Xalqaro sport harakatining rivojlanishi va xalqaro olimpia qo'mitasining tashkil topishi mundarija kirish
Quyidagilar O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining rahbar organlari hisoblanadi
Download 127.03 Kb.
|
XALQARO SPORT HARAKATINING RIVOJLANISHI VA XALQARO OLIMPIA QO\'MITASINING - для слияния
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining quyidagi doimiy komissiyalari mavjud
Quyidagilar O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining rahbar organlari hisoblanadi:
Bosh assambleya; Ijroiy qo`mita; Ijroiy qo`mita byurosi. Bosh assambleyalar oralig’ida O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi faoliyatiga Ijroiy qo`mita rahbarlik qiladi. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining quyidagi doimiy komissiyalari mavjud: Atletlar komissiyasi; Ayollar va sport komissiyasi; Sport va atrof muhitkomissiyasi. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) 1992 yil 21-yanvar kuni tashkil topgan va o'tgan davr mobaynida mamlakatimizda sport va Olimpiya harakatini rivojlantirish ishida faol bo'lib kelmoqda. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi 1993 yil sentyabr oyida Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) tomonidan rasman tan olingach, yurtimiz sportchilari mustaqil O'zbekiston nomidan to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi qishki va yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish xuquqiga ega bo'ldilar. Albatta, bunday yutuqlarga buyuk Istiqlol tufayli erishdik. Mustaqillik sharofati bilan ozod va obod yurtimiz xalqaro olimpiya harakatining eng faol a'zosiga, olimpiya o'yinlarining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi. O'tgan davr mobaynida Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirildiki, bu o'z navbatida xalqaro sport tashkilotlari tomonidan yuksak e'tirofga sazovor bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Osiyo olimpiya kengashi, Milliy olimpiya qo'mitalari assotsiatsiyasining oliy nishonlari bilan taqdirlanishi ham yuqoridagi fikrimiz tasdig'idir. Bugungi kunda ushbu mukofotlar Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan poytaxtimizda bunyod etilgan Olimpiya shon-shuhrati muzeyining eng noyob eksponatlari qatoridan o'rin egallagan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi 24 yildirki yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, Olimpiya harakati va olimpizm g'oyalarini keng targ'ib etish yo'lida faol ish olib bormoqda. Har yili sportchi va murabbiylar bilim va tajribasini yanada yuksaltirish maqsadida MOQ tashabbusi bilan xalqaro seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, mintaqaviy forumlar tashkil etilmoqda. Bu ham o'z navbatida xalqaro sport maydonlarida qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar salmog'ini yil sayin yuksalishida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz sportchilari uchun Davlatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e'tibor va yaratilgan shart-sharoitlar sport olamining eng yirik musobaqasida qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarga ham zamin yaratmoqda. Istiqlol yillari 5 bor (1996 yil Atlanta (AQSH), 2000 yil Sidney (Avstraliya), 2004 yil Afina (Gretsiya), 2008 yil Pekin (Xitoy) va 2012 yil London (B.Britaniya) shaharlarida bo'lib o'tgan) yozgi va 6 marotaba (1994 yil Lillixammer (Norvegiya), 1998 yil Nagano (Yaponiya), 2002 yil Solt-Leyk-Siti (AQSH), 2006 yil Turin (Italiya), 2010 yil Vankuver (Kanada), 2014 yili Sochi (Rossiya) shaharlarida o'tkazilgan) qishki Olimpiya o'yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan mardonavor sportchilarimiz jami 6 ta oltin, 5 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo'lib, Prezidentimiz ta'rifi bilan aytganda, Istiqlol timsollariga aylandilar. Vatanimizning, xalqimizning bu munosib farzandlari yaratilgan barcha shart-sharoitlardan samarali foydalanib, el-yurt mehr-muhabbatidan ruhlanib, kuch-qudrat olib, Olimpiya o'yinlarida beqiyos iste'dodlari, eng yuksak mahoratlari, cheksiz matonatlarini namoyish etib, millionlab yoshlarga o'rnak bo'lmoqdalar, ularni o'zlari kabi sport bilan shug'ullanishga, bo'lajak chempionlar saflarini to'ldirishga da'vat etmoqdalar. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, so'nggi uch yil O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hayotida tub burilish yili bo'ldi, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 fevralda “O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o'yinlariga munosib tayyorlash to'g'risida”gi qarori qabul qilinib, mamlakatimiz sportchilarini to'rt yillikning navbatdagi eng yirik sport musobaqalariga har tomonlama puxta hozirlik ko'rishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu qarorni hayotga tadbiq etilishi xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarimiz salmog'ini yanada yuksalishida asosiy omil bo'lmoqda. Buning yorqin isboti sifatida sportchilarimiz tomonidan 2013-2015 yillarda dunyo sport arenalarida erishgan muvaffaqiyatlarini ko'rsatib o'tish joiz. Mazkur yirik musobaqalarda O'zbekiston sportchilari hech kimdan kam emasliklari va hech qachon kam bo'lmasliklarini amalda yana bir bora isbotladilar. Davlatimiz rahbarining mazkur qarori o'z ahamiyati va unda belgilab berilgan vazifalarning ko'lamiga ko'ra xalqaro sport maydonlarida qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarimiz salmog'ini yanada yuksaltirish hamda mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Sportchilarimizni to'rt yillikning navbatdagi yirik sport anjumaniga munosib hozirlik ko'rishlarida dasturilamal bo'layotgan ushbu hujjat Yurtboshimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport ravnaqi yo'lida hamda sportchilarga ko'rsatilayotgan doimiy e'tibor va g'amxo'rlikning yana bir amaliy ifodasidir. Muhtaram Prezidentimizning qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishini tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha Respublika komissiyasining 8 bor selektor yig'ilishi o'tkazildi. Davlatimiz rahbarining qarori ijrosi doirasida 2013 yil 2 aprelda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi huzuridagi O'zbekiston olimpiadachilarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida” qarori qabul qilindi. Mazkur jamg'arma mablag'lari Respublika sport federatsiyalarining moddiy-texnik bazalarini yanada mustahkamlashga yo'naltirilmoqda. Shu bilan birga, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha O'zbekiston sportchi va murabbiylariga stipendiya to'lash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlanib, xalqaro sport maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchi va murabbiylar har oyda qo'shimcha tarzda beriladigan stipendiyalar bilan rag'batlantirib borilmoqda. Bundan tashqari jamg'arma mablag'lari hisobiga sportimiz faxriylari, shuningdek, yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan terma jamoalarning maslahatchi murabbiylariga ham oylik maoshlar ushbu jamg'arma mablag'lari hisobidan qoplanmoqda. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining o'tgan qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlaridan yana biri Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Osiyo olimpiya kengashi, Milliy olimpiya qo'mitalari assotsiatsiyasi va qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari bilan o'zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqanligi bo'ldi. Birgina 2013-2015 yillarda mamlakatimizga Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax, Milliy olimpiya qo'mitalari assotsiatsiyasi rahbari, Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahd al-Saboh, Osiyo Paralimpiya qo'mitasining o'sha paytdagi rahbari Dato Abu Zaynal Abu Zarin, shuningdek, Olimpiada o'yinlari dasturiga kiritilgan sportning qator turlari bo'yicha xalqaro federatsiyalar rahbarlari, Osiyo-Tinch okeani teleradio eshittiruvchilar uyushmasi Bosh kotibi Javad Mottagi, Jahon dopingga qarshi kurash agentligining Osiyo-Okeaniya mintaqasi bo'yicha rahbari Kazuxiro Xayashi va Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha dopingga qarshi kurash tashkiloti raisi Maira Bakasheva kabi qator xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlari yurtimizga tashrif buyurib, O'zbekistonda olimpiya xarakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarga yuqori baho berdilar 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tkazilgan XVII yozgi Osiyo o'yinlari arafasida Osiyo olimpiya kengashining 33-Assambleyasi bo'lib o'tdi va ushbu yig'ilishda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining raisi, senator Mirabror Usmanovga Osiyo olimpiya kengashining eng yuksak mukofotini tantanali suratda topshirilishi ham O'zbekistonda olimpiya harakatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga, hamyurtlarimizning Osiyo qit'asida sport sohasini yanada yuksalishiga qo'shayotgan hissalariga berilgan munosib baho bo'ldi. Bugungi kunda poytaxtimiz markazida qad rostlagan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining yangi binosi Xalqaro olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Bax ta'rifi bilan aytganda “dunyoda eng ko'rkam va mahobatli Olimpiya qo'mitasi”dir. Ushbu binoda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ham tashkil etilgan bo'lib, Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha terma jamoa a'zolari ana shu markazda malakali mutaxassislar ko'rigidan o'tmoqdalar. Markazda nafaqat mamlakatimiz balki xorijdan taklif etilgan yetakchi shifokorlar ham faoliyat olib borishyapti. Bu yerda 585 turdagi eng so'nggi tibbiy uskunalar o'rnatiladi. Download 127.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling