Xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni


[168]. Akkreditiv hisob-kitoblar


Download 30.29 Kb.
bet3/4
Sana23.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1113915
1   2   3   4
Bog'liq
Banklarning xalqaro operatsiyalari

[168]. Akkreditiv hisob-kitoblar – bu tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz akkreditivlar bilan hisob-kitob qilish shakli. Odatda, turli shaharlarda joylashgan banklar o‘rtasida amalga oshiriladi. Tovar yetka-zib beruvchi bankdan boshqa shahardagi xaridorning o‘ziga xizmat ko‘r-satadigan bankka saqlashga qo‘ygan akkreditivlar hisobidan pul mab-lag‘larini oladi.

Akkreditiv – bank (bank – emitent) majburiyati bo‘lib, mol sotib oluvchi (importyor) ko‘rsatmasiga binoan mol sotuvchi (eksportyor) varag‘iga mablag‘ni o‘tkazish yoki trattani1 tegishli summada (xizmat yoki tovar) akseptlashni sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatga muvofiq amalga oshirishni ifodalovchi hujjat. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitoblarda bir qancha banklar ishtirok etishi mumkin:


Akkreditiv operatsiyalar to‘rt asosiy bosqichni bosib o‘tadi.



Birinchi bosqich. Importyor tovarning jo‘natishga tayyorligi to‘g‘risida xabar olgandan keyin o‘z bankiga (bank-emitent) eksport bankida ma’lum summa va muddatga akkreditiv topshirig‘ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig‘i bilan birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Ikkinchi bosqich. Bank-emitentga tegishli bankda akkreditiv ochiladi va eksportyorga bu haqda habar qilinadi, zarur bo‘lsa akkreditiv ochilganligi tasdiqlanadi.

Uchinchi bosqich. Tovarni jo‘natgan eksportyor bankka talab etilgan hujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to‘lovni oladi (odatda u eksportyorning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi).

To‘rtinchi bosqich. Eksportyor banki tovar hujjatlarini bank emi-tentga yuboradi, o‘z navbatida, bu hujjatlarni importyorga taqdim etadi va akkreditiv summasini qoplaydi (importyor bu summani to‘lab beradi).

Majburiyat turiga ko‘ra, bank akkreditivi «chaqirib olinadigan» va «chaqirib olinmaydigan» tasdiqlangan bo‘ladi. «Chaqirib olinadigan» akkreditiv muddatdan ilgari importyor yoki bank-emitent ko‘rsatmasiga binoan bekor qilishi mumkin. Bunday akkreditiv eksportyor manfaat-lariga javob bermaydi va amaliyotda kam uchraydi. «Chaqirilmaydi-gan» akkreditiv eksportyor ruxsatisiz bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas. U bank-emitentga eksportyorga to‘lovni amalga oshirish yoki trattani akseptlashning qat’iy majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Eksportyor uchun «chaqirilmaydigan» akkreditiv qo‘llanilishi jihatdan afzal hisoblanadi. Agar bank-emitent akkreditivni ochuvchi bankka valuta qoplamasini jo‘natsa, akkreditiv ta’minlangan, aks holda ta’minlanmagan deyiladi.



Inkasso – xaridor hisobvarag‘idan pul summasini olish bo‘yicha bank harakati bo‘lib, mijozga xizmat ko‘rsatish hisob-kitob hujjatlari asosida va xaridorning o‘z topshirig‘iga ko‘ra amalga oshiriladi.


Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling