Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


  1.3 Valyuta siyosati doirasidagi asosiy operatsiyalar va uning huquqiy


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

 


18 
1.3 Valyuta siyosati doirasidagi asosiy operatsiyalar va uning huquqiy 
asoslari 
Valyuta siyosatini amalga oshirish uchun ob'ektiv asos bo’lib, tashqi savdo, 
kapitallar va kreditlaming harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimotining 
yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga 
va takomillashishiga asosiy sabab bo’ladi. 
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi markaziy banklarga ushbu 
bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon 
yaratdi. 
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon 
beruvchi bir qator asoslar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni 
ajratib ko’rsatish mumkin: 
a) 
Markaziy bankning yetarli miqdorda oltin-valyuta zahiralariga ega bo’lishi. 
Amaliyotdan ma'lumki, ko’pchilik rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSH, 
Germaniya, 
Avstriya, Buyuk Britaniyada davlatga tegishli barcha oltin-valyuta zahiralari 
Markaziy (Federal Zaxira) bankning balansiga o’tkazilgan. Markaziy bankning 
vazifasi ushbu zahiralardan oqilona foydalanish bilan birgalikda ularning hajmini 
oshirib borish hisoblanadi. Demak, u o’z balansida chet el valyuta zahiralariga 
suyangan holda, hukumat tomonidan belgilangan valyuta siyosati doirasidagi 
barcha operatsiyalarni amalga oshiradi. Masalan, valyuta interventsiyasini amalga 
oshirish uchun valyuta kursining keskin tebranishlariga barham bera oladigan 
miqdorda likvidli mablag’larga ega bo’lishi lozim (Angliya Markaziy banki ana 
shu maqsadga xizmat qiluvchi 40 mlrd. AQSH dollaridagi zahiraga ega). 
b) 
Markaziy bankning xorijiy mamlakatlarning banklari bilan keng 
tarmoqli vakillik munosabatlarining mavjudligi. 
Markaziy bankning xalqaro valyuta bozorlaridagi barcha operatsiyalari uning o’z 
milliy va xorijiy valyutalardagi vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. 
Har bir valyuta turiga bittadan vakillik hisobvaragi ochiladi va Markaziy banklar 
boshqa mamlakatlarning Markaziy banklarida o’z huquqiy holatidan kelib chiqqan 


19 
holda, erkin tarzda vakillik schetlarini yuritishga xaklidirlar. 
Hozirgi kunda, Markaziy banklar xalqaro valyuta bozorlarida tijorat banklari 
bilan raqobat kila olmaydilar. Tijorat banklari, har yili ulkan miqdordagi 
mablag’larni valyuta kursining o’zgarishini chamalash, valyuta risklarini 
boshqarish maqsadlariga sarflaydilar. Buning ustiga, Markaziy banklar bevosita 
tijorat tizimlari bilan kredit, hisob-kitob xizmati ko’rsatish operatsiyalarini 
rivojlantirish imkoniyatini cheklaydi. Bunga sabab, ular tijorat tuzilmalariga 
xizmat ko’rsatmaydilar. 
Markaziy bankning dilerlariga, odatda, vakillik hisobvaraqlarining qoldigi minimal 
bo’lishi kerak, degan majburiy shart qo’yiladi. Yuqorida keltirilgan omillarning 
mavjudligi ana shu shartlar bajarilishini takozo qiladi. 
v) Markaziy bankka valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilab 
beruvchi me'yoriy hujjatlarning mavjudligi. 
Respublikada «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi, 
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, 
Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning 
valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. 
Xususan, «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi 
Qonunning VI bobida valyutani tartibga solish va xalqaro zahiralarni boshqarish 
masalalari belgilab berilgan. Ushbu me'yoriy hujjatlarga muvofiq, Markaziy bank 
rasmiy valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlat organi sifatida faoliyat 
ko’rsatadi. U o’z balansidagi rasmiy oltin-valyuta zahiralarini mustaqil tarzda 
boshqarish huquqiga ega va, ayni vaqtda, ularni samarali tarzda boshqarish 
yuzasidan ham javobgardir. 
g) Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo’lgan savdo an'analariga rioya 
qilish. 
Xalqaro valyuta savdosidagi qonunlarda yoki shartnomalarda belgilab 
qo’yilmaydigan, ammo hamisha unga rioya qilinadigan ma'lum an'analar yuzaga 
keldi. Kundalik amaliyotda qo’llaniladigan ana shunday muhim an'analar toifasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 


20 
1) Spot bitimlari bo’yicha valyutalarni 2 ish kuni mobaynida o’tkazish. Ushbu 
muddatda ulgurmagan tomon, albatta, jarima to’laydi. 
2) Kotirovkalarni e'lon qilish. 
Diler valyuta sotmokchi yoki sotib olmokchi bo’lsa, avvalo, o’zining 
bankidagi xalqaro ma'lumot tizimidan foydalanadi. U kompyuterning displeyidan 
xalqaro valyuta bozorlaridagi kotirovkalarni kuzatishi mumkin. Shundan 
keyingina valyuta kursi o’ziga ma'kul bo’lgan bankka murojaat qiladi. Qabul 
qilingan qoida shundan iboratki, hech qaysi diler hech kachon birdan valyutani 
sotmokchi yoki sotib olmokchi ekanligini aytmaydi. Faqat sotish yoki sotib olish 
kursini suraydi. Kurslar to’g’risidagi ma'lumotni olgandan so’ng, o’z flkrini izxor 
qiladi. Bunda bozorda qabul qilingan minimal bitimlar summasi albatta, e'tiborga 
olinishi kerak. Masalan, 500 ming AQSH dollari, 1 mln. evro, 1 mln. 
shveytsariya franki bo’lishi mumkin. Amalda valyuta savdosi minimal summadan 
bir necha barobar yuqori summada amalga oshiriladi. 
3) Bitimni yozma tarzdagi shartnomalarsiz amalga oshirilishi. 
Valyuta savdosi asosan telefon yoki telegraf orqali amalga oshirilgan kelishuvlar 
asosida amalga oshiriladi. Birjada esa ogzaki tarzda bitimlar tuziladi. Ammo, 
ularni bajarish tomonlar uchun majburiy bo’lib, ular suzsiz bajariladi. Gap yirik 
summalar ustida ketayotganligi sababli, bitimlarning imzolanishi darxol hujjatlar 
bilan tasdiqlanadi. Bu esa ularning ishonchliligini oshiradi. 
Bitimning imzolanishi quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
• almashinadigan valyutalarni aniqlash; 
• kurslarni belgilash; 
• yirik, ixchamlashtirilgan bitim summasini belgilab olish; 
• valyutada to’lash, deviz; 
• valyuta o’tkazilishi lozim bo’lgan manzilni ko’rsatish. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari, hozirgi 
kunda, respublika Oliy Majlisi va hukumat tomonidan aniqlangan tangar 
siyosatning asosiy yo’nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta'kidlab 
o’tish joizki, valyuta savdosida maqsadlilik va ustuvorlilik tamoyiliga ko’proq 


21 
e'tibor berilmoqda. Ushbu maqsadlarga quyidagilar kiradi: 
• eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish bilan mashgul bo’lgan korxonalar; 
• chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning O’zbekistonda ishlab 
chiqarish 
faoliyati natijasida olgan foydalari va dividendlari; 
• respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridagi ustivor
loyihalarda qatnashayotgan korxonalarning so’m mablag’lari; 
xalqaro turizm xizmati, xalqaro aloqalar bo’yicha xizmat, xizmat safari va 
xorijda 
ta'lim olish bilan bog’liq xarajatlar. 
Ushbu maqsadlar uchun, valyuta savdosini amalga oshirish tartibi faqat 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini 
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha asoslarga ega. 
Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish joizki, mamlakat oltin-valyuta zahiralarining 
Markaziy bank balansida turishi, mamlakat Markaziy bankining moliyaviy 
jihatdan barqarorligini namoyon qiladi. Chunki, odatda, Markaziy bank 
davlatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq barcha operatsiyalarga o’z vaqtida 
xizmat ko’rsatish, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni 
ta'minlash uchun ma'sul. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida 
amalga oshiradigan asosiy vazifalardan biri mamlakatda tijorat tusidagi valyuta 
operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi 
kunda, muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala 
bo’lib qolmoqda. Buning uchun esa, valyuta bozorini rivojlantirish zarur. Chunki, 
har qanday turdagi valyuta operatsiyasi - svop, forvard, valyutaviy optsionlar va 
fyucherslar bilan bog’liq operatsiyalar, pirovardida, spot bozorining likvidliligiga 
bog’liq. Agar, valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida erkin 
ayirboshlanadigan valyutalar bo’yicha to’liq likvidlilik ta'minlansa, ya'ni 
barcha talablar muvofiq ravishda o’z vaqtida qondirilsa, bu milliy valyuta - 


22 
sumning qadrini oshirishga xizmat qiladi. Bunda, shu narsani alohida ta'kidlab 
o’tish joizki, respublikada ichki valyuta bozorini rivojlantirish uchun hukumat 
tomonidan tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, qabul qilingan qarorlarga 
muvofiq, 1997 yil 1 yanvardan boshlab, korxona va tashkilotlaming 
markazlashmagan eksportdan tushgan valyuta tushumining muayyan qismini 
majburiy sotuvi vakolatli banklarga sotila boshlandi. Birjadan tashqari valyuta 
bozorida operatsiyalar amalga oshirish uchun asosiy manba bo’lib, majburiy 
sotuvdan tushgan mablag’lardan tashqari vakolatli banklarning erkin 
ayirboshlanadigan valyutadagi o’z mablag’lari, shu jumladan, taqsimlanmagan 
foyda, mijozlarning depozitlari va boshqa jalb qilingan mablag’lar hisoblandi. Shu 
bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 1 iyuldagi «Birjadan 
tashqari valyuta bozorini liberallashtirish va yanada rivojlantirish bo’yicha chora-
tadbirlar to’g’risida»gi Farmonining chiqishi birjadan tashqari valyuta bozorida 
operatsiyalaming rivojlanishiga sabab bo’ldi. Mazkur Farmonning chiqishigacha 
bo’lgan davrda, respublika valyuta bozorida valyuta operatsiyalarini amalga 
oshirish huquqiga ega bo’lgan korxonalar sumdagi mablag’larini erkin 
ayirboshlanadigan valyutaga konvertatsiya qilganlarida Markaziy bank tomonidan 
o’rnatilgan rasmiy valyuta kursi bo’yicha 12 foiz miqdorida marja undirib 
olinardi. Ushbu Farmon chiqqandan keyin birjadan tashqari valyuta bozorida 
konvertirlash jarayoni talab va taklif orqali aniqlanadigan kurs orqali amalga 
oshiriladigan bo’ldi. 
Shu bilan birga, xali birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish 
bo’yicha bir qator hal qilinishi nixoyasiga etmagan masalalar turibdi. Xususan, 
birjadan tashqari valyuta bozorining likvid mablag’larga bo’lgan ehtiyoji to’la 
qondirilmayapti. Ushbu muammoni hal etish uchun vakolatli banklarning 
eksportga ishlovchi korxonalar hisoblanadigan mijozlari tomonidan valyuta 
tushumlarini ko’plab respublikaga olib kelishlari uchun ularning faoliyatini 
maksimal darajada rag’batlantirish lozim. 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling