Xalqaro turizm


Turizm turkumi (kategoriyalari)


Download 40.06 Kb.
bet2/11
Sana09.01.2022
Hajmi40.06 Kb.
#264639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1mavzu

1.2. Turizm turkumi (kategoriyalari)

Turizm ta’rifini to’laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo’yicha quyidagi tasnif (klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi. Turizmni tasniflash (klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo’lib, turistlarning davlat chegaralarini kesib o’tishi hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif (klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir aniq mintaqa, manzil uchun ham qo’llash mumkin.

Ichki turizm – fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, o’sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo’lgan qiziqishini qoniqtirish, sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valyutani olib kelmaydi. Shunday bo’lsada, mamlakat mintaqalari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi. Bu turdagi turizmning rivojlanish shartlaridan biri turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko’rsatish uchun zarur vositalarning mavjudligi hisoblanadi. Boshqa shartlar — ichki infratuzilmalar (mehmonxona, tarsport, mamlakat yo’llari va boshqalar)ning tegishli rivojlanganligi darajasi bilan bog’liqdir.

Chiqish turizmi – biror bir mamlakat (region) shaxsning o’zi aholisi bo’lmagan mamlakat (region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan faol sifatida xarakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko’pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo’nalishlaridan sanaladi.

Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o’rganish chog’ida uning rivojlanish yo’nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi.

Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog’liq holda, biron bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir.

Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa mamlakatlar (mintaqa) dan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug’ullanadi. Mamlakat (mintaqa)lar daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko’proq jalb qiladi. Bu yo’nalishdagi turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakat (mintaqa) ga valyuta oqimini, ikkinchi tomondan – mazkur mamlakat (mintaqa)da yashovchi fuqarolarning pul mablag’larini ko’paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakat (mintaqa)da qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funktsiyani bajaradiki, mazkur mamlakat (mintaqa) da daromad darajasini maromiga yetkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega (qishloq xo’jaligi mintaqalari).


Download 40.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling