Xalqaro shartnomalar huquqi
Xalqaro shartnoma ijrosini ta’minlash usullari
Download 54.5 Kb.
|
Xalqaro shartnomalar huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatlarning xalqaro shartnomalarga nisbatan huquqyay vorislngi
Xalqaro shartnoma ijrosini ta’minlash usullari
Xalqaro shartnoma ijrosini ta’minlash xalqaro huquq subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro shartnomalarning bajarilishi: birinchidan, xalqaro kafolatlar; ikkinchidan, xalqaro nazorat; uchinchidan, xalqaro tashkilotlarning qullab-quvvatlashi orqkali ta’minlanishi mumkin. Xalqaro kafolatlar deganda ma’lum davlat yoki davlatlar guruhining tuzilgan shartnomaning bajarilishini tasdiqlovchi yoki kafilligini olganligini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjat tushuniladi. Xalqaro huquqqa muvofiq, amaldagi har bir xalqaro shartnoma uning ishtirokchilari uchun majburiy va ular tomonidan vijdonan bajarilishi lozim. Ushbu qoida keng tan olingan login formulasida pacta sunt servanda, deb ifodalanadi. Biroq bu boshqa bir umum tan olingan qoidadan kelib chiquvchi alohida bir xoldir, ya’ni davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyekglari xalqaro majburiyatlarini uning kelib chiqishidan qatyiy nazar (odatiy, shartnomaviy yoki boshqa tarzda) vijdonan bajarishlari lozim. Davlatlarning xalqaro shartnomalarga nisbatan huquqyay vorislngi Xalqaro huquqda huquqiy vorislik — xalqaro huquqning umumiy institutlaridan biri bo‘lib, faqat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sohasiga taalluqlidir. Huquqiy vorislik bir huquq subyekti huquq va majburiyatlarini ikkinchi biriga yoki huquqning boshqa subyektlariga o‘tishini anglatadi. Bunda o‘zaro bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etayotgan subyektlar o‘rtasida huquqiy vorislikning vujudga kelishi va amalga opshrilishida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lipsh lozim. Xalqaro huquq fanida ko‘rsatib o‘tilgan o‘zaro bog‘liqlik, ya’ni tegishli yuridik faktning mavjudligi, ba’zan de-fakto — huquqiy vorislik deb, huquqiy vorislikning o‘zi esa, ya’ni tegishli yuridik faktning huquqiy oqibatlarining mavjudligi — de-yure huquqiy vorislik deb nomlanadi. Davlatlarning ichki huquqida de-yure huquqiy vorislikning o‘ziga hos ko‘rinishi meros olish huquqidir. Meros olish huquqini keltirib chiqaruvchi yuridik fakt, individ — subyektlar o‘rtasidagi karindoshlik munosabatlari (otalar, bolalar, nabiral va boshqalar) yoki u hamda bu huquq subyekti foydasiga vasiyat qilishdir. Xalqaro huquqda huquqiy vorislik munosabatlari umuman ikki universal konvensiya qoidalari bilan tartibga solinadi. Bular 1978 yilda qabul qilingan Davlatlarning shartnomalarga nisbatan huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1983 yilda qabul qilingan Davlatlarning davlat mulki, davlat arxivlari va davlat qarzlariga nisbatan huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasidir. Ularning birinchisi, bir tomondan — xalqaro huquqda huquqiy vorislik institutining bir qismini, ikkinchi tomondan — xalqaro huquq sohasi — xalqaro shartnomalar huquqining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Davlatlarning huquqiy vorisligi ma’lum hududdagi xalqaro munosabatlar uchun javobgarlikni bir davlatdan ikkinchi biriga o‘tishiga aytiladi. Ushbu ta’rif o‘tmishdosh-davlat va merosxo‘r-davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan aloqa mavjudligini, ya’ni konvensiyalarda davlatlar huquqiy vorisligining (yuridik) oqibatlari sifatida tasvirlangan huquqiy vorislikni vujudga keltiradigan yuridik faqtning mavjudligini ko‘rsatadi. O‘tmishsosh-davlat va merosxo‘r-davlat o‘rtasidagi munosabatlarda, ya’ni: birnnchidan, bir davlat hududining ma’lum qismi ikkinchi bir davlatga berilganda; ikkinchidan, ikki davlat birlashganda va ularning birlashgan hududida yagona davlat vujudga kelganda (unitar yoki federativ); uchinchidan, o‘tmishdosh-davlat bo‘linmokda va uning hududida ikkita yoki bir necha mustaqil davlat vujudga kelgan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan aloqaning mavjudligi hududiy xarakterdagi bog‘liqlik hisoblanadi: Yangi davlat vujudga kelishining o‘ziga hos ko‘rinishi — tobe hududda mustaqil davlatning vujudga kelishidir. Konvensiyalarda bu kabi davlatlar yangi mustaqil davlatlar deb nomlanadi. Bir davlat huquq va majburiyatlarining ikkinchi biriga o‘tishidan, masalan, 1978 yil konvensiyasida belgilangan huquqiy vorislik to‘g‘risidagi me’yorlarga muvofiq, shartnomalardan kelib chiquvchi majburiyatlardan, tashkil toptan huquqiy vorislikni vujudga keltiruvchi yuridik faktlar mana shulardir. Aim.uz Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling