Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


 O‘zbekiston valyuta siyosatining natijalari


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

3.2. O‘zbekiston valyuta siyosatining natijalari 
 
O'zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va 
uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi 
iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta 
siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida 
ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident 
qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari 
portaliga 
joylashtirildi

Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor 
yo'nalishlar qilib belgilangan: 
Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini 
himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z 
ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay 
investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish; 
Respublikaning 
eksport 
salohiyatini 
rag'batlantirish, 
milliy 
ishlab 
chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish; 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin 
amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga 
imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash; 
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor 
mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish; 
Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik 
normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik. 
Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda: 
O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar 
narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada 
belgilanishi lozim; 
O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to'lovlarni 
amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan 
holda qat'iyan taqiqlanadi; 


46 
O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar
faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan 
erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona 
yig'imlari istisno etiladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag'larini erkin tasarruv etish 
huquqlarini to'laqonlik ta'minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi: 
Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan 
hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar 
(ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi; 
O'zbekiston hududida jismoniy shaxslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta 
o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta 
mablag'larini ўтказишга ruxsat beriladi; 
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o'z bank 
hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to'lovlarni amalga 
oshirishga ijozat beriladi; 
Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo 
shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z 
xohishiga ko'ra erkin tanlaydi; 
hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming 
AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi xorijiy 
valyutani respublikadan olib chiqib ketish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. 2000 
AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani 
O'zbekistondan olib chiqish va olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi; 
Tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani 
O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor 
qilinadi; 
O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda 
belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin 
tasarruf etish huquqiga ega. 


47 
Oxirgi uch oyda tashqi iqtisodiy sharoitlarining o‘zgarishi ichki valyuta 
bozorida milliy valyuta almashuv kursining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 
O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab valyuta almashuv kursi bozordagi xorijiy 
valyutaga bo‘lgan joriy talab va taklif holatidan kelib chiqib shakllanib kelmoqda. 
Valyuta kursining o‘zgarishi oldingi yillarda kuzatilgan doimiy devalvatsiya 
tendensiyasidan farqli ravishda, joriy yilda ichki va asosan tashqi omillar ta’sirida 
shakllanib, turli yo‘nalishdagi dinamikaga ega bo‘lmoqda. 2018 yilning yanvar-
iyul oylarida valyuta kursi dinamikasi asosan mavsumiy omillar ta’sirida 
shakllandi. Xususan, yanvar oyida eksport va xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining 
nisbatan kam bo‘lganligi sharoitida milliy valyuta almashuv kursi 8139 
so‘m/dollardan 8189 so‘m/dollargacha pasaydi. Shu bilan birga, mart-iyul oylarida 
eksport va boshqa manbalardan valyuta tushumlarining oshishi natijasida so‘mning 
almashuv kursi teskari dinamikaga ega bo‘lib, birinchi avgust holatiga 7782 
so‘m/dollargacha qadri oshdi. Bundan tashqari, chet el valyutasidagi kreditlar 
hajmining tez sur’atlarda o‘sishi va depozitlar dollarizatsiya darajasining pasayishi 
ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qisman qondirilishiga 
xizmat qildi. Shuningdek, milliy valyutadagi muddatli va jamg‘arma depozitlar 
hajmining oshishi ham so‘m almashuv kursining shakllanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. 
Joriy yilning avgust oyidan boshlab almashuv kursi dinamikasiga tashqi 
omillar, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy 
valyutalarining qadrsizlanishi (Rossiya – 19 foiz, Qozog‘iston – 17 foiz, Xitoy – 9 
foiz, Turkiya – 56 foiz) ta’siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davlatlar
valyutalari kurslarining keskin o‘zgarishi so‘m almashuv kursiga bir oydan uch 
oygacha bo‘lgan muddatdan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada so‘mning real 
almashuv kursi ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan qadri sezilarli darajada oshdi 
(Rossiya rubliga nisbatan 29 foizga, Qozog‘iston tangasiga nisbatan 22 foizga, 
Turkiya lirasiga nisbatan 67 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14 foizga). Ushbu holat 
mahalliy 
ishlab 
chiqaruvchilarning 
ichki 
va 
tashqi 
bozorlardagi 


48 
raqobatbardoshligini pasaytirib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga 
ta’sir etmoqda. 
Birinchidan, yuqorida qayd etilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi 
tashqi bozorlarda mahalliy eksportchilar mahsulotlarini qimmatlashuviga olib 
kelib, ularning valyuta tushumlarini qisqartirdi. 
Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar narxlarining chet elda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlariga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, chetdan import qilishni rag‘batlantirgan 
holda, xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarmoqda. 
Uchinchidan, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul 
o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalarining 
qadrsizlanishi, ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari 
hajmining kamayishiga olib keldi. 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling