Xalqaro moliya-kredit
II BOB. Respublikamiz soliq tizimidagi o’zgarishlar , amaldagi soliqlar va ularning tahlili
Download 435.5 Kb.
|
2 5400337100253955553[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shilgan qiymat solig’i
II BOB. Respublikamiz soliq tizimidagi o’zgarishlar , amaldagi soliqlar va ularning tahlili
2.1 O’zbekiston Respublikasidagi amaldagi soliqlar va pandemiya holatidagi imtiyozlar tahlili. Respublikamizda asosan soliqlar budjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat budjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi va bu O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimida umum respublika budjeti yetakchi bo‘g‘inidir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashq i iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag‘ bilan ta’minlashg a ishlatiladi. Umum respublika budjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umum respublika budjetidan davlat budjetining bu bo‘g‘ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti pul mablag‘larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi . O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 2019 – yil 30 dekabrdagi O’RQ – 599- sonli qununiga muvofiq yangi tahrirga muvofiq 1- moddasida soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabat lar belgilab qo’yildi . “Ushbu kodeks soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash , joriy etish , hisoblab chiqarish hamda o’zbekiston respublikasining davlat byudjetiga ( bundan buyon matnda byudjet deb yuritiladi ) va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni , shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solidi” 9 Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 3) qo’shilgan qiymat solig’i; 4) aksiz solig’i; 5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat soliqlari har yili O’zbekiston Republikasi Prezidentining qarorida belgilangan normativlar bo’yicha tegishli mahalliy budjetlar o’rtasida taqsimlanadi. 7) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar: - yagona ijtimoiy to’lov; Yuridik shaxslarning mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lov belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamg’armalari (budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi) hamda O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o’rtasida taqsimlanadi. - fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari; - budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar. 8) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar: - Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; - Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar. 9) budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 10) davlat boji. Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to’lovdir. Bunday vakolatli muassasalarga misol qilib sud va natorial idoralari, O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va uning konsullik muassasalarini keltirish mumkin. Davlat bojining stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi; 11) bojxona to’lovlari. Bojxona organlari bojxona ishini amalga oshirishda belgilangan tartibda bojxona to’lovlarini undiradi. Bojxona to’lovlarining quyidagi turlari mavjud: - bojxona boji; - import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan qo’shilgan qiymat solig’i;
- import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aksiz solig’i; - bojxona yig’imlari. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan umumdavlat soliqlari: 12) yagona soliq to’lovi; 13) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan Soliq. Mahalliy soliqlar mahalliy davlat xokimiyati organlari bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy xokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo’lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan, maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos. Shuning uchun ham mahaliy budjetlar daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu hududning budjetiga tushadi va ulardan boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi. Mahalliy budjetlarning soliq va boshqa majburiy to’lovlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani yechishda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar beriladi. (masalan, qo’shilgan qiymat solig’idan, aksiz solig’idan va boshqalar). O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari tarkibida soliqlarning o‘rni va ahamiyatini quyidagi ma’lumotlari orqali ifodalash mumkin. Mahalliy soliqlarga quyidagilar kiradi: 1. Mol-mulk solig’i 2. Yer solig’i 3. Yagona yer solig’i 4. Transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun iste’mol solig’i 5. Ayrim turdagi tovarlarni sotish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun litsenziya yig’imi 6. Yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish yig’imi. To’liq hajmda biriktirilib berilgan soliqlar. 7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 8. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning qat’iy belgilangan solig’i 9. Ba’zi tovarlarga aksiz solig’i ( o’simlik yog’i). Bilamizki hozirgi kundagi butun jahon iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli sezilarli darajada past ko’rsatkichada ya’ni turg’un ahvolda, albatta bunga sabab butun dunyoni larzaga slogan COVI-19 pandemiyasi hisoblanadi . Ana shunday og’ir vaziyatlarda nafaqat O’zbekiston balki barcha davlatlarda iqtisodiy bir muncha salbiy og’ishlar kuzatilmoqda . Lekin hozirda O’zbekiston doimiy ravishda aholi farovonligini birinchi o’ringa qo’Yganligi sababli , O’zbekistonda ijtimoiy holatni yaxshilash uchun davlat byudjetidan ko’p miqdorda yordam nafaqalari ajratilmoqda.Yana shuni ta’kidlash joizki iqtisod tarmoqlarida uzilish takrorlanmasligi uchun ,takror ishlab chiqarishni davomiyligini saqlab qilish uchun tadbirkorlar va har qanday tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi subyektlarga soliqdan imtiyozlar joriy qilinib kelinmoqda buni misoli quyidagi jadvallarda o’z aksini topadi . Keltirilgan jadvalda mol –mulk , yer jismoniy shaxslardan olinadigan daromad , yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliqlarni yillar bo’yicha o’zgarish tahlilini ko’rishimiz mumkin. 2.1 jadval10
Jadval ma’limotlaridan shuni ko’rishimiz mumkinki , 2018 –yil uchun mol mulk solig’idan 2017 yil amal qilgan soliq stavkalari 1.5 , 1,7 1.9 % ga qisqargan va 2018 yildan buyon ayni shu foizda soliq to’lovchilar soliqlarni to’lab kelmoqda . yuqoridagi malumotlardan ko’rinib turibdiki mol mulk solig’i yuki kamayishi 2020 yilga qadar amal qilmoqda . Shu bilan birga hudi shunday o’zgarishlarni yer solig’ida ko’rishimiz mumkin 2018 yilda shkala bo’yicha amal qilga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solg’i yagona belgilangan stavka 12 % da hisoblanishi aholi daromadlarini bir tekisda ushlab turishga xizmat qiladi. Yuridik shaxslardan foyda solig’i 2019 – yilga kelib va hozirga qadar korxona faoliyat turiga qarab stabil tarizda belgilangan foizda soliqqa tortilmoqda bundan ko’rinib turibdiki yildan yilga soliq to’lovchilarga soliqlarni to’lash bir muncha yengilashtirilmoqda. Bugungi kundagi asosiy masala va soliq to’lovchilarni hursand qilgan holat Qo’shilgan qiymat solig’idir . Qo’shilgan qiymat solig’i — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. O’zbekistonda 1992-yildan boshlab qo’llaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi qo’shilgan qiymat solig’i. solinadigan ob’yekt hisoblanadi. Sotish bo’yicha Qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz solig’ini hisobga olgan holda belgilanadi.Qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan aylanma mablag’ soliq ob’yektining turiga qarab, o’ziga xos usulda aniqlanadi. Masalan , ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab jo’natiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, ta’mirlash konstruktorlik, texnologik, qayta ta’mirlash va boshqa shunga o’xshash ishlar qiymati Qo’shilgan qiymat solig’ga tortiladi. Xizmatlar ko’rsatilganda esa transport vositalari yordamida bajarilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq ob’yekti bo’ladi. Aksiz to’lanadigan tovarlarni Qo’shilgan qiymat solig’iga tortishda uning obyekti jo’natilgan aylanmaga aksiz solig’ining qiymati qo’shilgan holda aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasida Qo’shilgan qiymat solig’i asosan, 20% stafkada undirilardi keyinchakik 15,0 % li stavka boʻyicha undirila boshlandi . Bu to’g’risida quyida keltirilgan jadval tahlili orqali kengroq ma’lumot olishimiz mumkin . Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ayrim oziq-ovqat tovarlari bo’yicha Qo’shilgan qiymat solig’i kamaytirilgan stavkalarda to’lanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qo’shilgan qiymat solig’is bo’yicha to’lovlar soliq turi bo’yicha hisobot taqdim etilgan muddatdan so’ng 5 kun orasida davlat byudjetiga o’tkaziladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq to’lovchilar uchun Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar bo’yicha Qo’shilgan qiymat solig’i bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida to’lanadi.Qo’shilgan qiymat solig’isni undirish va to’lash tartib qoidalari O’zbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga 2019 yil 1 oktyabrdan: QQS to’lovchilari ko’paydi aksiz soliqlari oshirildi. a) benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yoqilg’i quyish shoхobchalari orqali oхirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaхslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’i nazar, QQS to’lovchilari hisoblanadi; b) tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat’i nazar, QQS to’lovchilari hisoblanadilar. Bunda tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi sifatida hisobga turishi shart v) quyidagilar bo’yicha QQSga doir, shu jumladan, import qilinganda ham imtiyozlar bekor qilinadi: asbest, ko’mir, yog’och materiallari, yog’och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod хom ashyosi; soya danagi, kungaboqar va kunjut urug’lari, moyli хom ashyo va shakar хom ashyosi; qishloq хo’jaligi teхnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va teхnologik asbob-uskunalar; g) o’zi ishlab chiqargan qishloq хo’jaligi mahsulotlariga va O’zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan QQS bo’yicha imtiyozlar bekor qilinadi; d) yuridik shaхslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag’laridan foiz ko’rinishida olingan to’lov manbaida foyda solig’idan ozod qilish bo’yicha imtiyozlar bekor qilinadi; y) belgilangan pul aylanmasi (tushumi) chegaraviy darajasiga yetgan yagona yer solig’i to’lovchilar belgilangan darajaga erishilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab QQSni to’lashga o’tadi. QQS stavkasi 15%gacha pasaytirildi. Bu bilan bog’liq byudjet yo’qotishlarini kompensatsiya qilish uchun alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkalari oʻrtacha 10%ga, tamaki mahsulotlariga – 20%ga oshirildi 2.2 jadval
Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling