Xamitxonov yosinjonning malaka amaliyoti
Korxonasining xoʻjalik operatsiyalarini hujjatlashtirish
Download 85.02 Kb.
|
HISOBOT — копия
Korxonasining xoʻjalik operatsiyalarini hujjatlashtirish
Buxgalterlarning dastlabki hujjatlar bilan ishlashi quyidagi normative-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi: 1) O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni (13, 14, 28, 29-moddalar); 2) O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanish to‘g‘risida»gi qonuni; 3) O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi qonuni; 4) Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizom. Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar mazmuni, tayinlanishi va shakliga ko‘ra turli xil hujjatlarni qo‘llashni talab qiladi. Buxgalteriya hujjatlari tayinlanishi, axborotlarni shakllantirish tartibi, muomalalarni qamrab olish usuli, axborot ta’minoti tizimidagi maqomi, tuzilgan joyi, qatorlar (pozitsiyalar) soni, bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish va to‘ldirish usuliga ko‘ra turkumlanadi. Tayinlanishi bo‘yicha hujjatlar to‘rtta guruhga bo‘linadi: 1. Farmoyish hujjatlari. 2. Isbotlovchi hujjatlar. 3. Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar. 4. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar. Farmoyish hujjatlari xo’lalik rahbarlarining biron xo’jalik muomalasini amalga oshrishga xizmat qiladigan farmon berishi uchun tayinlangandir. Farmoyish hujjatlariga mol yetkazib beruvchilardan moddiy boyliklar olish uchun ishonchnoma, bankdan kassaga naqd pul olish uchun yozilgan cheklar, vakolatnomalar, qarorlar va boshqa hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilayotgan topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek, bajaruvchi shaxs ko‘rsatilgan bo‘lib, bu hujjatlar yordamida xo‘jalik muomalalari schotlarda aks ettirilmaydi, balki korxona rahbarining xodimlar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishi ta’minlanadi. Isbotlovchi hujjatlar deb ma’lum bir xo‘jalik muomalasining amalga oshirilganligini isbotlaydigan hujjatlarga aytiladi. Isbotlovchi hujjatlar sodir etilgan xo‘jalik muomalasi uchun mas’ul shaxslar tomonidan tuziladi va imzolanadi. Ular hujjatining to‘ldirilishi uchun ham mas’ul hisoblanadilar. Bunday hujjatlar korxona rahbari (yoki imzolash vakolati berilgan rahbar xodim) imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart. Isbotlovchi hujjatlarga asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, dag‘al va shirali ozuqalarni qabul qilish dalolatnomasi, qabul qilish pattalari (kvitansiyalari), ombor mudirining hisoboti, schot-fakturalar, to‘lov vedomostlari va boshqalar kiradi. Bu hujjatlar asosida xo‘jalik muomalalari schotlarda aks ettiriladi. Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar deb, korxonada sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalasini amalga oshirishga asos bo‘la olmaydigan, lekin buxgalteriya xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi registrlariga yozish uchun tuzilgan ayrim hisob-kitob va ma’lumotnomalarga aytiladi. Bularga umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomosti, asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash vedomosti va boshqa buxgalteriya xodimlari tomonidan tuzilgan rasmiylashtirish hujjatlari kiradi. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar deb farmoyish va isbotlovchi hujjatlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan hujjatlarga aytiladi. Bularga nakladnoylar, yem-xashak sarflash vedomostlari, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqa hujjatlar kiradi. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlarga xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligini isbotlovchi va uni schotlarda aks ettirish tartibini ko‘rsatuvchi hujjatlar ham kiradi. Masalan, bo‘nak (avans) hisobotida, birinchidan, qilingan sarflar ularni isbotlovchi hujjatlarga asoslangan holda ko‘rsatilsa, ikkinchidan, mazkur sarflar qaysi schotlarda aks ettirilishi ko‘rsatiladi. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar farmoyish, isbotlovchi va buxgalteriyada rasmiylashtirish funksiyalarini bajarganligi sababli yozuvlar soni kamayadi va hujjatlarga buxgalteriyada ishlov berish osonlashadi. Dastlabki hujjatlar deb bevosita xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lganidan so‘ng darrov tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, (KO-1-shakl), kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kelish kundaligi, talabnoma-yuk xati, chorva mollarini tortish (o‘lchash) vedomosti va boshqa hujjatlar misol bo‘ladi. Buxgalteriya hisobining hujjatlari shakllantirish tartibiga ko’ra dastlabki va yig’ma hujjatlarga bo’linadi. Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalalarini qamrab olish, ya’ni bir yoki bir qancha xo‘jalik muomalalarini o‘zida aks ettirish xususiyatiga qarab bir martalik va jamlama hujjatlarga bo‘linadi. Bir martalik hujjatlar deb bir yoki bir necha xo‘jalik muomalasi bir vaqtda rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, kassa chiqim orderi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, to‘lov vedomostlari va boshqa shunga o‘xshash hujjatlar kiradi. Jamlama hujjatlar deb bir xil xo‘jalik muomalalari ularning sodir bo‘lgan vaqtiga qarab rasmiylashtirilib boriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassir hisoboti, tovar-moddiy boyliklarni olish uchun limit-zabor kartalari, sut sog‘ishni hisobga olish jurnali va boshqa hujjatlar misol bo‘ladi. Misol tariqasida kassir hisobotini keltirishimiz mumkin. Axborot ta’minoti tizimidagi maqomi bo‘yicha hujjatlar oddiy hujjatlar va qat’iy hisobot blankalariga bo‘linadi. Oddiy hujjatlar – eng ko‘p qo‘llaniladigan dastlabki hisob hujjatlaridir. Ularga umum qabul qilingan hujjatlar aylanishi tatbiq qilinadi, tuzish va saqlashga oddiy talablar qo‘yiladi. Qat’iy hisobot blankalari maxsus shakldagi hujjatlar bo‘lib, ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi. Tuzilgan joyiga ko’ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Hisob yozuvlari qatorlarining soniga ko‘ra hujjatlar bir qatorli (materiallarni olish uchun talabnoma, kassa chiqim orderi) yoki ko‘p qatorli (limit-zabor kartasi, hisoblashuv-to‘lov vedomosti, to‘lov vedomosti va h. k.) bo‘lishlari mumkin. Bir qatorli hujjatlar tor ixtisoslashgan tavsifga ega bo‘lib bir turdagi hisob obektlariga kiradigan bitta nomdagi obektning harakatini aks ettirish bilan cheklanadi. Agar hujjatlarda bir necha nomdagi obektlarning harakatiga doir muomalalar aks ettirilsa, hatto bular bir guruh (guruhcha)ga kirgan holda ham, bunday hujjatlar ko‘p qatorli hujjatlar deyiladi. Ko‘p qatorli hujjatlar so‘nggi vaqtlarda hisobchilik amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar unifikatsiyalangan va boshqa hujjatlarga bo‘linadi. Unifikatsiyalangan hujjatlar – belgilangan tartibda tasdiqlangan va har xil mulkchilik shakli va har xil tarmoq xususiyatlariga ega korxonalarda bir turdagi xo‘jalik muomalalarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan hujjatlardir. Unifikatsiyalangan hujjatlarga avans hisobotlari, to‘lov topshiriqnomalari, kassa kirim va chiqim orderlari va shunga o‘xshashlar misol bo‘ladi. Ular mulkchilik shaklidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha korxonalarda qo‘llanilishi majburiydir. Yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga kiritilmagan hujjatlar boshqa hujjatlar toifasiga kiradi. Boshqa hujjatlarga jamlovchi hujjatlar: asosiy vositalar eskirishini hisob-kitob vedomosti, savdo ustamalarini sotilgan va sotilmagan tovarlar o‘rtasida taqsimlash vedomosti va boshqalar kiradi. To‘ldirish usuliga ko‘ra buxgalteriya hujjatlarini qo‘lda tuziladigan, yozuv mashinkasida va kompyuterda tuziladigan (elektron) hujjatlarga bo‘lish mumkin. Elektron hujjat deb elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborotga aytiladi. Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin. Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” qonunning 14-moddasiga muvofiq dastlabki hujjatlarning majburiy rekvizitlari quyidagilardir: «buxgalteriya hisobi subektining nomi; hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari ko`rsatilgan miqdor o‘lchovi (natura holida va pulda ifodalangan holida); xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun zarur familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko`rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari». O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: – elektron raqamli imzo; – elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; – elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; – hujjat yaratilgan sana. Amal qilish muddatiga ko’ra rekvizitlar quyidagilarga bo’linadi: - doimiy rekvizitlar; - shartli doimiy rekvizitlar; - o‘zgaruvchan rekvizitlar. Dimiy rekvizitlarga muayyan korxona doirasida uzoq vaqt davomida o’zgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiyrekvizitlar matbaa usulida bosilgan bo’ladi. Ularga asosan quyidagilar kiradi: - korxonaning nomi va manzili; - hisob-kitob schoti; - xodimlarning tabel raqamlari va b. O‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik miqdor va sifat mazmunini begilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: - xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan vaqti; - ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori; - xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b. Unifikatsiyalashtirilgan hujjatlarga misol qilib avans hisoboti (286-shakl), kassa kirim orderi (№KO-1 shakl), akkreditiv uchun ariza (№0401005 shakli, schot-faktura (№868-shakl) kabilarni keltirish mumkin. Iqtisodiyotning biror tarmog‘i ichidagi hujjatlarni unifikatsiyalashtirish xo‘jaliklarning va unda bo‘ladigan muomalalar barcha xususiyati hisobga olish imkonini beradigan ixtisoslashtirilgan shakllarni ishlab chiqishga olib keladi. Masalan, xo‘jalik korxonalari uchun dastlabki hujjatlarning yagona ixtisoslashtirilgan shakllari ishlab chiqilgan. Download 85.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling