Xalqarо savdо va darоmadlarning taqsimlanishi
Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko`rinishlari
Download 111 Kb.
|
000000000000[1]
1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko`rinishlari
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya‘ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o`z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart. Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog`liq ravishda xalqaro moliya-valuta, kredit munosabatlari rivojlandi. Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob‘ektiv sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo`lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o`zini to`liq ta‘minlay olmaydi. Ular o`zlarida ortiqcha bo`lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo`lgan resurslarni import qilishga majburlar. Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya‘ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O`zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o`zaro savdo-sotiqni yo`lga qo`yadilar. Bu ikki ob‘ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillarning boshlarida xalqaro savdo hajmi AQShda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. Shu davrda O`zbekiston yalpi milliy mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo`ldi. Shunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste‘molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi. Masalan, O`zbekiston asosan paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko`proq shunga e‘tiborni qaratish lozim. Chunki, O`zbekiston qishloq xo`jaligi, ob-havosi va qolaversa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o`zi ixtisoslashgan sohaga ko`proq e‘tiborni qaratishsagina dunyo bo`yicha ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo`l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi. Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug`diradi. Agar shunday bo`lsa importni bu mamlakat qaysi mablag`lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga kirib qoladi. D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko`chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlashda yoki ko`proq ustunlikka ega bo`lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o`rtasidagi savdo ko`proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o`zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari ―Nisbiy ustunlik nazariyasi‖da o`z echimiga ega bo`ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo`lsin. Shuni hisobga olgan holda D.Rikardoning ―Nisbiy ustunlik‖ nazariyasini qo`llaymiz: Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling