Xalqarо savdо va darоmadlarning taqsimlanishi


Eksport narxlar indeksi Ei


Download 111 Kb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi111 Kb.
#1615084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
000000000000[1]

Eksport narxlar indeksi Ei
Savdo sharoiti indeksi = ------------------------------------- 100 = ----- 100
Import narxlar indeksi Ii
Indeksning o`sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko`rsatadi. Ya‘ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o`zgarishi hisobiga, unga bo`lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog`liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo`layotgan o`zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog`liq bo`ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste‘molidagi o`zgarishlarga qarab o`zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to`g`risida ma‘lumotlar bersada, ko`pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to`lov balansini yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta‘sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog`liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko`rinishida, erning bahosi renta miqdorida aniqlangan.
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchiolimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko`rsatish mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog`liq holda narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma‘nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste‘moldagi o`zgarishlar kabi omillarga bog`liq. Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:

  1. Mamlakatlar o`zlarida ortiqcha bo`lgan ishlab chiqarish omilini ko`p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o`zlarida taqchil bo`lgan ishlab chiqarish omillarini ko`p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar.

  2. Xalqaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar kuzatiladi.

  3. Mahsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti egallaydi.

Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o`rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo`lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.
Xeksher-Olin konsepsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko`rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya‘ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko`rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma‘lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo kapital etishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan ushbu yo`nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug`ullanadigan mamlakatlarda ko`proq yer resurslari kerak bo`ladi va ular shu yo`nalishga ixtisoslashgan bo`ladilar.
Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leontev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leontev AQSh kapital ortiqcha bo`lgan mamlakat bo`lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko`rsatib berdi. Ya‘ni Xeksher-Olin konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko`ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida aynan shu omillar ko`proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo`lib chiqdi.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling