Xalqaro turizmda aloqa va axborot vositalari


Download 179.32 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi179.32 Kb.
#1535388
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XALQARO TURIZMDA ALOQA VA AXBOROT VOSITALARI


XALQARO TURIZMDA ALOQA VA AXBOROT VOSITALARI
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. XALQARO TURIZMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TURLARI VA ULARNING MOHIYATI.
1.1. Kompyuter tizimida o‘rinlarni bronlashtirishning paydo bo‘lish imkoniyatlari va evolyutsiyasi.
1.2.Turistik menejmentda Internet texnologiyalar.
II BOB. XALQARO TURIZMDA ALOQA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TURLARI VA AXBOROTLAR MOHIYATI
2.1. Bilimni boshqarish tizimi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy ishlab chiqarish resurslari o‘rtasida tabiiy, moddiy mehnat, moliyaviy va axborot omillarini ajratish mumkin. Aks etish jarayonida paydo bo‘ladigan axborot fikrlovchi mavjudotga bog‘liq bo‘lmagan holda to‘planishi va saqlanishi mumkin va bu holda u subyektiv emas, balki obyektiv xarakter kasb etadi.
Jamiyatning uzoq rivojlanish jarayonida moddiy olamning boshqa hamma shakllarini tenglashtirish bo‘yicha axborot yangi sifat xarakteri va quyidagi xususiyatlarni egallaydi. Odamlar munosabatida axborot paydo bo‘lishi bevosita ong taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Natijada mehnat faoliyati shakllanadi, inson nutqi paydo bo‘lishini belgilab beradi, o‘zlashtirish natijasida vujudga keladi.
Ijtimoiy munosabat jarayonida axborotning alohida turi-ijtimoiy axborot vujudga keladi va rivojlanadi. Ijtimoiy aql sifatida bu odamlar assotsiatsiyasi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va hayotni ishlab chiqarishning birlashgan zaruratidir. Axborot taraqqiyotining uzoq o‘tmish yo‘li avvaliga nozik materiya darajasida, keyinchalik esa jonli tabiat sharoitida sifat jihatidan yangi ko‘rinishdagi ijtimoiy axborotga olib keldi.
Axborot sohasida subyekt ko‘p rollarda namoyon bo‘ladi: iste’molchi, tashuvchi, saqlovchi va axborot tarqatuvchi, shuningdek uni ishlab chiqaruvchi (generator) sifatida ko‘rinadi. Shuning uchun axborot sohasi bir tomondan, individning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllanadi, ikkinchi tomondan esa, uning ta’sirida o‘zgaradi. Bugungi kunda to‘planib borayotgan barcha axborot oqimlarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus dastur – apparatlar majmuasini yaratish «axborot portlashini» talab qilishini isbotlashga hojat bo‘lmasa kerak. Bu majmua o‘z ichiga yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va katta ko‘lamli ma’lumotlar berishni qamrab oladi. Ma’lumotlar va xujjatlarni boshqarish uchun zarur avtomatlashtirish ishlarini bajaradi. Biroq ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida joriy etilayotgan amaliy axborotlar maslahat tizimi har xil vazifani hal etayapti: biri ishlab chiqarishda, boshqasi tibbiyotda, uninchisi ijtimoiy, madaniy servisda, turizm va h.k.larda.
Informatika fani ilmiy fan sifatida namoyon bo‘lib, shunday tizimda va axborotlar jarayonlarida uning muhit bilan o‘zaro harakatida muhim o‘rin egallaydi. Bu tizim o‘zida yangi, o‘tmishda noma’lum bo‘lgan axborotlar texnologiyalarini mujassam etadi. Informatika haqiqiy hayotdagi umumiy qonuniyatlarni ko‘proq aks ettiradigan fan hisoblanadi, ijtimoiy – iqtisodiy tizim va dasturiy – texnik vositalarda inson rolini aniqlab beradi. Axborotlar tushunchasida eng muhim narsa – tegishli manba va iste’molchiga ma’lumot yetkazish, maqsadga yo‘naltirilgan tizimida aloqa o‘rnatish hisoblanadi. Axborotlar – qat’iy taqsimlangan, shov-shuvdan xoli, o‘z egasigacha yetkazilgan ma’lumotlardir. Bu ma’lumotni olganlar uni tahlil qilishi, o‘z maqsadlariga muvofiq tegishli qarorlar qabul qilishda foydalanishlari mumkin.


Download 179.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling