Xalqaro moliya-kredit


-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi


Download 435.5 Kb.
bet31/37
Sana01.12.2021
Hajmi435.5 Kb.
#178619
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
2 5400337100253955553[1]

3-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi

Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining to‘rtinchi, beshinsi, oltinchi xatboshilari.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini kamaytirish, soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin, agar bu soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining to‘rtinchi xatboshisi.

Yangi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishini, imtiyozlar to‘liq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ular rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida uch oy o‘tgach, amalga kiritiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining to‘rtinchi xatboshisi.

Oldingi tahrirga qarang.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari o‘zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga kiritiladi.



(3-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-241-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilmagan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar bu hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi, yettinchi xatboshilari.

(3-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: sud amaliyoti.


Download 435.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling