OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI IQTISOD VA QURILISH FAKULTETI BANK ISHI VA AUDITI 2-BOSQICH 204 GURUH TALABASI INOMJONOV ZAYNIDDIN ZAFARJON O‘G‘LINING MOLIYA FANIDAN “XALQARO MOLIYA” MAVZUSIDAN YOZGAN
KURS ISHI
Mundarija - Kirish
- Asosiy qism.
- I.bob Xalqaro moliya tashkilotlari
- I.1. Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsif
- I.2. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va jaxon banki.
- II. bob. Xalqaro moliya munosabatlarida to`lov balansi.
- II.1. To‘lov balansining vujudga kelishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
- II.2 Xalqaro kredit va uning funksiyalari.
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH - Xalqaro moliya — xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o‘ziga xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi
I.1. Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsif - Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi
- Xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy tuzilmasi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Boshqalari esa hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valuta-kredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini
- ta ’minlash uchun moliya va valuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynamoqda. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to ‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng ustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda ja hon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |