Xalqaro yo'nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari mundarija


Avtomobillarda passajirlar va yuk tashish tasnifi


Download 112 Kb.
bet4/15
Sana30.04.2023
Hajmi112 Kb.
#1412872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalqaro yo\'nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari

4. Avtomobillarda passajirlar va yuk tashish tasnifi.
Avtomobil transportida tashishni tashkil etish murakkab jarayon bo‘lib, u yuk yoki passajirlarni bir yerdan ikkinchi joyga ko‘chirishda umum tashish texnologiyasi bilan bog‘liq izchil jarayon va operatsiyalar majmuidan iboratdir.
Avtomobillarda passajirlar tashish qanday hududda bajarilishi, vazifasi va tashkil etish shakliga ko‘ra tasniflanadi.
Qanday hududda bajarilishiga ko‘ra: shaharlarda, shahar atrofida, qishloq hududlari ichida, shahar va viloyatlararo va xalqaro tashishlarga ajratiladi.
Vazifasiga ko‘ra: doimiy marshrutlarda, ekskursion, turistik, xizmatyuzasidan passajirlar tashishlarga bo‘linadi.
Tashkil etish shakliga ko‘ra: marshrutlardagi, buyurtmali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aralash tashishlarga bo‘linadi.
Shaharlardagi passajirlarni avtobuslarda tashish shahar va shahar turidagi posyolkalar ichida bajariladi. Shaharlarda passajirlar tashuvchi barcha turdagi transportlar (tramvay, trolleybus, metro) ichida avtobuslarda passajirlar tashish nisbiy o‘rni 60 foizdan ortiq bo‘lib, bu ko‘rsatkich yildan-yilga o‘sib bormoqda.
Yengil taksi avtomobillari bilan shahar ichi va atrofidagi tumanlarning barcha xududlarida passajirlar tashiladi. Yirik shaharlarda yengil taksi avtomobillari tunu-kun uzluksiz ishlaydi. Ba’zi hollarda taksi avtomobillarida oldindan belgilangan buyurtma asosida ham passajirlarga xizmat ko‘rsatish mumkin.
Shaharlardagi passajirlarni tashishdagi eng dolzarb muammo – “pik” soatlardagi tashish jarayonlarini takomillashtirishdir.
Shahar va shahar atrofidagi tashishlarning o‘ziga xos tomonlaridan chna biri hafta kunlari va yil oylari (mavsum, fasl) ichida tashish hajmlarining katta o‘zgarishidir. Tashish hajmining sezilarli darajada o‘sishi dam olish kuni oldida, ayniqsa yoz oylarida ko‘zga tashlanadi.
Tashish hajmiga ko‘ra yuk tashishni tashkil etishning quyidagi tamoyillari bo‘lishi mumkin: bir turli juda ko‘p hajmdagi yuklarni tashish; bir turdagi yuklarni nisbiy ko‘p miqdorda tashish; kam miqdorli yoki yuklarni yig‘ib tashish.
Bir turdagi juda katta hajmda yuklarni tashishda bir turdagi yuklarni ko‘p miqdorda tashish tushiniladi. Bunday tashishlar yuk oqimining tuzilishi, miqdori va yo‘nalishining barqarorligi bilan xarakterlidir. Bunday tashishlarda, iloji boricha, bir turdagi va ish unumi yuqori transport vositalarini ishlatish maqsadga muvofiq.
Bir turdagi yuklarni nisbiy ko‘p miqdorda tashishda har xil turli va modelli yuk tashish transport vositalaridan foydalaniladi. Bunday tashishlar ortish-tushirish joylarining tez-tez o‘zgarib turishi hamda yuk oqimlarining o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlidir.
Kam miqdorli yuklarni tashishda jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilarning mayda hajmdagi yuklari tashiladi hamda aholining maishiy ehtiyojlari qondiriladi. Bunday tashishlar transport vositalarida bir paytning o‘zida bir necha xil yuklar tashilishi, ba’zida esa ularni ortish-tushirish joylari har xil joydaligi bilan xarakterlidir.
Tashish hududiy belgisiga ko‘ra: yuk tashishlar passajirlar tashishdagicha shahar, shahar atrofi, shaharlar (viloyatlar)aro, tumanlararo, tumanlar ichi tashishlarga bo‘linadi.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling