Xalqaro yo'nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari mundarija


O’zbekiston Respublikasida avtomobil yo’llari va avtomobil transportini rivojlantirish sabablari


Download 112 Kb.
bet13/15
Sana30.04.2023
Hajmi112 Kb.
#1412872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xalqaro yo\'nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari

3. O’zbekiston Respublikasida avtomobil yo’llari va avtomobil transportini rivojlantirish sabablari.


  • Vazirliklar, idoralar va xokimliklar avtomobil transporti va yo’l qurilishiga katta axamiyat berishlari zarur. Bu borada vazirlar maxkamasi: «Avtomobil yo’llari, ularning qurilishi va sozlashni yaxshilash chora-tadbirlari» xaqida qaror qabul qildi. Unda eng muxim masalalardan biri – moddiy va ma’naviy resurslardan foydalangan xolda avtomobil yo’llarining sozligini ta’minlash, ishlab chiqarish texnologiyasini tashkil qilishni ta’minlash ko’zda tutilgan.

  • Qarorga asosan 1990 yildan boshlab yirik tumanlar va axoli yashaydigan joylar o’rtasida mustaxkam aloqa qiladigan magistrallar, avtomobil yo’llari qurilishini boshlash ko’zda tutilgan. Davlatning 1991-2000 yillargacha mo’ljallangan iqtisodiy va sotsial rivojlantirish to’grisidagi xujjatida avtomobil yo’llarining birlashtiruvchi xalqasi qurilishini tezlatish xam ko’rsatilgan. Shuningdek tuman, xo’jaliklar markazlari bilan boglovchi avtomobil yo’llari qurilishini kengaytirish. Xarakat xavfsizligini xisobga olgan xolda yo’l qurilishi sifatini yaxshilash, yuk va odamlarni tashishning to’gri tashkil qilish, yo’l elementlari talabini avtomobil transporti muxandislari tomonidan to’gri baxolash, uni isbotlash kabi masalalar xam aniq belgilab berilgan. Avtomobil transportini ekspluatatsiya qilish darajasining o’sishi yo’l qoplamasi sifatiga ko’p jixatdan bogliq.

3.2-rasm. O’zbekiston milliy avtomagistrallarining tarmoqlanishi


  • 3.2-rasm. O’zbekiston milliy avtomagistrallarining tarmoqlanishi

3.3- rasm. Zamonaviy Avtomobil magistrali


  • 3.3- rasm. Zamonaviy Avtomobil magistrali

3.4- rasm. Qiyalamada qatnov qismlarining pog’onali joylashtirilish


  • 3.4- rasm. Qiyalamada qatnov qismlarining pog’onali joylashtirilish

4. Yo’llarni loyixalashning texnik shartlari va me’yori.


  • Avtomobil yo’llari shunday loyixalanishi kerakki, unda avtomobil dvigatelining odatdagi ish sharoitida o’zining dinamik sifatini to’la ko’rsatishi kerak. Keskin burilish, tik nishoblik va ko’tarilishlarda avtomobilga surilib ketish, agdarilish xolatlari sodir etilmasligi, yurish esa sokin va xaydovchilar uchun zerikarli bo’lmasligi, me’yoriy ko’rinish ta’minlanishi lozim. Yo’l kengligi dinamik yuklamaga bardosh berishi, tekis va sirpanchik bo’lmasligi kerak.

  • Yo’l ko’ylagi konstruktsiyasi, qatnov qismi bo’laklari soni, kesishma va tutashmalarni tanlash, yo’l va avtotransport xizmati qurilish va inshoatlari, ularni qurish navbatini xisobga olgan xolda xarakat jadalligini o’sishi bo’yicha belgilanadi.

  • Xar qanday toifali yo’llar uchun qurilish me’yori va qoidalari (SNIP II-D.5-72) bo’yicha belgilangan. Yangi quriladigan, konstruktsiyasi o’zgartiriladigan yo’llarni loyixalashga ushbu qurilish qoidalari keng tadbiq etiladi.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling