Xalqaro menejment


Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi


Download 456.36 Kb.
bet34/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

5.2. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish ikki yo’l bilan: milliy-huquqiy va xalqaro huquqiy usullar bilan amalga oshiriladi.

Milliy-huquqiy tartibga solish milliy huquq tizimi me’yorlari va institutlarini (ma’muriy, fuqarolik va b.) qo’llashdan iborat. Ko’p davlatlarda xorijiy firmalar faoliyatiga taaluqli investitsion qonunlar va kodekslar ko’rinishida maxsus qonunchilik shakllangan. Ularning asosi – qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy investitsiyalarning qoidalari, shartlari va huquqiy kafolatlaridir.

Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalar faoliyatiga tegishli milliy qonunchilikka ko’p mamlakatlar xorijiy investorga qabul qiluvchi mamlakat milliy rejimini, ya’ni xorijiy investor huquqlarini milliy korxonalar huquqlariga tenglashtiruvchi sharoitlarini taqdim etuvchi nizomni kiritadilar. Bundan tashqari, xorijiy investorning qo’shimcha tavakkalchiligini qoplash uchun qabul qiluvchi mamlakatning milliy qonunchiligi xorijiy investor uchun qo’shimcha imtiyozlar va ustunliklarni ko’zda tutadi.

Ko’p davlatlar qonunchiligida xorijiy investorlarga notijorat tavakkalchiliklar (chet el xususiy mulkni milliylashtirish, terrorizm, foyda repatriastiyasiga ta’qiq, tashqi to’lovlarga moratoriy) bo’yicha kafolatlar mavjud. Bunda investitsion bahslarni xalqaro arbitraj institutlarida ularning tartib qoidalarini qo’llash bilan hal qilish ko’zda tutiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.05.2003y. 205-sonli «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori bilan "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan va quyidagi huquqlar berilgan:

- xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu jumladan, jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlar materiallari bilan tanishish yo’li bilan o’rganib chiqish;

- vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlariga qonun xujjatlarining aniqlangan buzilishlari, qonun buzilishini va unga olib keluvchi shart-sharoitlarning sabablarini bartaraf qilish to’g’risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalar kiritish;

- mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi hollari aniqlangan hollarda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor shaxslar tomonidan bajarilmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to’g’risidagi masalalarni tegishli organlar oldiga qo’yish;

- xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini buzayotgan nazorat qiluvchi hamda mahalliy xoqimiyat va boshqaruv organlarining harakati yoki qarorlarini to’xtatib qo’yish;

- jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlar bo’yicha xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji to’lamasdan qayta ko’rib chiqish to’g’risida sud instanstiyalariga takliflar bilan murojaat qilish;

- xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning o’z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risidagi murojaatlarini tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish.




Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling