Xalqaro moliyaviy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari. Mundarija
Xalqaro moliyaviy munosabatlarning davlat iqtisodiyotiga ta`siri
Download 41.49 Kb.
|
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari.
1.Xalqaro moliyaviy munosabatlarning davlat iqtisodiyotiga ta`siri
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolutsiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlari ni jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan m ustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mum kin. Jahon xo‘jaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o‘zaro bog'liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. Jahon xo‘jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati nuihim o‘rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi. M illiy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki m uhim o‘rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish m exanizm larini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o‘ziga qam rab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni am alga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari m uayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan m e’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnom a va bitim lar, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro qabul qilingan kelishuvlarga amalqilinadi. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizm iga huquqiy norm alar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnom alar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konvensiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. X alqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligi tizim ida teztez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashm alari va subyektlari, alohida tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o‘rganishni taqozo etadi: — xalqaro valuta munosabatlari; — xalqaro iqtisodiy integrätsion jarayonlar; — xalqaro savdo munosabatlari; — investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; — mamlakatlar toiov balanslarini boshqarish; — xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; — xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro m ehnat taqsimoti va jahon xo‘jaligi ham da undagi iqtisodiy aloqalar tizim i tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi milliy iqtisodiyotlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan global iqtisodiy tizim bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro m ehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o‘zgarib boradi. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi m uhim xususiyatlar orqali namoyon bo‘ladi: • Moliyaviy globallashuv jarayoni. M azkur jarayon quyidago‘zgarishlarni o‘z ichiga qam rab oladi: — mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; — ishchi kuchi, texnologiya, kapital, rnahsulotlar va xizm atlarning global bozorlarini barpo etish; — jahon xo‘jalik aloqalarining global infratuzilm asini yaratish; — xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish; ~ yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarm oqlarini vujudga keltirish. • Iqtisodiy integratsion hudud va birlashm alarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi. • Xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. • Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tom onidan jahon bozorlarida o‘rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. • Transmilliy korporatsiyalar va transm illiy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transm illiyiashish ja rayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kom paniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi. • Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. M azkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizm atlar ham da ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro m oliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga ham da transm illiy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga im kon yaratdi Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish m um kin: — milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizim ga integratsiyalashuvini ta ’m inlash; — xalqaro savdo ham da tovarlar, xizm atlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish; — milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o‘zgarishlarga moslashtirish; — mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish. Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezidentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizim i kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizm at qiladi: — birinchidan, turli mamlakat rezidentlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o‘zaro ham korlikka; — ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlariga; — uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari tobora rivojlanib borm oqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o‘rin tutm oqda. Ushbu holat o‘z navbatida xalqaro valuta munosabatlari va xalqaro hisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Xalqaro moliya — xalqaro moliyaviy resurslar m ajm uini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan m aqsadlarni am alga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsim lash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o‘ziga xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qam rab oladi. Globallashuv jarayoni — jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimi rivojlanishi, xizm atlar va mahsulotlarning xalqaro harakati xalqaro m oliyaning rivojlanishiga zam in yaratdi. Shuningdek, m azkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlari murakkablashuviga olib keldi. Xalqaro moliya doimiy o‘zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to‘lov balansining o‘zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizim ining asosiy ishtirokchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transm illiy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizim iga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuch hisoblanadi. Xalqaro moliya o‘zida obyektiv asosga ega bo‘lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo‘lib mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jum ladan, pul oqim lari — import qilingan mahsulot va xizm atlarning to‘lovlari ham da mahsulot va xizm atlar eksportidan kelgan valuta tushum lari, ushbu oqim lar xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo‘ladi, shu boisdan mamlakatlar o‘rtasidagi pul oqimlari harakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablagMari oqimi ham ikki tom onlama bo‘lib hisoblanadi, bir tom ondan qarzning berilishi bo‘lsa, boshqa tom ondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to‘lanishi namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, mazkur oqim lar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o‘rtasidagi harakati yuzaga keladi. U larning taqsimlanishi bir tom ondan valuta kurslari asosida, ikkinchi tom ondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi. Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. M azkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilm aga ega bo‘lib muayyan funksiyalarni bajaradi. U larning moliyaviy ta’m inoti um um lashgan (masalan, BMT budjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo‘ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarning muayyan qism ini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo‘jaligi ehtiyojlarini ta ’minlaydi, bunday resurslarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo‘lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi. Shunday qilib, xalqaro moliya — bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institullar tom onidan shakllanishi, taqsim lanishi va ishlatilishini o‘z ichiga olgan moliyaviy resurslar harakati asosida hosil b o‘lgan munosabatlar tuzilm asi bo‘yicha m urakkab tizim dir. Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: — bitta mamlakat hududidan chiqmaydi; — xorijiy subyektlarni jalb qilmaydi; — milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi; — mam lakat ichida am alga oshiradigan hisob-kitoblarni o‘zida ifodalaydi. Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o‘rganadi. Bularga: — iqtisodiy kategoriya sifatida — moliyaviy resurslarning fondlari bo‘lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’m inlash uchun foydalaniladi; — institutsional jihatdan — bu banklar, valuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashm alar majmui bolib, ular orqali jahon moliyaviy oqim larining harakati amalga oshiriladi; — iqtisodiy munosabat sifatida — bu, jahon bozorida kapital, xizm atlar, tovarlar harakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta taqsim lanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko‘rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transm illiy moliya-kredit munosabatlarini o‘z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: — taqsimlash funksiyasi; — nazorat funksiyasi; — takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog‘liq tartibga solish funksiyasi; — barqarorlashtirish funlcsiyasi. M azkur funksiya jahon xo‘jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo‘ladi. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat: 1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari. 2. Xalqaro m ehnat taqsimoti. 3. Iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi. 4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi. 5. llm iy-texnika taraqqiyoti. 6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tom onlam a tartibga solish tizim ini takomillashtirilishi. 7. Jahon iqtisodiyotida global m uam m olarning keskinlashuvi. Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizim laridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko‘rsatadi Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi va uning elementlariga quyidagilar kiradi: — Jahon valuta tizimi — milliy va zaxira valutalar, xalqaro jamoaviy valutalar, o‘zaro konvertirlash shartlari, valuta pariteti, valuta kursi, valuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqaro m exanizm laridan tashkil topgan; — Xalqaro hisob-kitoblar — moliyaviy instrum entlar, ishlab chiqarish om illari, tovarlar harakati, shuningdek, xalqaro hisobkitoblar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi to‘lov balansiga xizm at qiladi; — Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrum entlar savdosi m exanizm lari — valuta, kredit, qim m atli qog‘ozlar; — Xalqaro soliqqa tortish — pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish metodi sifatida; — TM K larning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda transmilliy moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsiyalash jarayoni asosiy o‘ringa chiqadi. Download 41.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling