Xalqaro moliya-kredit
-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Download 435.5 Kb.
|
2 5400337100253955553[1]
2-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi. Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 3, 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.1-bandi. Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat: 1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;
2) soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o‘zgartirsa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 31—33-moddalari. 3) ushbu Kodeks bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo‘l qo‘ysa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining ikkinchi qismi, 8-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 9-moddasining ikkinchi qismi, 67-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 71-moddasiningoltinchi va yettinchi qismlari, 80-moddasining o‘n birinchi qismi, 89-moddasining to‘rtinchi qismi, 91-moddasining uchinchi, sakkizinchi va o‘n birinchi qismlari, 92-moddasining sakkizinchi qismi, 95-moddasining uchinchi, to‘rtinchiqismlari, 99-moddasining uchinchi qismi hamda 105-moddasining birinchi qismi. 4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini o‘zgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qo‘llanilganidan boshqacha ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 12—22-moddari, 221–moddasining birinchi qismi, 222–moddasining birinchi qismi. Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi. Ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling