- Xalqaro Valuta fondi, XVF (ing. International Monetary Fund, IMF) — Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ixtisoslashgan tashkilotlaridan bo‘lib, shtab-kvartirasi AQSHning Vashington shahrida joylashgan. 1944-yil 22-iyulda BMTning valuta-moliya masalalari bo‘yicha Bretton-Vudsdagi konferensiyasida
- XVF bitimining asosi ishlab chiqildi. XVF tashkil topgan rasmiy sana — 1945-yil 27-dekabr bo‘lib, bunda bitimning oxirgi varianti 29 ta davlat tomonidan imzolandi. XVF o‘z faoliyatini 1947-yil 1-martdan Bretton-Vuds tizimining bir qismi sifatida boshladi. Shu yili Fransiya birinchi kreditni oldi. Flozirgi kunda
- XVF 186 davlatni birlashtirib, uning tuzilmasida 133 mamlakatdan 2500 mutaxassis ishlaydi.
- XVF — a’zo davlatlar o‘rtasida valuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va ularga to'lov balansining kamomadi bilan bog‘liq valutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valutasida qisqa va o‘rta muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilotdir.
- XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:
- — xalqaro valutaviy muammolarni bartaraf etish borasida niaslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta ’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish;
- — xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va shu orqali bandlik hamda real daromadlarning yetarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qo‘shish;
JAHON BANKI: - Jahon banki 190 dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir.
- Jahon bankining bosh maqsadi — iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kreditlash yo‘li bilan kambag‘allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga hamda fuqarolarning hayot darajasi yaxshilanishiga imkon tug‘diradi. Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga muvofiq o‘z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2015-yilgacha erishish lozim boMib, u o‘z ichiga quyidagilarni olgan:
- — kambag‘allik va ochlikka barham berish;
- — umumiy boshlang‘ich ta ’limni ta ’minlash;
- — bolalar o‘limini qisqartirish;
- — onalik muhofazasini yaxshilash;
- — VICH/SPID, malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish;
- — atrof-muhitning barqaror rivojlanishini ta ’minlash;
- — rivojlanish maqsadlarida global hamkorlikni shakllantirish.
- Jahon bankining Xalqaro valuta fondidan farqi shundaki, Jahon banki f'aqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam ko‘rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo'naltirilgan.
- Jahon banki BMTning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat qilishga mo‘ljallangandir, ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizimi asosiy markazlari bilan integratsiya qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |