Xalqaro moliya-kredit


-modda. Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi


Download 435.5 Kb.
bet37/37
Sana01.12.2021
Hajmi435.5 Kb.
#178619
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
2 5400337100253955553[1]

11-modda. Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.2-bandi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Fuqarolar uchun byudjet" loyihasini taqdim etdi. Loyihadan byudjet jarayonidagi o‘zgarishlarni, 2020 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘nalishlarni bilib olish hamda 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin.

E’lon qilingan loyihada 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460 mlrd so‘m yoki YAIMning 20 foizi miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd so‘mga ko‘proqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan. Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmog‘ini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi. 

Kelgusi yilda Davlat byudjeti xarajatlari 131 104,5 mlrd so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga ko‘pdir. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd so‘mni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy byudjet xarajatlarining 22,9 foizi ta’lim sohasiga, 14 842,6 mlrd so‘m – sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, bu o‘tgan yildagiga qaraganda 23 foiz ko‘proqdir, 8 trln so‘m fuqarolarning pensiya ta’minoti uchun xarajatlar doirasida Pensiya jamg‘armasiga subsidiyalar tarzida zaxiraga beriladi.

2020 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet YAIIga nisbatan 3 424,9 mlrd so‘m yoki 0,5 foiz defitsit bilan ko‘rsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan byudjet va davlat dasturi xarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Yil boshiga davlat qarzi 21,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 36,0 foiz) miqdorida bo‘lishi kutilmoqda, shundan tashqi qarzi 15,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 25,4 foiz)ni tashkil etadi. Kreditorlar kesimida xorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan ko‘proq) olingan qarzlar 6,7 mlrd dollarni, xalqaro moliya institutlaridan 7,7 mlrd dollarni (51 foizi - OTB) va investorlar hisobiga 1 mlrd dollarni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni so‘ndirishga 1 567,4 mln dollarni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.     

2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarga litimlar belgilanmoqda:

davlat nomidan yoki Hukumat kafolati ostida tashqaridan mablag‘larni jalb etish bo‘yicha yangidan imzolangan bitimlar – 4 mlrd dollar;

davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostidan jalb etiladigan (o‘zlashtiriladigan), kelgusi yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga so‘ndiriladigan qarzlar – 1,5 mlrd dollar.   

2019 yildan tashabbusli byudjetlashtirish dastaklari joriy etilmoqda, bunda tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qo‘shimcha mablag‘larining kamida 10 foizi jamoatchilik fikri asosida o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Mexanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019 yil I chorak yakunlariga ko‘ra jami respublika bo‘yicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd so‘m ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga ko‘paygan, ularga 48,3 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Asosiysi bular obodonlashtirish va ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlaridir.





1 Qurbonov Sh. va boshqalar. Barkamol avlod orzusi (“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish borasidagi publitsistik mulohazalar). – T.: Sharq, 1998. – 184 b. (83 b.).

2 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.: https://oz.sputniknews-uz.com/society/20180627/8677573/Shavkat-Mirziyoyev-davlat-soliq-xizmatining-yettita-muammosini-sanab-otdi.html

3 Рикардо Д. Сочинения т. И. «Начало политической экономики и налогового обложения». Пер. с англ. -М.: Госполитиздат, с.360.


4 Основы налогового права С.Г.Пепеляев Москва, 1995, ст. 24


5 Черник Д. Г. «Налоги в рўночной економике». - Финансы, 1992, №3 с. 19


6 Болдырев «Финансы капитализма». «Финансы», М.: 1987 с. 21.

7 Gataulin Sh. K. «Soliqlar va soliqqa tortish». O’quv qo’llanmasi. Uz RFSQ. Tashkent 1996. 18 bet

8 Olimjonov. O. «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati». «Hayot va iqtisod». 1992

9 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



10 Manba soliq .uz

11 Tojebekova Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi darslik


Download 435.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling