Xalqaro turizm
Download 40.06 Kb.
|
1mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.Turizm to’g’risida tushuncha
1-MAVZU: “XALQARO TURIZM” FANIGA KIRISh MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 1.1. Turizm to’g’risida tushuncha 1.2. Turizm turkum (kategoriya) lari 1.3. Xalqaro turim tasnifi (klassifikatsiyasi) Tayanch so’z va iboralar: turizm, transport, umumiy ovkatlanish, mehmonxona xo’jaligi, madaniyat, savdo. 1.1.Turizm to’g’risida tushuncha Hozirgi zamon xorijiy ilmiy adabiyotlarida «Turizm» tushunchasini aniqlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu yondoshuvlarni turlicha belgilarga qarab bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin: turizm odamlarni yo’nalish bo’yicha aniq ob’ektga tashrif byurishi yoki maxsus qiziqishini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi harakatlarining alohida shaklidir; turizm odamlarni harakatlanishi (joyini o’zgartirishi), ularni doimiy yashash joyida bo’lmasligi va qiziqqan ob’ektida (safarda) vaqtincha bo’lishi; turizm shaxsni uning ijtimoiy-gumanitar funktsiyasi orqali (tarbiyaviy, ta’limiy, sog’lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishi alohida shaklidir; turizm dam olishni, bo’sh vaqtni o’tkazishning ommaviy shaklidir; turizm odamlarga vaqtincha doimiy yashash joyida (turizmni aniqlashga «samolyot» yondoshuvi) bo’lmagan paytida xizmat ko’rsatish bo’yicha xo’jalik sohasidir; turizm bozor segmenti sifatida iste’molchilarga o’z mahsulotlari va xizmatlarini (marketing nazariyasi nuqtai nazaridan) taklif etish maqsadida an’anaviy xo’jalik tarmoqlari (transport, umumiy ovkatlanish, mehmonxona xo’jaligi, madaniyat, savdo va boshqa.) bilan bozorga chiqadi; turizm hodisa sifatida mutlaqo dam olish deb ongimizga singib ketgan an’anaviy tasavvurlarga sig’maydi 1991y Ottava, Kanadada bulib o’tgan BTT - Butunjahon turistik tashkiloti sayohat va turizm statistikasi bo’yicha konferentsiyada kontseptsiya sifatida talablar yo’nalishi tanlandi va turizm shunday belgilanish oldi: «Turizm - odatdagi muhitdan tashqarida dam olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko’p bo’lmagan davrda bo’lgan sayohat va joylarda bo’lishni amalga oshirgan shaxs faoliyati»; Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy – amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) dir. (O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risidagi qonuni». 3 modda. 1999 yil 20 avgust). Download 40.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling