- 3. Qo’llanilayotgan uskunalar, texnologiya, xomashyo va materiallar, sifatni boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish bilan ta’minlanuvchi mahsulotlar yoki xizmatlarning sifati.
- 4. Asosiy iste’molchilarning tovarlarni xarid qilish yoki xizmatlardan foydalanish, tashish, ekspluatatsiya qilish, tovar xizmatining kafolat muddati davomida ta’mirlash va ishlatish harajatlari.
- 5. Qabul qiluvchi mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda xaridorlarning asosiy va qo’shimcha ehtiyojlarini qondirish darajasi. Bu iste’molchilar manfaatlarini huquqiy himoya qilish me’yorlariga rioya etish darajasi, reklamaning mahsulot haqiqiy iste’mol xususiyatlariga mos kelishi, qadoqlashning sifati, saqlash, sotish, yetkazib berish, sotuvdan keyingi kafolatli xizmat ko’rsatish shartlari bilan aniqlanadi.
TMKlarning xorijiy filiallari ko’pincha qabul qiluvchi mamlakatlarning bozorlarida milliy firmalarga nisbatan yuqori moliyaviy imkoniyatlar va ko’plab reklama tadbirlari hisobiga yuqoriroq raqobatbardoshlik darajasiga erishadilar. Biroq, jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishning asosiy omili - bozor kon’yunkturasini malakali tahlil qilish asosida to’g’ri tanlangan tovarlar va xizmatlarning assortimenti (turlari) hisoblanadi. - TMKlarning xorijiy filiallari ko’pincha qabul qiluvchi mamlakatlarning bozorlarida milliy firmalarga nisbatan yuqori moliyaviy imkoniyatlar va ko’plab reklama tadbirlari hisobiga yuqoriroq raqobatbardoshlik darajasiga erishadilar. Biroq, jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishning asosiy omili - bozor kon’yunkturasini malakali tahlil qilish asosida to’g’ri tanlangan tovarlar va xizmatlarning assortimenti (turlari) hisoblanadi.
- Jahon bozoridagi raqobat milliy bozorga nisbatan kuchliroq, chunki xalqaro kompaniya u yerda ko’proq va qudratliroq raqiblarga duch keladi. Jahon bozoridagi ulush – bu u yoki bu tovar yoki xizmat muvaffaqiyatining asosiy potensialidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |