Xalqaro mexnat resurslar statistika


Download 131 Kb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi131 Kb.
#1208770
1   2   3   4   5
Bog'liq
xabibullaev asliddin statistikasi.doc2001

IF=IT+IM
Ish bilan ta’minlanganlar bu: pul yoki naturada taqdirlash uchun yollanish bo’yicha haftada kamida 2 soat mobaynida ish bajargan shaxslar, shuningdek o’z faoliyati uchun taqdirlash yoki daromad olish muddatidan qat’i nazar foyda yoki daromad olish uchun yollanmagan tarzda ish bajaruvchi shaxslar; kasallik yoki jarohat, bemorni parvarish qilish tufayli; har yillik ta’til yoki dam olish kunlari; o’z ish joyidan tashqarida o’qish; ma’muriyatning tashabbusi bilan ish haqi saqlangan yoki saqlanmagan holdagi ta’til hamda shunga o’xshash sabablarga ko’ra ishda vaqtincha bo’lmagan shaxslar; haq to’lanmagan holda oilaviy korxonada ishlarni bajargan shaxslar.
Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi (ishsizlar) – amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg’ulotga, mehnat organlari ko’magida yoki mustaqil ravishda faol ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo’lgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslar.
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi – iqtisodiy faol aholi tarkibiga kirmaydigan mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi.
Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi:
,
bunda: - iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar soni;
- iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar soni;
- migrant mehnatchilar soni - chet ellarda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda ro’yxatga olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar.
Ushbu bobdagi ko’rsatkichlarni hisoblashda davlat statistika hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Rasmiy sektorda band bo’lganlar soni davlat statistika hisoboti ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat bo’ladi:
yollanib (mehnat shartnomasi bo’yicha), shu jumladan saylanadigan lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari;
kooperativlar va shirkatlar a’zolari;
xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar;
yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar;
yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan dehqon xo’jaliklari a’zolari hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda va dehqon xo’jaliklarida qoramol o’stirish bilan band bo’lgan shaxslar;
nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari.
Xalqaro mehnat tashkiloti me’yorlaridan kelib chiqib hamda Davlat statistika qo’mitasining hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo’lganlarsoni tarkibiga ijtimoiy sug’urta va soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi:
yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan dehqon xo’jaliklari a’zolari;
uyda pulli xizmatlar ko’rsatish bilan band bo’lgan shaxslar (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar);
jismoniy shaxslarda haq olib ishlovchi shaxslar;
oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari;
tegishli ro’yxatdan o’tmay ishlovchi tadbirkorlar.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band shaxslar soni mehnat organlari tomonidan bandlik masalalari bo’yicha har chorakda o’tkaziladigan tadqiqotlar asosida aniqlanadi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun bandlik masalalari bo’yicha tanlama kuzatish ma’lumotlari asosida:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shug’ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so’rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bunda: - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar salmog’i; - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar soni; - mehnatga layoqatli yoshdagi so’ralganlar soni, jami;
b) olingan salmoq ko’rsatkichi bo’yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bunda: - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchilar soni; - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
v) iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlarning umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning har bir aniq turi bo’yicha ITNR to’g’risidagi ma’lumotlar jamlanadi:
,
bunda, - iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni, hammasi.
Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar soni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich aniqlanadi:
1. Birinchidan, ishga joylashtirishga muhtojlarni aniqlash maqsadida mehnat organlari tomonidan mehnat emigratsiyasi bo’yicha savolnomaga muvofiq, mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish paytida migrant mehnatchilar sifatida chet elda turganlar soni aniqlanadi. Buning uchun:
a) uy xo’jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha (mehnat emigratsiyasi moduliga binoan) har chorakdagi tadqiqotlar ma’lumotlari asosida mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslarning so’ralganlar umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bunda: - migrant mehnatchilarni so’ralganlarning umumiy sonidagi salmog’i; - mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslarning (migrant mehnatchilarning) mehnat bilan bandlik masalasi bo’yicha uy xo’jaliklarini tadqiqot qilish davomida aniqlangan soni;
- mehnatga layoqatli yoshdagi so’ralganlar soni, jami.
Chet eldagi migrant mehnatchilarning uy xo’jaliklarini tadqiqot qilishda bevosita qatnashmasligini (so’rov paytida bo’lmasligini) hisobga olib, ushbu shaxslar soni to’g’risidagi ma’lumotlar so’ralayotgan uy xo’jaliklari vakolatli a’zolaridan so’ralgan holda olinadi.
b) migrant mehnatchilarni so’ralganlarning umumiy sonidagi salmog’i bo’yicha migrant mehnatchilarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi umumiy soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi:
,
bunda: - migrant mehnatchilar soni, jami; - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
v) zarurat bo’lganda, mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlarning soni jo’nab ketgan yo’nalishi (mamlakati) bo’yicha aniqlanadi.
2. Ikkinchidan, umuman respublika bo’yicha mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ularning soni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to’g’risida" 2007 yil 15 maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan cxema bo’yicha, quyidagilarni o’z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi:
a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi to’g’risida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari;
b) mehnat emigratsiyasi masalalari bo’yicha har yilgi sotsiologik tadqiqotlar ma’lumotlari;
v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ma’lumotlari;
g) tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
d) uy xo’jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha har choraklik tadqiqotlar ma’lumotlari.
,
bunda: - iqtisodiy faol bo’lmagan aholi soni; - ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotgan hamda ish haqi va mehnat daromadiga ega bo’lmagan o’quvchilar va talabalar soni; - uy bekalari va bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar soni; - ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari soni; - ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar, shuningdek ko’char va ko’chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar soni.
Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo’yicha Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlarida rasman ishsizlar sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo’li bilan quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bunda: - ish bilan band bo’lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni; - ishga joylashtirishga muhtoj.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling