Xalqaro moliya istitutlari va ularning turlari


Xalqaro valyuta fondi: maqsadi va funktsiyalari, moliyalashtirish manbalari va faoliyati turlari. O‘zbekistonning XVF bilan o‘zaro munosabatlari


Download 152.67 Kb.
bet7/14
Sana02.06.2024
Hajmi152.67 Kb.
#1838412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
30 XALQARO MOLIYA ISTITUTLARI VA ULARNING TURLAR1

2. Xalqaro valyuta fondi: maqsadi va funktsiyalari, moliyalashtirish manbalari va faoliyati turlari. O‘zbekistonning XVF bilan o‘zaro munosabatlari
Xalqaro valyuta fondi (XVF) - Birlashgan millatlar tashkilotining ixtisoslashgan muassassasi bo‘lib, a'zo davlatlar valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va to‘lov balansidagi defitsit tufayli yuzaga keladigan valyuta qiyinchiliklarini xorijiy valyutada qisqa va o'rta muddatli kreditlar berish orqali ularga moliyaviy yordam ko'rsatish uchun moijallangan225. 1944 -yildagi Bretton Vud valyuta konferentsiyasida tashqi savdo defitsiti bilan kurashda mamlakatlarga yordam berish uchun XVF tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan va 44 ta ishtirokchi mamlakatlar tomonidan 1945- yil 21- dekabrdan kuchgan kirgan XVF Nizomi (kelishuv moddalari) ishlab chiqilgan. XVF-xalqaro valyuta hamkorligiga
ko‘maklashish bo‘yicha jahon miqyosidagi tashkilot boiib, bugungi kunda unga 188 ta davlat a’zo hisoblanadi. XVF ning Nizomiga ko‘ra asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. xalqaro valyuta moliyaviy muommalar ustida birgalikdagi ishlar va maslahatlar mexanizmi bilan ta’minlovchi doimiy muassasa doirasida valyuta- moliya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlanishiga yordam berish;
2. real daromadlar va bandlikni yuqori darajasiga erishish, shuningdek barcha a’zo-davlatlar ishlab chiqarish resurslarini rivojlantirish hisobiga kengaygan va balanslashgan xalqaro savdoni o‘sishjarayonlariga yordam berish;
3. raqobatda ustunlikka erishish maqsadidagi valyuta devalvatsiyasini qoilanilishiga yoi qo‘ymaslik va a’zo davlatlar o‘rtasida soddalashtirilgan valyuta rejimini qoilab-quvvatlash, valyuta barqarorligiga yordam berish;
4. a’zo-davlatlar o‘rtasida joriy operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni ko‘p tomonlama tizimlarini yaratish, shuningdek, jahon savdosi o‘sishiga to‘siq boiadigan valyuta cheklovlami bartaraf etishda yordam ko‘rsatish;
5. a’zo-davlatlaming milliy yoki xalqaro darajadagi farovonligiga zarar keltirish mumkin boigan choralar qoilanilmasdan, bir xildagi kafolatlar yaratishga rioya qilingan xolda Fond umumiy resurslarini vaqtinchalik taqdim etilishi hisobiga ularni toiov balansidagi disproportsiyani to‘g‘rilash imkoniyatini ta’mini ash;
6. yuqorida ko‘rsatib oiilganlarga muvofiq a’zo-davlatlar toiov balanslar muvozanati buzilishdagi davomiylikni qisqartirish, shuningdek ushbu buzilishlar koiamini kamaytirish.
Bretton-Vud valyuta konferentsiyasi ishtirokchilari tomonidan XVF ga quyidagi uchta asosiy funktsiya yuklatilgan:
❖ “foydalanish Kodeksi”ga amal qilinishini nazorat qilish (davlatlararo toiov aylanmasi va xalqaro valyuta siyosati masalalarida yaqindan hamkorlik);
♦♦♦ fond a’zolariga davlatlararo toiov aylanmasi va xalqaro valyuta siyosati masalalarini amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy resurslar berish;
❖ xalqaro valyuta masalalari bo‘yicha hamkorlik va a’zo-mamlakatlarga o‘zaro maslahatlar uchun forumlar tashkil etish;
Keyinchalik a’zo-mamlakatlar tomonidan davr talabi va sharoitidan kelib chiqib, XVF uchun quyidagi qo‘shimcha funktsiyalar belgilab berildi:
❖ milliy valyutalar almashinuvi bo‘yicha kelishilgan soddalashtirilgan tizimi ustidan nazoratni amalga oshirish;
❖ yanada samarali hamkorlik o‘matish uchun o‘z a’zolariga iqtisodiyotni qayta tashkil qilishga kreditlar berish;
❖ a’zo-mamlakatlarga qo‘shimcha xizmatlar (xodimlar kvalifikatsiyasini oshirish,ixtisoslashgan sohalar texnik ko‘maklari, axborot ta’minoti) kohsatish.
XVF asosiy faoliyati yo‘nalishiga a’zo-mamlakatlar toiov balansi va tashqi qarzlarini tartibga solish ham kiradi. XVF boshqaruv Kengashi, Ijro kengashi, boshqaruv direktori va xodimlar shtatlaridan iborat boiib,yuqori rahbarlik organi boshqaruvchilar Kengashi hisoblanadi. Boshqaruvchilar Kengashi tomonidan fond faoliyatiga tegishli boigan Kelishuv moddalariga (XVF Nizomi) o‘zgartirishlar kiritish, a’zo-mamlakatlar chiqarish yoki qabul qilish, a’zo-mamlakatlaming kapitaldagi ulushi miqdorini aniqlash va qayta ko‘rib chiqish va ijrochi direktorlami saylash kabi muhim masalalar ko‘rib chiqiladi. Boshqaruvchilar Kengashi sessiyalari odatda bir yilda bir marotaba oikaziladi, biroq yigilishlar oikazishi, shuningdek istalgan vaqtda ovoz berishlari mumkin. Boshqaruvchilar Kengashi yigilishlari 15 ta a’zo-davlatlar yoki umumiy ovozlar sonidan kamida 3/2 qismiga ega boigan a’zo-davlatlar iltimosi bo‘yicha chaqiriladi. XVF iga a’zo boigan har bir davlat fond kapitaldagi ulushidan qat’iy nazar 250 bazaviy ovozga ega boiib,shu bilan birga har 100 ming SDR badal summasiga qo‘shimcha bitta ovozga ega boiadi. Mamlakatlar qo‘shimcha ovozlarni jahon iqtisodiyotiga qo‘shgan xissasidan kelib chiqib hisoblanadigan kvotalari doirasida sotib olishlari mumkin. XVF ning tuzilishi xissadorlik korxonalar namunasida tashkil etilgan boiib, uni kapitali a’zo-davlatlaming a’zolik badallaridan shakllanadi. Har bir mamlakat SDR da ifodlangan kvotaga ega boiib, kvota-a’zo-davlatlaming Fond bilan o‘zaro munosabatlarini muhim bo‘ginni boiib, aniqlaydi228 229: kapitalga obuna summasi; Fond resurslaridan foydalanish imkoniyatlari; a’zo-davlatlami SDR summasi olishdagi taqsimlanish navbati; davlatlaming Fonddagi ovozlar miqdori. Kvotalar miqdori mamlakatni jahon iqtisodiyoti va savdosidagi ulushi asosida quyidagi ko‘rsatkichlar yalpi ichki mahsulot, toiov balansi joriy operatsiyalar hajmi va rasmiy oltinvalyuta rezervlari hisobga olingan xolda aniqlanadi. Kvotalar har besh yilda bir marta ko‘rib chiqilib, 25 foizi rezerv aktivlarda (SDR va SDR valyuta korzinasiga kiruvchi valyutalarda va 75 foizi milliy valyutada (qaysiki a’zo-davlat tomonidan belgilangan markaziy bank (yoki o‘zga muassasajdagi XVF mazkur mamlakatdagi barcha hisob raqamlari uchun depozitariya sifatida oikaziladi) toianadi. Bugungi kunda kvotalar 2006 yilda qabul qilingan barcha mamlakatlar uchun quyidagi yagona formula asosida hisoblanadi :
CQS = (0,54+ 0,3*0 + 0,15*V+ 0,05*R /
Bu yerda, CQS -kvotalami hisob-kitob ulushi; 7-3 yillik davr uchun bozor almashinuv kurslari (umumiy hajmi 60 % ) asosida va xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha (umumiy hajmi 40 %) o‘rtacha hisoblangan YalM hajmi;0 “iqtisodiyot ochiqligi”-5 yilik davr davomidagi toiov balansi joriy operatsiyalari bo‘yicha joriy tushumlar va toiovlarni (tovarlar, xizmatlar, daromadlar va transfertlar) o‘rtacha yillik summasi hajmi; V “o‘zgaruvchanlik”-joriy tushumlar va kapital sof oqimi (13 yil davri davomidagi o‘rtacha 3 yillik trend ogishi sifatida oichanadi); //-12 yil uchun rasmiy xalqaro rezervlar (oltin tanga, xorijiy valyuta, SDR zahirasi va XVF dagi rezerv pozitsiyasi)o‘rtacha yillik hajmi;X-“qisish koeffitsienti”=0,95 tashkil etib, ushbu koeffitsient a’zo-davlatlar o‘rtasidagi kvota hisoblash ulushini kamaytiradigan dispersiyasi Ko‘rsatilgan tarkibiy qismlaming ulushi muvofiq ravishda 50 %, 30 %, 15% va 5% lami tashkil etishi lozim.
Boshqaruvchilar Kengashi XVF ning kunlik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar boigan doimiy faoliyat yurituvchi organi- Ijro etuvchi kengashni (Executive Board) tayinlaydi. Xususan, Ijro etuvchi kengash tomonidan Fond moliyaviy resurslarini boshqaradi, islohatlar bo‘yicha tavsiyalar berish, a’zo-mamlakatlarga kreditlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilish hamda ularni byudjet, moliya, iqtisod sohasidagi siyosati bo‘yicha nazoratni amalga oshiriladi230.
Shuningdek, XVF o‘z kapitaliga qo‘shimcha ravishda qarz resurslarini jalb qilishi (1962 yil oktyabrdan kuchga kirgan qarzlar to‘g‘risidagi dastlabki bosh kelishuv ”o‘nlik guruhi” Belgiya, Buyuk britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, AQSh,Frantsiya,Shvetsiya,Yaponiya davlatlari bilan tuzilgan) mumkin. Inqirozdan jabrlangan mamlakatlami o‘z vaqtida mablagiar bilan ta’minlash uchun Ijro etuchi kengash 2010- yil aprelda qarzlar to‘g‘risidagi yangi kelishuv yuzasidan boigan taklifni ma’qulanishi natijasida 2011- yil oxiriga kelib, mazkur mexanizmga 14 ta yangi donor davlatlar qo‘shilib umumiy soni 38 tani, jalb qilingan mablag‘lar summasi 370 mlrd. SDR231 gacha (taxminan 570 mlrd. dollar) o‘sgan232.
XVF a’zo-davlatlarga xorijiy valyutadagi kreditlar taqdim etadi birinchidan, to‘lov balansi defitsitini yopish uchun; ikkinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotni strukturaviy qayta qurish uchun hukumatni kreditlash yoii bilan byudjet harajatlarini amalga oshirish uchun. Kreditlash turlari (mexanizmlari) maqsadi va shartlari (berilish va to‘lash muddatlari, summasi, qiymati, komission va foizlari qo‘shilgan xolda) bo‘yicha farqlanadi.
XVF ning “umumiy resurslar hisobi” orqali o‘z mablagiari hisobiga kreditlashning asosiy mexanizmlariga rezerv ulushi-XVF 25 % kvotasi (kapitaldagi badali) chegarasida a’zo-davlatlar olishi mumkin boigan (toiov balansidagi defitsitni yopish bo‘yicha asoslangan talabi asosida avtomatik ravishda beriladigan) kredit.


Download 152.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling