’z iqtisodiyotiga xalqaro kompaniyalarni jalb qilish bo’yicha tadbirlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
90-yillarda xalqaro kompaniyalar sarmoyalarini jalb qiluvchi mamlakatlar o’rtasida soliq raqobati keskinlashdi, negaki aynan soliqqa tortish xalqaro kompaniyalar joylashish o’rnini tobora ko’proq aniqlamoqda. Bunday raqobat qabul qiluvchi mamlakatlarning iqtisodiyotiga umuman salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni davlat daromadlari va chet el investitsiyalari qisqarishiga olib keladi. 90-yillar oxirida ayrim xalqaro tashkilotlar (masalan, OESR, YeI) milliy va xalqaro kompaniyalar uchun soliq stavkalari o’rtasidagi farqlarni nazorat qilishni o’rnatish maqsadida bu tashkilotlarga a’zo mamlakatlar soliq rejimini o’rganish uchun ekspertlar ishchi guruhini tashkil etdilar. 3) Imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar. Bularga mahalliy moliyaviy tashkilotlarning imtiyozli shartlar bilan xorijiy investorlarga bergan kreditlari, qonuniy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan amortizastiya fondiga (firmaning normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi kapital qo’yilmalarni takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishga xizmat qiluvchi maxsus fond) to’lovlarning qisqartirilgan muddatlari kiradi. Amortizastiya fondiga to’lovlarga soliq solinmaydi. Bundan tashqari, ayrim davlatlar xorijiy investorlarga energiya tashuvchilar uchun haq to’lashga subsidiyalar va firma xodimlari ish xaqiga subsidiyalar ajratadi. 4) Savdo imtiyozlari import bojlarini kamaytirish yoki ulardan ozod qilishni ifodalaydi. Eksportga nisbatan savdo imtiyozlari eksportni moliyalash, eksport kafolatlarini berish va eksport bojlaridan ozod qilishdan iborat. 5) Xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish. U erkin tadbirkorlik hududlarini (xorijiy kelib chiquvchi tovarlar odatdagi bojxona to’lovlarisiz ishlab chiqarilishi, qadoqlanishi, saqlanishi, sotilishi, xarid qilinishi mumkin bo’lgan qabul qiluvchi mamlakat hududining bir qismi) tashkil qilish; qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish; konstessiyalarni (davlat tomonidan xorijiy firmaga o’z mamlakati hududida faoliyat yuritish: foydali qazilmalar qazib chiqarish, sanoat korxonalarini qurish va ishga tushirish va boshqa huquqlarning berilishi) moliyalashtirish, kapitallar bozorida davlat preferenstiyalari, ITTKIni qo’llab-quvvatlash; raqobatlashayotgan tovarlar va xizmatlar importini ta’qiqlash; milliy valutani devalvastiyadan saqlash choralari; qarz kafolatlari, qoloq mintaqalar hududida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish; xususiylashtirishda ishtirok etishda namoyon bo’ladi. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling