Xan imperiyasi
Download 0.51 Mb.
|
Xan imperiyasi
Xan davrida Xitoy davlati qudratining oshishi madaniyatning yuksalishida ham o‘z ifodasini topgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, bu vaqtda akademiya, kutubxona tashkil qilingan, davlat yozuvchilarga homiylik qilgan, ochiq imtihonlar o‘tkazib, amaldorlarning malakasini oshirgan. Ammo mehnatkash xalq ahvoli og‘ir bo‘lib qolavergan.Ijtimoiy ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida Dun Chjun - shu, Van Chun va Van Man islohotlar o‘tkazishga harakat qilganlar. Dun Chjun - shu katta yer - mulklarni bir kishi qo‘lida bo‘lishini taqiqlash, tuz va temir monopoliyasi, “quldorlarning o‘z qullarini qatl etish huquqini bekor qilib, quldorlikka barham berish”, soliqlarni kamaytirish, harbiy va mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni taklif etgan.Ijtimoiy ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida Dun Chjun - shu, Van Chun va Van Man islohotlar o‘tkazishga harakat qilganlar. Dun Chjun - shu katta yer - mulklarni bir kishi qo‘lida bo‘lishini taqiqlash, tuz va temir monopoliyasi, “quldorlarning o‘z qullarini qatl etish huquqini bekor qilib, quldorlikka barham berish”, soliqlarni kamaytirish, harbiy va mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni taklif etgan.Xitoyda o‘tkazilgan islohotlar kutilgan natija bermagan. Pirovardida kambag‘allar ocharchilik natijasida ko‘targan qo‘zg‘olonlari tobora kuchayib bordi.Fan Chun boshchiligida 18 yilda ko‘tarilgan “qizil qoshlar” qo‘zg‘olonida Shandun aholisining ko‘p qismi ishtirok etdi. Van Chun islohotlaridan norozi ayrim zodagonlar ham qo‘zg‘olonga qo‘shildilar. Fan Man rahbarligidagi 10 ming kishilik qo‘zg‘olonchilar lashkari Van Man qo‘shinini mag‘lub etdi. 23 yili Van Man qo‘shini batamol tor - mor etilib, poytaxtni qo‘zg‘olonchilar egallab olishdi.Lekin 27 yilda “qizil qoshlar” orasiga kirib olgan zodagonlar qo‘zg‘olonchilardan ustun kelib, ularni tor-mor keltirganlar va avvalgi tartibni qayta tikladlar. 184 yilda yana bir katta qo‘zg‘olon ro‘y berdi. Bu Chjan Szyao rahbarligidagi “sariq ro‘molliklar” qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilarning qo‘shini bir necha yuz ming kishiga yetgandi va ko‘p sonli qullardan iborat alohida bo‘linmalari ham bor edi. Bu ommaviy, haqiqiy xalq harakati keng tus olganiga qaramay, qo‘zg‘olon bostirilgan. Biroq Xan sulolasi hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qola olmadi. Ko‘pdan-ko‘p qo‘zg‘olonlar Xan davlatini holdan toydirib, davlatni parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi.Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling