Xalqaro moliyaviy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari. Mundarija
Download 41.49 Kb.
|
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari.
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari. Mundarija Kirish……………………………………………………………………………….3 1. Xalqaro moliyaviy munosabatlarning davlat iqtisodiyotiga ta`siri ……………..5 2. Xalqaro moliya tashkilotlarining tavsifi va xususiyatlari………………………14 3 O‘zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-ladbirlar tizimi…………………………...………………………………………………….22 Xulosa………………………………………………………………………..……28 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………… Kirish Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bu moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarni yo'lga qo'yishdir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko'rishimiz mumkin. Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o'rni esa beqiyosdir, zero, ular moliyaviy resurslarining harakati shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda moliyaviy institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkib bo'yicha murakkab bo'lgan munosabatlar tizimidir. Shu sababli, hozirgi vaqtda kelib, O'zbekiston bilan ko'plab moliya tashkilotlar iqtisodiy munosabatlar keng yo'lga qo'yilib va samarali hamkorlik aloqalarini o'rnatib kelmoqda. Bu xalqaro moliya tashkilotlari O'zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga bir qator investitsiyalar kiritgan. Investitsion loyihalar soni ko'p va hamkorlik aloqalarini mustamkamlash doimiy ravishda e'tibor qaratilishi lozim. Sababi shundaki, xalqaro bozorga chiqish, davlatning eksport salohiyatini oshirish, aholining ijtimoiy qo'llab quvvatlash, hamda ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarm oqlarida zam onaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o‘rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi. «Xalqaro moliya munosabatlari» fani ixtisoslik fanlaridan biri bo‘lib, iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Mazkur kurs ishi oliy ta’lim ning bakalavriat bosqichida o‘qitiladigan «Xalqaro moliya munosabatlari» fani hamda m agistratura bosqichida o‘qitiladigan «Xalqaro moliya» fanining o‘quv dasturlariga muvofiq tarzda yozilgan. Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyam unosabatlarida yuzaga keladigan jarayonlarni o‘rganish hamda xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarda tegishli nazariy fikr va taassurotlarni hosil qilish, amaliy ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishdan iboratdir. Ushbu kurs ishida xalqaro moliya va uning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro moliya nnmosabatlari taraqqiyotidagi o‘rni, xalqaro valuta operatsiyalari, jahon valuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, xalqaro moliya munosabatlarida valuta risklarini boshqarish, xalqaro korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, xalqaro moliya munosabatlarida to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari, yevro bozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi operatsiyalar, xalqaro кredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi, moliyaviy derivativlar bozori, O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalar bayon qilingan. Download 41.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling