II.BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY OLIMPIYA QO’MITASI (MOQ) UNING FAOLIYAT SAMADORLIGI.
2.1. MOQ va Olimpia sport turlarini rivojlanish muammolarini amaliyotdagi holati.
O`zbekiston MOQ
O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi nodavlat — notijorat tashkiloti bo`lib, o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi Olimpiya Xartiyasi xamda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining Ustavi asosida amalga oshiradi.
O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O`zbekistonda Olimpiya xarakatini rivojlantirish, olimpizm g’oyalarini keng targ’ibetish;
Respublika sport delegatsiyalarining Olimpiada, Osiyo, Butunjahonyoshlar o`yinlarida vakili bo`lish;
Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqamamlakatlar milliy olimpiya qo`mitalari, xalqaro sport federatsiyalari vauyushmalari bilan qalin hamkorlik qilish, XOQning «Olimpiya birdamligi» dasturida ishtirok etish;
Respublika, aholisini jismoniy vamanaviy tarbiyalashga, jismoniy tarbiya vasport, ayniqsa, milliy sport turlari, nogironlar o`rtasida sportni rivojlantirishga hartaraflama ko`maklashish;
Mamlakat terma jamoalari vasport zaxiralarini tayyorlashda davlat, jismoniy tarbiya vasport tashkilotlariga ko`maklashish;
YOshlarni boshqamamlakatlar sportchilari bilan do`stlik vabirodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol sport kurashi olib borish, raqibiga olijanoblik bilan munosabatda bo`lish tamoyillari asosida tarbiyalash;
O`zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ’ibetish;
Sport kadrlari o`rtasida tajriba ayriboshlash, ular malakalarini oshirish uchun anjumanlar, seminarlar tashkil etish.
O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Milliy olimpiya qo`mitalari assotsiatsiyasining teng xuquqli a’zosidir.
O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi tarkibi quyidagilardan iboratdir:
O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Prezidenti, Bosh kotibi, vitse-prezidentlar va a’zolardan;
Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
Cportning olimpiya turlari bo`lmagan hamda milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar vaToshkent shaharsport tashkilotlari vakillaridan;
Jismoniy tarbiya vasport davlat boshqaruvi organlari, ko`ngilli sport jamiyatlari vakillaridan;
Olimpiya o`yinlari ishtirokchilari bo`lgan sportchilar vakillaridan hamda boshqaalohida shaxslardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |