Xalqaro yo'nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari mundarija


Download 112 Kb.
bet14/15
Sana30.04.2023
Hajmi112 Kb.
#1412872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xalqaro yo\'nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari

Avtomobil yo’llarining barcha bo’laklari quyidagicha me’yorlashtiriladi: xarakat bo’lagi va qatnov qismining soni xamda kengligi, marza kengligi, yo’l ko’tarmasi, ajratish bo’lagi, bo’ylama qiyalik, ko’rinish masofasi, ko’ndalang kesimdagi egrilik radiusi, tik egrilik radiusi va uni uzunligi, qoplama turi, yo’l qiyimining konstruktsiyasi, qatnov qismi bilan marzaning o’zaro yopishib turishi, yetarli tekislikdagi va ilashimli qoplama yuzasini xosil qilish, ko’priklar qurish va quvurlar o’rnatishni loyixalash va boshqalar.


  • Avtomobil yo’llarining barcha bo’laklari quyidagicha me’yorlashtiriladi: xarakat bo’lagi va qatnov qismining soni xamda kengligi, marza kengligi, yo’l ko’tarmasi, ajratish bo’lagi, bo’ylama qiyalik, ko’rinish masofasi, ko’ndalang kesimdagi egrilik radiusi, tik egrilik radiusi va uni uzunligi, qoplama turi, yo’l qiyimining konstruktsiyasi, qatnov qismi bilan marzaning o’zaro yopishib turishi, yetarli tekislikdagi va ilashimli qoplama yuzasini xosil qilish, ko’priklar qurish va quvurlar o’rnatishni loyixalash va boshqalar.

  • Yo’lning muxandislik qurilishlariga quyidagilar kiradi: avtobus to’xtab turish joylari, tezkor bo’lakka o’tish yo’li, avtomobillarni to’xtash va to’xtab turish maydonchalari, dam olish maydoni va avtobus kutish bekatlari, qor va qum ko’chkilaridan yo’llarni saqlash qurilmalari va yo’llarni yoritish.

  • Yo’l cheklagichlariga quyidagilar kiradi: kurgonlar, yo’l belgilari va ko’rsatgichlar, qatnov qismi chiziqlari va boshqalar.



5. Tashishni tashkil etish tamoyillari.
Tashishni tashkil etishda uning bir maromdaligi va o‘z vaqtida bajarilishiga hamda yuklarning miqdori va sifatli saqlanishiga, texnika, materiallar va pul harajatlari eng kam bo‘lishiga, yuqori darajali tejamkorlik va tannarxi eng arzon bo‘lishiga e’tiborni jalb etish lozim. Belgilangan miqdordagi tashish hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari va boshqa har xil qurilmalar soni minimal miqdorda va ular unumdorligi maksimal bo‘lishini ta’minlash kerak.
Yuk tashishni oqilona tashkil etish uchun o‘z vaqtida ishlab chiqilgan va vaqti belgilangan reja zarur. Bunday rejani ishlab chiqishga aloqador mijozlar keng jalb etilishi zarur. Bunda transport vositalarining liniyadagi ishi meyorli bo‘lishiga hamda ortish-tushirish operatsiyalari o‘z vaqtida bajarilishiga erishish lozim.
Avtotransport saroyi va mijozlarlarning o‘zaro munosabatlari belgilangan topshiriqni bajarishda o‘zaro manfaatdorlik asosida bo‘lishini ta’minlash, uni amalga oshirishda esa muayyan shartnoma va ayrim kelishuvlarga tayanish kerak. Tashishlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun mijozlar va avtotransport saroylari barobar javobgardirlar.
Avtotransport korxonasi va mijozlarning o‘zaro munosabatlarini shartnoma orqali tartibga solinadi. Shartnomada ular aloqalari, tashish qatnashchilari, moliyaviy tartibni mustahkamlash kabilar belgilanadi. Tashishga taalluqli shartnoma ish hujjatlarining asosi sifatida joriy (yillik), chorak va tezkor (smena-sutkali) rejalar tuzishni ko‘rsatish mumkin.
Shartnoma yozma tarzda umumiy shaklda yoki bir marotabali talabnoma (buyurtma) shaklida bo‘lishi mumkin. Talabnoma rejada belgilanmagan mijozga xizmat qilishda ishlailadi va uning kuchi shartnomaga tenglashtiriladi.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling