Xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni


Download 30.29 Kb.
bet2/4
Sana23.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1113915
1   2   3   4
Bog'liq
Banklarning xalqaro operatsiyalari

To‘lov topshiriqnomasi – tijorat bankining o‘z mijozi talabiga binoan uning mablag‘i hisobidan to‘lanishi zarur bo‘lgan summani olishi shart bo‘lgan xorijiy korxonaga (benefitsiarga) mablag‘ni pochta yoki telegraf yo‘li bilan o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi boshqa mamlakatdagi bank korrespondentga bergan buyrug‘i hisoblanadi.
Valuta olishning eng tez va ishonchli vositasi – telegraf o‘tkaz-masidir. Bank korrespondentlar tomonidan maxsus kodning qo‘lla-nilishi valuta mablag‘lari bo‘yicha zarar keltirish va o‘z mijozlariga mablag‘larni o‘tkazishda bank tomonidan xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaydi. O‘tkazmada bank ikki operatsiyani bir vaqtning o‘zida bajaradi:

  • milliy valuta hisobiga mijozga xorijiy valuta sotadi;

  • xorijiy valutani chet elga o‘tkazib beradi.

Bank o‘tkazmalari orqali hisob-kitoblarda eksportchilar import-chilarga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, da’volar va o‘zaro boshqa hisob-kitoblar uchun hisobvarag‘i va boshqa hujjatlar yubo-radilar. Bu hujjatlar asosida tovarlar va xizmatlar haqini to‘laydiganlar o‘z banklariga eksportchi yoki kreditorlar hisobiga pul o‘tkazish to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomalarini yuboradilar.
Shunday qilib, xalqaro hisob-kitoblar deganda biz talablar va majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni mamlakatlararo muvofiqlashtirish tizimini tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank – korrespon-dentlari orqali o‘tkazma, cheklar, veksellar, o‘zaro talab va majbu-riyatlarni tenglashtirib voz kechish yo‘li bilan naqd valutasiz amalga oshiriladi.
Garchi xalqaro hisob-kitoblar shakllarining ba’zilarining o‘tkazilish yo‘llari ichki hisob-kitoblarga o‘xshash bo‘lsa-da, ammo ulardagi o‘tkazish yo‘llarida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Bu xususiyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin.
Birinchidan, odatda ular hujjat tarzida, ya’ni moliya (chek, veksel) va tijorat (konosament, nakladnoy) hujjatlar yordamida amalga oshi-riladi.
Ikkinchidan, xalqaro hisob-kitoblar unifikatsiyalashgan (bir shaklga keltirilgan). Bunday shaklda hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko‘pchilik mamlakatlar banklari, shu jumladan MDH, veksel va chek konvensiyalariga amal qilishadi (Jenevada 1930 va 1931-yillarda qabul qilingan va Parij xalqaro savdo palatasi e’lon qilgan «hujjatli akkre-ditivlar bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro miqyosda hisob-kitob operatsiyalari olib boriladi). Bu hujjatlarga tashqi savdo aloqalarida bankka akkreditiv to‘g‘risida buyruq berilganda va inkasso topshiriqnomalari berilganda murojaat etish lozim bo‘ladi.
Xalqaro hisob-kitoblarning yana bir vositasi bank cheki hisoblanadi. U bankning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki boshqa hisobga o‘tkazish haqida bankka berilgan yozma farmoyishni ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, bank cheki uni yozib (to‘ldirib) beruvchi bankning o‘z vakillik bankiga uning joriy hisobvarag‘idan chek egasiga muayyan summani o‘tkazish haqidagi yozma buyrug‘idir.
Veksel – bu muayyan miqdordagi qarzni belgilangan muddatda qat’iy to‘lash majburiyati yuklangan, qonun bilan tasdiqlangan holatda to‘ldirib rasmiylashtirilgan qarzdorlik tilxati. Bank vekseli esa bu o‘tkazma veksel (tratta) bo‘lib, bank tomonidan xorijiy bank korres-pondent schyotiga to‘lash uchun beriladi. Bunda xalqaro banklar o‘tkaz-ma veksellarni chiqaradi va to‘lovga qabul qiladi. Trattalar oq (ismi, familiyasi yozilmagan) o‘tkazma yoki oq muddatli, tijorat va bank trattalari turlariga bo‘linishi mumkin.

Eksport qiluvchilar xorijiy importchilarga beradigan tijorat veksellari asosida banklar, tovarlar va xizmatlarga haq to‘lashi mumkin. Agar oq tijorat vekselidan foydalanilsa, naqd pulli hisob-kitob shakliga rioya qilinadi. Agar muddatli trattadan foydalanilsa, hisob-kitob kreditga bajariladi. Bank veksellari tijorat veksellariga nibatan kengroq tarqalgan. Import qiluvchilar bank veksellarini milliy va xalqaro banklardan sotib olib, o‘z qarz majburiyatlarini uzish uchun eksport qiluvchilarga jo‘natadi.

O‘tkazma veksel egasi trassant, veksel bo‘yicha qarzdor trassat deb yuritiladi. Vekselning amal qilish muddatini cho‘zish veksel prolongatsiyasi deb ataladi. U qonunga muvofiq yoki qarzdor va qarz beruvchining o‘zaro kelishuviga ko‘ra rasmiylashtiriladi.


Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling