Xalqaro moliya istitutlari va ularning turlari


Download 152.67 Kb.
bet13/14
Sana02.06.2024
Hajmi152.67 Kb.
#1838412
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
30 XALQARO MOLIYA ISTITUTLARI VA ULARNING TURLAR1

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966- yilda Osiyo - Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.

11.15-rasm. OTB ning 2012-2016 yy. kredit va grant mablagMari
(mlrd. AQSh dollari)
Manba: http://www.adb.org/ annual-report-2016.pdf.
OTB asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
> kredit, qarzlar berish va kompaniyalaming aktsionerlik kapitalida ishtirok etish;
> rivojlantirish dasturlari va loyihalarini tuzish va amalga oshirishda texnik ko‘mak va grantlar berish;
> Osiyo-Tinch okeani mintaqasini rivojlantirish maqsadlari uchun investitsiyalar kiritish;
> rivojlanayotgan a’zo-mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini koordinatsiya qilishda yordam ko‘rsatish;
> maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
OTB tomonidan 0‘zbekistandagi 6700 ta mikro, kichik va o‘rta biznesni subyektlarini qoilab-quwatlashga kredit liniyalari ochilgan bo‘lib, shunda ajratilgan kreditlaming 60 foizi Toshkent shahridan tashqari hudulardagi biznes subyektlari xissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarining 260000 nafar aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlashga 120 min. AQSh dolaridagi kredit ajratilgan.
Islom taraqqiyot banki (ITB) 1973- yilda tashkil etilib,asosiy maqsadi a’zo- mamlakatlar va musulmon uyushmalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yordam berishdan iborat bo Tib, quyidagi asosiy funktsiyalami bajaradi256:
> moliyaviy resurslar jalb etish;
> ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun loyihalami kreditlash va kompaniyalar aktsionerlik kapitalida ishtrok etish shaklida a’zo-mamlakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy qoTlab-quwatlash;
> trast va maqsadli fondlami tashkil etish va boshqarish;
> a’zo-mamlakatlar tashqi savdosini rivojlantirishga yordam berish.
ITB guruhi tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
1. Islom taraqqiyoti banki - ITB;
2. Xususiy sektomi rivojlantirish bo‘yicha islomiy korporatsiya - IKRChS;
3. Eksportni kreditlash va investitsiyalami sugTirtalash bo‘yicha islomiy korporatsiya - IKSIEK;
4. Halqaro islomiy savdo-moliya korporatsiyasi - ITfK;
5. Islomiy tadqiqot va o‘quv muassasasi - IIIO.
Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan:
> a’zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga koTnaklashish;
> a’zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;
> loyihaviy moliyalashtirish(shu jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyilida);
> kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quwatlash(shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari);
> a’zo-mamlakatlar mablagTarini safarbar qilish;
> eksportni kreditlari va investitsiyalami sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash;
> a’zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;
> a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish;
> a’zo-mamlakatlami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllari.
O‘zbekiston Islom taraqqiyot bankiga 2003- yilda a’zo boTgan boTib, o‘tgan davrda Islom taraqqiyot banki tomonidan 0‘zbekistonda sogTiqni saqlash, ta’lim, irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik, yoT infratuzilmalarini rivojlantirish, kichik biznesni qoTlab-quwatlash kabi sohalarga mablag‘ ajratilgan. Xususan, O‘zbekiston hukumati va Islom taraqqiyot banki (ITB) 300 min. AQSh dollarlik moliyaviy kelishuv imzolangan bo‘lib, ushbu mablag‘lar "Qishloq joylarida turar-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish yo‘naltiriladi. ITB mablagMami 15 yillik, jumladan, 2 yillik imtiyozli muddatga berdi. Loyiha doirasida 2017-2021 yillarda CTzbekistonning 6 ta viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 6,4 mingtadan ko‘proq uy, 110,52 km kirish va ichki yo‘llar, 197,80 km lik ichimlik suvi tizimi quriladi.


XULOSA

Shunday qilib, zamonaviy jahon iqtisodiyotini rivojlanishi ikkita asosiy tendensiya bilan aniqlanadi: iqtisodiy faoliyatda globallashuv jarayonini tezlashuvi va mintaqaviy integratsiyalashuvni o‘sishi.


Oxirgi o‘n yillikda mazkur sohadagi jarayonlar bir qator yangi mazmundagi elementlarga ega bo‘lib, bulardan muhimi boigan “yangi mintaqalashuv” bir qator xususiyatlarga ega18:
•mintaqaviy kelishuvlar koiami barcha ko‘p sonli mamlakatlarning qamrab olishi;
•jahon iqtisodiy markazlarining integratsiyalashuv kelishuvlaridagi о‘mini oshib borishi;
•zamonaviy mintaqaviy birlashmalar tarkibida rivojlangan, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarning mavjudligi;
•mintaqaviy kelishuvlar, uni ishtirokchilar o‘rtasidagi savdoni rag‘batlantirish bilan bir qatorda boshqa mintaqalar bilan aloqalarda ham katta ahamiyatga ega bo‘lishi;
•mintaqalashuvning davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ustunlikka hamda kelishuv ishtirokchisi bo‘lgan har bir mamlakatning butun iqtisodiyotini qamrab olishga asoslanishi.
Integratsion mintaqalashuvning asosiy vazifasi boshqa mamlakatlarga texnologik transformatsiya uchun qulay sharoit yaratish va ulami raqobatbardoshligini mustahkamlash, shuningdek jahon iqtisodiyoti integratsiyalashuviga imkoniyatlami ochish.
Globallashuvning eng muhim xususiyatlari bu savdoni liberalizatsiyalashuvi va mamlakatlar o‘rtasida kapital harakatiga cheklovlami olib tashlanishi hisoblanadi. Moliyaviy globallashuv va moliyaviy integratsiyalashuv-o‘zaro aloqador jarayonlar bo‘lsada, biroq turli ma’nodagi iqtisodiy tendensiyalami anglatadi.

Download 152.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling