Xalqarо savdо va darоmadlarning taqsimlanishi


Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari


Download 111 Kb.
bet5/13
Sana19.06.2023
Hajmi111 Kb.
#1615084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
000000000000[1]

2.Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher-Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo`yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta‘minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o`rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to`ldirilgan savdo konsepsiyasiga nafaqat mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro foydali savdoni yo`lga qo`yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o`rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi
Shuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan kimmat turadigan mamlakatlarda ilg`or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli bo`ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik gazlamalarni dastlab fakat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori bo`lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So`ngra, bu texnologiyani o`zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko`cha boshladi. Buning natijasida G`arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o`zi ega bo`lgan nisbiy ustunlikni qullay boshladi.
M. Porterga o`z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo`ladi:
1.Asosiy omillar:
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo`lishi;
-mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo`lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo`ldosh va uni ta‘minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh bo`lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri
2.Qo`shimcha omillar: -tasodifiy hodisalar;
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha hukumat faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling