Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining 
eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi. 
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta'sir etish maqsadida valyuta bozorida 
chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi. 
Hozirgi davrda valyuta interventsiyasidan ko’zlangan maqsad - valyuta kursining 
qisqa vaqt oralig’ida, kutil-maganda yuzaga keladigan keskin tebranishlarga 
barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada 


10 
o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari 
bilan raqobat kila olmaydilar. Shu sababli, valyuta interventsiyasidan maqsad 
valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi. 
Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zahiralari yoki Markaziy 
banklarning banklararo «SVOP» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi. 
Valyuta interventsiyasi XLX asrdan boshlab qo’llanila boshladi. Masalan, 
Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini 
barqaror tarzda ushlash uchun undan foydalanishgan. Oltin monometallizmi 
bekor qilingandan so’ng, valyuta interventsiyasidan foydalanish keng tarqaldi. 
1929-1933 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga kelgan sharoitda, Markaziy 
banklar valyuta dempingiga ko’mak berish uchun o’z valyutalari kursini tushirish 
maqsadida valyuta interventsiyasidan foydalandilar. 
Valyuta interventsiyasi o’tkazishning moddiy bazasi vazifasini, 1930-yillarda 
AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda 
tashkil qilingan, maqsadli valyuta fondlari - oltin, chet el va milliy valyutalarda 
tashkil etilgan davlat fondlari o’tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va 
yo’nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Frantsiyada bu 
maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarining summasi 
miqdorida ajratilgan fonddir. Frantsiya Markaziy banki o’zining interventsiya 
operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor kilmaslik uchun uning ulchov 
ko’rsatkichlarini matbuotda e'lon kilmaydi. AQSHda maqsadli valyuta fondi 
haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo’qotdi (uning hajmi 2 mlrd. AQSH dollari 
bo’lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o’zgarmasdan qolmoqda). Chunki, 
Federal Zaxira banklari valyuta interventsiyasini, asosan, chet el Markaziy 
banklarining «SVOP» bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga amalga 
oshirilmoqda. Buyuk Britaniyada maqsadli valyuta fondi, mamlakatdagi olti n-
valyuta zahiralarini o’zida mujassamlashtirgandir. 
Brettonvud tizimi doirasida valyuta interventsiyasi, asosan, qat’iy belgilangan 
kurslar qadrini ushlab turish maqsadida o’tkazilardi. Interventsiyani o’tkazishda 
asosiy valyuta AQSH dollari bo’lgani uchun, AQSH boshqa davlatlarga uning 


11 
kursini ma'lum darajada ushlash yuzasidan majburiyat qo’ydi. Yamayka tizimida 
suzib yuruvchi valyuta kurslariga o’tilgandan so’ng, valyuta interventsiyasi, 
asosan, kurslar tez tebranishining oldini olish maqsadida o’tkazilardi. AQSH 
dollarini 
zahira 
valyuta 
sifatidagi 
roli 
pasayishi 
oqibatida, 
valyuta 
interventsiyasida AQSH dollari bilan bir qatorda nemis markasi hamda bir qator 
G’arbiy Yevropa va Yaponiya davlatlari valyutalari qo’llanila boshlandi. 
Hozirgi vaqtda, har qanday interventsiyaning oxirgi maqsadi, valyuta bozoridagi 
vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining oldini 
olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda, tashqi 
iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta'minlaydi. 
Valyuta interventsiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida, hukumat 
tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan 
moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining oldini 
olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon'yunkturasining salbiy ta'siridan 
saqlash-larini ko’rsatish mumkin. Ba'zan, davlat o’z valyuta kursini real 
bo’lmagan kurs darajasida saqlashga harakat qiladi. 
Ko’pgina Markaziy banklar mamlakatning oltin-valyuta zahiralari bilan 
o’tkaziladigan operatsiyalarga extiyotkorlik bilan yondoshmoqdalar va kamroq 
xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar. 
Oxirgi yillar davomida, yetakchi mamlakatlar bir necha marta muvofiqlashgan 
valyuta interventsiyasini o’tkazdilar. Ularning asosiy maqsadi bo’lib, AQSH 
dollari kursini tushirish yoki hech bo’lmaganda uning kursi o’sishining oldini olish 
edi. Biroq, o’tkazilayotgan operatsiyalar summasi nisbatan kam bo’lganligi 
sababli, sezilarli yutuqlarga erishilmadi. Shunday bo’lsada, shu narsa aniq 
bo’ldiki, alohida mamlakatlarning shartli interventsiyasiga nisbatan 
muvofiqlashgan interventsiyaning natijasi ta'sirchanrokdir. 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling