Xalqaro turizm


Tanishlar va qarindosh – urug’larnikiga tashrif


Download 40.06 Kb.
bet11/11
Sana09.01.2022
Hajmi40.06 Kb.
#264639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1mavzu

Tanishlar va qarindosh – urug’larnikiga tashrif. Turistik statistikaning ko’rsatishicha, sayohatning bu turi o’zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo’lish davomiyligi esa ishga doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir. Misol uchun, arab mamlakatlari, Hindiston, Pokistondan Angliyada yashayotgan do’stlari, qarindoshlarini ko’rgani doimiy ravishda mehmonlar tashrif buyuradi. Rossiya va Ukrainaga Kanada, AQShdan ajdodlari slovyan bo’lgan oila a’zolari kelishadi.

Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qo’msash – sog’inish turizmi deb ham ataladi. Bu odamlarni do’stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog’liq bo’lib, xalqaro turistik almashinishda muhim o’rin egallaydi. Odatda bozorning bu segmentida ishlashga bir necha turfirmalar ixtisoslashadi.

Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti. Uning bir necha turlari ajratiladi:

ziyorat (muqaddas joylarga tashrif va ibodat qilish);

bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan tanishish);

ilmiy safar din bilan shug’ullanuvchi (tarixchi va boshqa mutaxassislarni safari).



Harakatlanish usullari bo’yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)

Harakatlanish usuli va tanlangan transport turiga bog’liq holda turizmni aviatsion, temiryo’l, avtoturizm, avtobusli, suv, piyoda, velosipedli turlarga ajratish mumkin.



Sayohatchi qaysi bir transport turini tanlamasin bugungi kunda ixcham va qulaylik, sayohat xavfsizligi zarur shartlardan hisoblanadi. Sayohat xavfsizligi ko’rsatkichlari avariyalar (transport turlari bo’yicha yillik avariyalar soni) va shaxsiy xavfsizlik hisoblanadi. Bunda 100 000 kishi hisobga yo’l-transport hodisalarida xalok bo’lganlar soni asosiy ko’rsatkich bo’ladi. Rossiyada bu ko’rsatkich avtotransportdan yuqori darajada foydalanilayotgan mamlakatlardagiga nisbatan ancha ko’p.
Download 40.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling