Xalqaro moliyaviy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari. Mundarija


Xalqaro moliya tashkilotlarining tavsifi va xususiyatlari


Download 41.49 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi41.49 Kb.
#1030596
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari.

2.Xalqaro moliya tashkilotlarining tavsifi va xususiyatlari
Xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy tuzilm asi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qam rab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga ham da yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Boshqalari esa hukum atlararo muhokama etish uchun forum lar tashkil etish ham da valuta-kredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’m inlash uchun moliya va valuta-kredit munosabatlarini tartibga solish m aqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi ham da xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valuta tizim idagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi ham korligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhimrol o‘ynamoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. X alqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi ham da ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng m ustam lakachilik tizim ining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mu kin. Chunki bu davrda ja ­ hon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi ham da integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish m um kin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukum at organlari zam onaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolari birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi.
Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisobkitoblar banki, Osiyo, Amerika, A frika m intaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga ham da valuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta ’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lam ining ortib borishi, shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek, ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida ham korlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizm at qilishga ham yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining m uhim muam m olari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi m a’lum otlarni umum lashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valuta-moliya tashkilotlarining ahamiyati ortib borm oqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi om illar ta ’sir ko‘rsatgan:
— xo‘jalik hayoti baynalm inallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transm illiy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
— jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo4gan ehtiyojning kuchayishi;
— jahon valuta tizimi, xalqaro valuta-kredit, qimmatbaho qog'ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.
Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usiillarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin:
— iqtisodiy tizim xususiyatiga ko‘ra: bevosita (mazkur bozorning barcha segmentlariga bir xilda ta’sir etuvchi hukumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar, qonuniv-huquqiy, me’yoriy hujjatlar qo‘rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin bo‘lsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita ta’sir etish darajasi kengayib boraveradi, y a’ni iqtisodiy agentlar manlaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qommiyailari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valutalar bilan bogiiq intervcnsiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini o‘zgarlirish, majburiy zaxira me’yorlarini o^zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar;
.. bozor turi, koMami va lining scgmentlariga ko‘ra: umuni iy (bozoming barcha segmentlariga birdek ta’sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga ta’sir etish uchun qoMlaniladigan) usullar;
... amal qilish muddatiga ko‘ra: tarkibiy (o‘rta va uzoq muddatli, slralegik maqsadlarni amalga oshirishga moljallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) ta’sir etishga mo‘ljallangan, taklik) usullar.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida sinxron tarzda, ya’ni bir-biriga mos holda o‘zaro birbirini toMdirib ishlaydi.
Xalqaro moliya bozoridagi investitsiyalar oqimini tartibga solishda xalqaro moliya tashkilotlari, davlatlararo tashkilotlar hamda nodavlat institutlari muhim o‘rinni egallashadi. Bunday tashkilollarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-- BMTning maxsus tashkilotlari (XVF, jahon banki guruhi, YuNCTAD
— BMTning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi, YuNIDO
— sanoat rivojlanishi bo‘yicha tashkilot, xalqaro savdo palatasi, xalqaro fond birjalar federatsiyasi);
— qimmatli qog‘ozlar komissiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot;
— moliya bozori ustidan nazorat organlarining xalqaro tashkiloti;
— kreditorlarning Parij va London klubiari;
— mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar.
Xalqaro moliya bozorini tarlibga solishda huquqiy asos bo‘lib xalqaro konvensiyalar va kodekslar, xalqaro investitsion kelishuvlar hamda XVF, Jahon banki guruhi, YuNCTAD hujjatlarida chet el investorlarining ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanish qoidalari belgilangan turli xil yo‘riqnomalar hisoblanadi.
Shunday qilib, hozirgi davrda xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullarini mantiqiy izchil ti/imi amal qilmoqda. Xalqaro moliya bozorida asosiy tartibga soluvclii organlar si fat ida hukumat va xalqaro moliyaviy instilullami, ya'ni XVI', jahon banki guruhi, xalqaro qarzdorlik masalalarini hal qiluvchi klublar, mintaqaviy banklar, xalqaro, lunludiy, mahalliy investitsion va sug‘urta kompaniyalari, fond va valuta hirjalari, alohida mamlakatlarning markaziy banklari, davriy ravishda tashkil etiladigan xalqaro moliyaviy-iqlisodiy anjmnanlar va konferensiyalarni ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro moliya bozorini tartibga soluvchi usulni joriy davr uchun eng maqbulini tanlab olish bozor segmenti va iqtisodiy tizim turiga, iqtisodiyolning beqarorlik darajasiga bogliqdir. Bozordagi holatni aniqlash uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar kundalik moliyaviy monitoring olib borishadi. Hozirda moliya bozorini tartibga soluvchi u yoki bu usulni qo‘llash elektron aloqa vositalari yordamida o‘tkaziladigan monitoring natijalariga bog‘liq bolmoqda.
Moliyaviy inqiroz davrida moliya bozoriga bo‘lgan ishonchni tiklash va mustahkamligini oshirish uchun uni tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish zarurati ortib boradi.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solish mexanizmlari o‘z taraqqiyot yo‘lida uch bosqichni bosib o‘tgan:
1) 1867—1944-yiIlar — xalqaro moliya bozori o‘zini-o‘zi tartibga solish rejimida faoliyat yuritgan;
2) 1944—1976-yillar — xalqaro moliya bozori qat’iy tashqi bevosita tartibga solish rejimida amal qilgan;
3) J976-yildan hozirgi vaqtgacha — o‘zini-o‘zi Tartibga so1 ish va tashqi tartibga solish rejimlari uyg‘unligida faoliyat yuritmoqda.
ßugungi kunda xalqaro moliya bozorini tartibga solish oltinning rasman demonetizatsiyalanishi, bozorni tartibga solishning bevosita va bilvosita usullarining qo‘llanishi, erkin suzib yuruvchi kurslar rejiini orqali tarliblash, XVF va boshqa xalqaro tartibga soluvchi organlar, katlalik davlatlari sammitlaridagi turli qarorlar va kelishuvlarni o‘zida aks ettirmoqda.
Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi va xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendensiyalari
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan (13.1-jadvalga qarang). Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan.
Zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Moliya bozori barcha sektorlarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan birga kechayotgan baynalminallashuv va globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;
2. Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muassasalari, shuningdek, alohida davlatlar va davlatlar guruhlari ocrtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi;
3. Chegaralarni oshib o‘tadigan moliyaviy oqimlarning yuqori sur’atlarda harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sektorlari o‘rtasidagi aloqadorlikning oshishi;
4. Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi;
5. Bozorni bevosita tartibga solishning susaytirilishi;
6. Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining an’anaviy sohalari o‘zgarishi (universal banklar fond sektorida anderrayter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga aylanmoqda; investitsiya banklari sindikatlashgan kreditlarni tashkillashtirmoqda, shuningdek, loyihalarni moliyalash bilan shug‘ullanmoqda; tijorat banklari, o‘z navbatida, investitsiya banklarining ananaviy faoliyatlariga aralashmoqda va h.k.);
7. Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo‘shilishi yoki virik ishtirokchilar tomonidan o‘z tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, o‘z navbatida, moliya bozorining barcha sektorlarida operatsivalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan universal moliyaviy xoldinglarning yuzaga kelishiga sabab boMmoqda;
8. Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab boluvchi derivalivlar bilan bitimlar hajmi o‘sish tendensiyasiga ega;
9. AQSH dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu o‘z navbatida, xalqaro moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.
Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog‘liq quyidagi tendensiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda:
1. Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar yctakchilik qilmoqda.
2. Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfei investitsiyalar tomonga siljish tendensiyasi mavjud.
3. Xalqaro krcditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda karnayib bormoqda.
4. Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o‘sish tendensiyasiga ega boigan bi r sharoitda, kapital importida AQSH ning ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQSHning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda.
5. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning asosiy sohasi bank-moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng yetakchidir), farmatsevtika, biotexnoiogiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakallarda avvalgidek to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalar neft-gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda;
6. Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy subyekt sifatida TMKlarning roli oshmoqda;
Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari quyidagilarda o‘z aksini topmoqda:
1. Fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi;
2. Xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining o‘sishi;
3. Jahonning yetakchi moliyaviy markazlarida bozorning konsentratsiyasi;
4. Bozorning yangi vositalarni yaratishi;
5. Bozorning kompyuterlashuvi;
6. Xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qog‘ozlarining ahamiyatini ortishi.
Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bozorlarida quyidagi tcndensiyalar yuzaga keldi:
— xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etgan holda xalqaro qarz qimmatli qog£ozlari va xalqaro aksiyalar bozorining oxirgi o‘n yillikdagi hajmi olti barobardan ko‘proqqa oshgan, 2008-yiI inqiroz davrida ularning o‘sishi sekinlashgan, xalqaro aksiyalar bozorining hajmi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga qisqargan bo‘lsada, hozirda ularning hajmi yana o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda;
— xalqaro qarz qimmatli qog'ozlar va aksiyalar bozorida rivojlangan mamlakatlar, xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy institutlarning yetakchiligi saqlanib qolmoqda.
— rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan;
~ moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan mamlakatlari fond birjaiarida aksiyalar bozori kapitallashuvining YaiMga nisbatan salmog‘i kcskin pasaygan. Jahon mamlakatlari YalMga nisbatan aksiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davrida 55% ni, oxirgi besh viliikda rivojlangan mamiakatlarda qarz munosabatini ifodalovchi qinnnatli qog'ozlar YalMga nisbatan kamida 100% ni tashkil ctishi kuzatilgan;
— rivojlanayotgan inamlakatiar fond birjaiarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aksiyalar va obligatsiyalar bo‘yicha savdolar hajmi kamaygan.


Download 41.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling