ILOVALAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
LexUZ sharhi
Mazkur Kodeks O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
UMUMIY QISM
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga (bundan buyon matnda budjet deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lash bilan bog‘liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |