Xalqaro moliya-kredit
Mamlakatimiz soliq tizimining o’zgarishlari qonun osti hujjattlar va soliq kodeksi
Download 435.5 Kb.
|
2 5400337100253955553[1]
2.2 Mamlakatimiz soliq tizimining o’zgarishlari qonun osti hujjattlar va soliq kodeksi
O’tgan 2019 –yil boshlarini iqtisodiyotimiz uchun ya’ni iqtisodiyotni modernizatsiyalsh , davlat byudjetini yanada samarali va manzilli yo’nalishini ta’milash hamda , iqtisodiy taqchillikni bartaraf etish uchun . Iqtisodiyotimizda tubdan o’zgarishlar joriy qilindi va o’zgarishlar davom etmoqda . Misol qilib aytadigan bo’lask yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlani ko’paytirish , erkin iqtisodiy zonalar barpo etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda qo’shma korxonalar ochish va ayni mavzuimizga aloqador bo’lgan soliq tizimida sezilarli darajada o’zgartirishlar ro’y berdi. 2019-yilda O‘zbekiston soliq siyosatida tarixiy o‘zgarishlar davri bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, 2019-yil 1-yanvaridan soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq, jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12% miqdorida joriy etilmoqda . “Ilgari, aholi daromadlari to‘rt pog‘onali shkala bilan soliqqa tortilar edi. Bu tadbir “konvert” asosida ish haqi to‘lashdan voz kechish orqali, tadbirkorlik subyektlarining xodimlar soni va ish haqi fondini qonuniylashtirilishini rag‘batlantirsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotda jamg‘arish ulushini ko‘paytiradi”, Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir tadbirlaridan biri, bu — yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25%dan 12%gacha kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50%dan yuqori tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar 2,9 trln. so‘mni tashkil qiladi. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir tadbirlaridan biri, bu — yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25%dan 12%gacha kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50%dan yuqori tashkilotlar uchun tadbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar 2,9 trln. so‘mni tashkil qiladi. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (stavkasi 8%) bekor qilinadi. Foyda solig‘i to‘lovchilarga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: tijorat banklari uchun foyda solig‘i stavkasi 22% dan 20% gacha; korxona va tashkilotlar uchun — 14% dan 12% gacha; dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar uchun — 10% dan 5% gacha kamaytiriladi. Bu esa soliq to‘lovchilar ixtiyorida 582 mlrd. so‘m qoldirish imkonini beradi. Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 5%dan 2%gacha pasaytirilmoqda. Yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5%dan 4%gacha kamaytirilmoqda. Ya’ni haqiqatan ham kichik korxona bo‘lgan to‘lovchilar uchun bir yillik soliq to‘lovi summasi 10 mln. so‘mgacha kamayishi mumkin. Yillik aylanmasi 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari 13−40%ga kamaytiriladi. Yillik aylanmasi 100 mln. so‘mdan yuqori va 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4% lik stavkada soliq to‘lashga o‘tkazish yo‘li bilan qat’iy belgilangan soliq bekor qilinadi.2019-yil 1-yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi. Shuningdek, endilikda har bir tuman (shahar)dagi korxonalar vakillari Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, malakali mutaxassislar tomonidan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi mas’ul xodimlari buxgalterlari mavjud bo‘lmagan xo‘jalik subyektlariga elektron hisobvaraq-fakturalarini yuritish qoidalarini o‘rgatadi. Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni va shu yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida yurtimiz soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Mazkur hujjatlarga muvofiq, endi soliq yukini kamaytirish, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimini birxillashtirish tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, qonunchilik, normativ hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish orqali insofli soliq toʻlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Mamlakatimiz soliq tizimida bu kabi huquqiy hujjatlar ijrosi boʻyicha nima ishlar qilinmoqda? Aholi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun bu oʻzgarishlar qanday yengilliklar beradi? Bu jarayonda davlatimiz rahbarining soliq xizmatining endilikda insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori boʻlishi shart ekanini belgilab bergani diqqatga sazovordir. Soliq sohasi ijtimoiy jamiyat hayotida asosiy oʻrinni egallaydi. Shu bois, tizimda yuritilayotgan siyosat har jihatdan pishiq va puxta boʻlishi kerak. Aytish joizki, oʻtgan davrda tizimda ayrim talab va ortiqcha qogʻozbozliklar mavjud boʻlib, bu boradagi ishlar koʻlamini oshirish sifatiga salbiy taʼsir qilayotgan edi. Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni aynan shu kabi muammolar yechimiga keng yoʻl ochdi. Unga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi taʼminlanadi. Bunda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarining miqdorini belgilash, xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash muhimdir. Shu bilan birga, bugungi kun uchun muhim boʻlgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish inobatga olingan. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiya doirasida 2019 yil 1 yanvardan oylik ish haqidan pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan 8 foizlik sugʻurta badali bekor qilindi. Bunda yuridik shaxslar, yaʼni tadbirkorlar uchun ham juda katta qulayliklar yaratildi. Masalan, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasini 25 foiz miqdorida, boshqa barcha yuridik shaxslar uchun esa 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirish belgilangan. Yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan davlat maqsadli jamgʻarmalariga 3,2 foizli majburiy ajratmalar esa bekor qilindi. Ular uchun yana dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha foyda soligʻi stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha, mol-mulkka solinadigan soliq stavkasini 5 foizdan 2 foizga pasaytirish belgilandi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tizimi takomillashtirilib, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu yoʻlda soha subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganini katta quvonch bilan taʼkidlash maqsadga muvofiqdir. Davlat rahbarining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlarni qayta koʻrib chiqish imkoniyatini tugʻdirdi. Bunday talablardan kelib chiqib, tizimda muqobil va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Bu oʻzgarishlar esa mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini taʼminlash imkonini beradi. Aytish joizki, ushbu farmonning qabul qilinishi tadbirkorlar faoliyati uchun juda muhim qadam boʻldi. Farmonda tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar hamda nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilindi. Tadbirkorlar faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar Bosh prokuratura tomonidan muvofiqlashtiriladi. Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinadi, bu tizimda roʻyxatga olinmagan tekshiruvlar esa noqonuniydir. 2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarga va 2018 yil 1 apreldan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun bir yillik qatʼiy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslar 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hollarda qatʼiy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) hamda bir yillik qatʼiy belgilangan soliq summasini hisobdan chiqarilishi qayd etilgan. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmay tadbirkorlik qilgan shaxslarga bir yillik miqdordagi qatʼiy belgilangan soliqni bir yoʻla undirish tartibi ham bekor qilindi. Ushbu farmon ijrosi boʻyicha 151,8 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor va fuqaroning qariyb 705,9 milliard soʻm soliq qarzi kechilishi kutilmoqda. Bu esa oʻz navbatida ularning tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklashi, yangi ish oʻrinlari yaratishi hamda byudjet tushumlariga hissasini qoʻshish maqsadida hukumatimiz tomonidan birinchi bor berilayotgan imkoniyatdir. Shu masaladagi yana bir muammoimiz oʻz yechimini topdi. Koʻpchilik fuqarolarimizga maʼlum, 2013 yil 31 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan ishlab chiqilgan Tartib bor edi. Bu ham bekor qilindi. Bunda fuqarolar davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati uchun ularga bir yillik qatʼiy belgilangan soliq hisoblanib toʻlovlar amalga oshirilmasdan qolingan edi. 10 ming 231 nafar fuqaroda 45 milliard soʻm soliq qarzdorligi mavjud boʻlib, ular endi tadbirkorlik faoliyatini tiklash bilan bir qatorda qarzdorlik hisobidan chiqarilishi belgilandi. Bunday katta imkoniyat hukumatimiz tomonidan birinchi marta berilmoqda. Bugun ushbu hujjat ijrosi va uning mazmun-mohiyatini tushuntirish va targʻib qilish choralarini koʻrish muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, unda koʻrsatilgan barcha imkoniyatlar xalqimiz, qolaversa, tadbirkorlik subyektlari uchun foydalidir. Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil boshchiligida Bosh prokuratura, hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank bilan birgalikda tadbirkorlik va moliya-xoʻjalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda faol yordam berish uchun viloyat, shahar va tumanlarda fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Konstitutsiyamiz hamda Soliq kodeksida har bir shaxs soliqlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashga majbur ekanligi belgilab qoʻyilgan. Shundan kelib chiqib, endi qarzdorligi bor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasidagi majburiy toʻlovlarning qonun doirasida ijrosi taʼminlanadi. Maʼlumki, byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar vatanimiz sarhadlarini mustahkamlashga, xalqimiz farovonligini oshirishga va ularning kuchli ijtimoiy himoyasini taʼminlashga xizmat qiladi. Aks holda esa, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik, soliq organi tomonidan majburiy undiruv sifatida sudga murojaat etilishiga hamda sud ijro hujjati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan choralar koʻrilishi belgilab qoʻyilgan. Jumladan, qarzdorlik mol-mulk hisobidan undirilishi yoxud uni chet elga chiqishi chegaralanishi, jarima, ijro yigʻimi, davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanishi oʻz navbatida soliq qarziga qoʻshimcha ravishda moliyaviy xarajatga olib keladi. Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 17 aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, debitorlik-kreditorlik qarzlar, shu jumladan, byudjet oldidagi qarzlarni qisqartirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan majlisda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining 2018 yil 21 maydagi qoʻshma buyrugʻi ishlab chiqildi va 1121 nafar xodim tadbirlarga jalb etildi. Bunday choralar natijasida 1,4 trillion soʻmlik soliq qarziga ega 39,9 mingta obyektda tadbir oʻtkazilib, 33,4 tasidan 1082,8 milliard soʻm mablagʻ xatlov jarayonida undirib olindi. Shuningdek, 6 ming 461 nafar qarzdorning 345,1 milliard soʻm qiymatdagi mol-mulklari xatlandi. Albatta, bunday raqamlar har birimizni soliq toʻlovlariga munosabatimizni oʻzgartiradi. Chunki bu toʻlovlar vatanimiz ravnaqi va xavfsizligini taʼminlashdek ezgu ishlarga ajratiladi. Yana bir masala, jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soligʻi toʻlov muddati tugashiga 1 oydan kam vaqt qolayapti, bugungi kunda yirik miqdorda soliqlar toʻlanmasdan turibdi. Shu fursatdan foydalanib,15-oktyabrni kutmasdan toʻlovlar amalga oshirilsa, yuqorida qayd etilgandek, bu mablagʻlar oʻzimizga qaytib kelishini unutmasligimiz kerak. Shunday ekan, biz soliq toʻlovlaridan qochmasligimiz, aksincha, hukumatimizning farovon turmush yoʻlida qilayotgan ishlariga “labbay” deb javob bermogʻimiz zarur. Bunda qonun bilan belgilangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilangan muddatlarda va toʻliq amalga oshirish juda muhimdir. O‘zbekiston Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Soliq kodeksi (yangi tahrirda) amalga kiritilishi haqida habar berdi . Shu munosabat bilan, yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlarni sanab o‘tdi. Soliq kodeksini (yangi tahrirda) qabul qilinishi munosabati bilan soliq hisobotlarining yangi shakllari ishlab chiqiladi. Soliq hisoboti shakllari O‘zbekiston Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng barcha soliq to‘lovchilarga yetkaziladi. Aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari, mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdori, mahalliy yig‘imlarning chegaraviy stakalari, avtotransport vositalarini sotib olinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ichki ishlar organlarida ularni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun avtotransport vositalari egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlar va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirishi va hududdan tranzit o‘tishi uchun yig‘imlar stavkalari 2019 yil 9 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2020 yildagi Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi qonun bilan tasdiqlangan. Yer solig‘i bo‘yicha 2020 yil uchun soliq hisoboti qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar qismi bo‘yicha 2019 yilda amaldagi shakllar bo‘yicha yer uchastkasi joylashgan joyidagi soliq organlariga taqdim etiladi. Mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning 2020 yil uchun hisoblanadigan summasi to‘g‘risidagi hisobot 2019 yilda amalda bo‘lgan shaklda taqdim etiladi. 2019 yil uchun soliq hisob-kitoblari Soliq kodeksining yangi tahririda nazarda tutilgan muddatlarda 2019 yilda amal qilgan shakl va tartibda taqdim etiladi. Soliq qonunchiligida qanday o’zgarishlar ro’y berdi . Yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga ijtimoiy soliq, yagona soliq to‘lovi o‘rniga — aylanmadan soliq, qat’iy belgilangan soliq o‘rniga — jismoniy shaxslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash xususiyatlarini saqlab qolgan holda, qat’iy belgilangan miqdorda soliq joriy etiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek soliqlar bo‘yicha pasaytirilgan stavkalar quyidagi muddatlarda amal qiladi: 2007 yil 25 dekabrdagi qonun bilan tasdiqlangan Soliq kodeksi bilan taqdim etilgan va belgilangan imtiyozlar va stavkalar 2020 yil 1 aprelgacha; O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan taqdim etilgan imtiyozlar va stavkalar, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar. Soliq kodeksi tarkibidan davlat boji, tovarlarning ayrim turlarini (alkogolli ichimliklar) sotish huquqi uchun yig‘imlar bo‘limlari chiqarildi, ular «Davlat boji to‘g‘risida» gi alohida qonunda nazarda tutiladi. Bir martalik xususiyatdagi maxsus to‘lovlar bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun bonuslar (imzoli bonus va tijorat bop bonus) Soliq kodeksidan «Yer qa’ri to‘g‘risida» gi qonunga o‘tkaziladi. Soliq to‘lovchilar 2020 yil 1 aprelgacha 2020 yil uchun soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatini ishlab chiqishlari shart. Soliq maqsadlari uchun hisob-kitob siyosati soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda ixtiyoriy shaklda belgilanadi va rahbarning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Quyidagilar uchun maxsus soliq rejimi bekor qilndi: bozorlar uchun, ularni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazgan holda. 2020 yil 1 yanvardan boshlab bozorlar avvalgi soliq to‘lash tartibi (daromadning 50 foizi) o‘rniga quyidagilarni to‘laydi: umumdavlat soliqlarini (agar realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 milliard so‘mdan oshgan bo‘lsa) — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va 20 foizli oshirilgan stavkada foyda solig‘ini; aylanmadan soliqni (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lganda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni; konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun, ularga jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini to‘lashni kiritgan holda. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun aylanmadan soliq (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lganda) yoki umumbelgilangan tartibda to‘lanadigan soliqlar (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd so‘mdan oshganda) kiritiladi. Shu bilan birga, ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun olinadigan davlat bojining miqdori deyarli 4 baravar kamaytirildi; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun, ularni umumbelgilangan soliq to‘lashga yoki aylanmadan soliq to‘lashga o‘tkazish bilan. Shu bilan birga, ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘ining nol stavkasi belgilanadi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladigan mol-mulk qismi bo‘yicha mol-mulk solig‘idan va tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan yerlar uchun yer solig‘idan imtiyozlar saqlab qolinadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda hisobvaraq-fakturalar qoida tariqasida elektron ko‘rinishda rasmiylashtirilishi belgilangan. 2020 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni (xizmatlarni) sotishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda taqdim etishi va qabul qilishi shart. Soliq to‘lovchilar elektron hisobvaraq-fakturalar operatorini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlashlari mumkin. Shu bilan birga, elektron hisobvaraq-fakturalarning alohida operatorlari 2020 yil boshida o‘z xizmatlarini bepul taqdim etadilar. Ko‘p sonli soliq to‘lovchilarni elektron hisob operatorlariga ulash zarurati tufayli, 2020 yil 1 iyulga qadar soliq organlari belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llamaydilar. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Moliya vazirligi bilan birgalikda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning, shu jumladan ularni qog‘ozda rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan holatlarni hisobga olgan holda, yangi tartibi yetkaziladi. Hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish tartibi huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganiga qadar soliq to‘lovchilar 2019 yilda amalda bo‘lgan tartibni qo‘llashlari kerak (ro‘yxat raqami 3126, 2019 yil 21 yanvar). Shunga o‘xshash tartib onlayn kassa apparatlaridan foydalanishda ham qo‘llaniladi. Soliq ma’muriyatchiligi masalalari : Soliq organlarining soliq to‘lovchining soliq qarzini undirishni uning debitoridan olinadigan summaga qaratish huquqi bekor qilinadi. Soliq organlarining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarni o‘z vaqtida qaytarish uchun javobgarligi kuchaytirildi. Ortiqcha undirilgan soliq va moliyaviy sanksiyalar summalarini, ushbu summalarni undirish (to‘lash) davrida amalda bo‘lgan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytariladi. Aynan shu tartibda, ortiqcha to‘langan soliq summasini o‘z vaqtida qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olish (qaytarish) mexanizmi joriy etilmoqda. Shu bilan birga, soliq summasini qaytarishda har bir kechiktirilgan kun uchun soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga foiz to‘lash nazarda tutiladi. Soliq organlariga risk-tahlil asosida kameral soliq tekshiruvlari, sayyor soliq tekshiruvlarini va soliq auditini tayinlash huquqini beradigan soliq nazoratini amalga oshirishning yangi tartibi nazarda tutilgan. Soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlari faqat Soliq kodeksida nazarda tutilgan va ularni o‘tkazish tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin o‘tkazilishi mumkin. Xususan, Soliq kodeksi soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini nazarda tutadi .
Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling