Xalqaro Nordik Universiteti 6-mmt-22-guruh talabasi Zulqaynarova Charos Tojiboy qizi Fan: Tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi


Download 6.39 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi6.39 Kb.
#1817083
Bog'liq
Tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi 1-topshiriq




Xalqaro Nordik Universiteti


6-MMT-22-guruh talabasi Zulqaynarova Charos Tojiboy qizi


Fan: Tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi
1-topshiriq


Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish.
Badiiy obrazni o’zida mujassamlashtirgan nutq o’ziga yarasha ko’rgazmalikka egadir. Masalan: she’r, xikoya, topishmok va xokazo. Ifodali o’qilgan badiiy asar ijodiy kayfiyatning oshishiga, tafakkurning, xayolning faol ishlashiga yordam beradi. SHu maqsad bilan badiiy so’zdan faqatgina ifodali o’qish mashg’ulotlarida emas, balki predmetlarni idrok qilgandan so’ng tasvirlash jarayonlarida xam foydalaniladi. Barcha yosh guruxlarda mashgulotlarni maqsadga yo’naltirilgan xolda topishmoq aytishdan boshlash mumkin. Masalan, “Boshi tarok, dumi o’roq”. Bu topishmoq orqali xo’rozning boshqa qushlardan chiroyli tojisi, dumini betakrorligi kabi kismi shakllari ajratiladi. Ba’zida kichik she’rlarni yoki asarlardan parcha o’qish xam mumkin. Agar kerak bulsa, asarni o’qish bilan birga ogzaki obrazga qo’shib natura yoki predmetning tasviri bolalarga kursatiladi. Rasm chizish, loydan buyum yasash mashgulotlarida badiiy asar o’qish xar doim xam qo’l kelavermaydi, uni boshqa o’rgatish usuli bilan almashtirgan ma’qul. CHunki bola ogzaki suzni eshitgandan ko’ra naturani ko’rganida ko’proq jonlanadi. Tarbiyachi badiiy obrazni tanlayotganida juda xam extiyotkorlik bilan tanlash lozim. Negaki, tugri tanlangan asar predmetni, kiyofalarini qurish idrokini o’z ichiga oladi (rangini, shaklini, xolatini).
M asalan: “Bo’girsoq” ertagi orqali bo’girsoqning obrazi, “Oltin baliq” ertagi orqali esa baliq obrazi yanada yorqinroq tasvirlanadi
Bolalar ijodi uchun idrokning bilish tomoni katta ahamiyatga ega. Bola buyum yoki hodisaning nomini, tashqi ko‘rinishini (shakli, rangi kattaligi va b.) bilishi kerak, uning qaysi xususiyatlari 1-darajali, qaysilari 2-darajali ekanligini aniqlay olishlari kerak. Bu xususiyatlarni bolalar har doim ham mustaqil ajrata olmaydilar. Ko‘pincha u diqqatini yorqin ahamiyatli bo‘lmagan detallarga qaratadi, natijada esa obyektning realligi buziladi. Bolalar qirda yugurishlari, gullar uzishlari, ularni hidlab ko‘rishlari, guldasta yasashlari, ashula aytishlari lozim. Bularning hammasi mashg‘ulot davomida hisobga olinadi. Kuzatishlarni o‘tishda tarbiyachining so‘zi va bolalarning roli katta aham iyatga ega. H ar qanday tushuntirish, savol, ko‘rsatma, bolani fikrlashga majbur qilish kerak. Idrok etishning aniqlashuviga, uning emotsionalliligiga estetik fikrlashni kengaytiradigan taqqoslashlar yordam beradigan badiiy obrazlardan foydalanish muhimdir.
Download 6.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling