Xanjara Abulqosimova kino san’ati asoslari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana12.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#105463
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abulqosimova X. Kino san`ati asoslari

Tezlashgan (sekundiga 24 

kadrdan kup) syomkada — ekrandagi tasvir obyektning sekin-asta harakatlanishini 

(xuddi parvozdagidek) kо‘rsatadi. Sekinlashgan (sekundiga 24 kadrdan kom) syomkada 



— ekranda kadrning tezlashgan harakati namoyon bо‘ladi. Birinchi holatda biz 

hamma detallarni, aytaylik otlarning yugurishini xotirjam kuzata olamiz. Aynan shu 

syomka chopayotgan otlar tasviri tushirilgan qadimiy rasmlarning nechog‘lik 

haqqoniyligini ta’kidlaydi. Rasmlardan birida gо‘rt oyog‘ini tanasiga yig‘ishtirib 

olgan ot kо‘rsatilgan edi. Shunday holatda qolgan ot yugura olmaydi, deb 

о‘ylashgandi olimlar. Otning yugurishi tezlashgan usulda   suratga olinganda, 

ekranda bu kadrlar   sekinlashgan harakatni namoyon etadi va qandaydir daqiqalar 

ichidagina ot tо‘rt oyog‘ini tanasiga yig‘ishtirib olgani kо‘rinadi. Tezlashgan 

syomka obyektga  maksimal  yaqinlashishga  va uni  atroflicha kо‘rishga imkon  

beradi.  Sekinlashgan syomka  kо‘proq komediyalarda, multfilmlarda uchraydi va 

kinosan’atning ifodali vositalaridan biri xisoblanadi. Harakatli syomkadan aktyorlar 

rolning kattagina qismini uzmasdan о‘ynaydigan, kо‘p metrajli kadrlarda 

foydalaniladi. Agar shularni harakatsiz nuqtadan turib olinsa, bu kadr teatrga 

о‘xshab qoladi, bu esa kino tabiatiga tо‘g‘ri kelmaydi. Uzun kadr ichida rejissyor va 

operator planlarni, rakurslarni о‘zgartirgan holda ya’ni uning kompozitsiyasi 

almashinuvini ham kamera harakati yordamida amalga oshiradi. Mazkur holatda 

kadr ichidagi montaj amalga oshiriladi va u ichki kadrlar montaji deb ataladi. 

Syomkaning navbatdagi usuli  

panoramadir. 

Uning nomlanishining о‘ziyoq 

syomkaning mazmunini belgilaydi. Rejissyor va operator voqealar kо‘lamini, 

makon kengligini berish uchun panorama usulini qо‘llaydilar. Bunday usul  

kо‘pincha jangu jadallar bor bо‘lgan filmlarda qо‘llaniladi. Panorama yо‘li bilan 

yana yuqoridan turib olingan epizodlar aloqida keng kо‘lamlilikni kasb etadi. 

Panoramali syomka 

vertikal ya’ni apparat tepadan pastga qarab harakatlanadigan 

va gorizontal masalan, qahramonning uzoq yurib о‘tib borayotgani, metrajning 

uzunligi va nihoyat aylana, ya’ni apparatning  obyekt  bо‘ylab  aylanishidan   

iboratdir. SH.Abbosovning "Sen yetim emassan" filmidagi   "Vanyaning isyoni" 

epizodi aylana panorama usulida suratga olingan. Aylana panorama kursi atrofida 

о‘tirgan xar bir bolani kuzatshpimizga, ular kayfiyatini bilishimizga imkon beradi. 

Aylana panorama odatda о‘rta yoki yirik planlarda suratga olinadi. Rejissyorlar 

syomkaning barcha usullarini albatta bilishlari lozim. U postanovkachi sifatida 

butun filmni, ayrim epizodlarni qanday usullarda suratga olinishini tanlaydi. 

Mabodo syomka maydonida biror sabab bilan suratga olish uslubini о‘zgartirishga 

tо‘g‘ri kelsa, buning hech qо‘rkinchli joyi yо‘q. Bir filmda syomkaning turli-tuman 

usullaridan   foydalanish mumkin. Syomkaning u yoki bu turini tanlashda syujet va 

obrazlarni ifodali, yorqin, chuqur ochib berishda ularning qaysi biri moye kelishini 

ish boshidanoq aniqlab olish zarur. 

Syomkalar turlari mizansaxnalar qurilmasini tuzishda ham muhim ahamiyatga ega 

ekanligini unutmaslik kerak. Rejissyor tomonidan tanlangan syomka uslubi 

aktyorlar ijrosi uchun muxim ahamiyatga egadir. Aktyorlarga harakatli va 

panorama usulidagi syomkalarda rol ijro etish qulay ekanligi ma’lum. Bunday 

kulayliklar siri shundaki', bunda aktyorlar о‘zlarini yana ham erkin his kiladilar. Bu 

usul kо‘proq nagrada qо‘llanadi. Syomkaning montajli usuli aktyorlardan maxrratni 

talab etadi, chunki aynan shunday holatda syomka maydoni unga tordek tuyuladi. 

Kinoning qaysi bir turi bо‘lmasin, film yaratishda suratga olish davri 

postanovkachi rejissyor uchun eng mashaqkatli va mas’uliyatlidir. Zero, mana shu 

bosqichda u niyat kilgan film — kino asari yaratiladi. Ayni shu jarayonda rejissyor 

mahorati va tashkilotchilik qobiliyati yorqin namoyon bо‘ladi. Rejissyor 

zimmasidagi ijodiy yuk, film postanovkasiga bog‘liq ulkan mexnat undan sabr-

tokat, yuksak ijodiy tashkilotchilik namunasini talab etadi. Aks holda u 

maqsadidagi natijaga erisha olmaydi. Suratga olish jarayoni film yaratilishining eng 

kapa davrini tashkil etadi. U nixryasiga yetgach, filmning sо‘ngga 

montaj — saykal 

boskichi boshlanadi. 

Rejissyor film yaratishga kirishar ekan, uning ssenariysini о‘kiyotganidayoq 

montaj utishi joylarini aniklaydi. Rejissyorlik ssenariysi yozilayotganidayoq u butun 

film montajini pishitib chiqadi. Suratga olish paytida u rejissyorlik ssenariysida qayd 

etilganlarni filmga kiritishga harakat qiladi. Pekin, syomka paytida ba’zi kutilmagan 

holatlar vujudga kelib, u ichki kadr montaji va epizodlar montaji xarakterini 

о‘zgartirishi, film umumiy ritmiga о‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Shuning uchun 

ham filmning uzil-kesil montaji montaj-tonirovka jarayonida amalga oshiriladi. 

Montaj 


— suratga tushirilgan kadrlarni bir-biriga ulashdir. Montaj - kinoni 

san’atning  bir turiga aylantiruvchi muxim ifoda vositasi xisoblanadi. Montaj ulkan 

ijodiy  ta’sir kuchiga ega bо‘lib, uning vositasida eng rang-barang mazmunli kadrlar 

birlashtirilib, о‘z mavzusi, syujetiga ega bо‘lgan filmlar yaratiladi. Kadrlar turli 

davrlarda, turli mamlakatlarda har xil planlar-u, rakurelarda suratga olingan bо‘lishi 

mumkin. Shu bois mahoratli   rejissyor montaj san’atining о‘ziga xos xususiyatlari, 

talablarini chuqur bilishi lozim. Zamonaviy kinoda   rejissyorlar hammadan kо‘ra 

montajyor degan  mutaxassisning ishiga umid bog‘laydilar. Ha, ular chindan ham 

filmning umumiy ritmini, planlar, makon va vaqt bо‘yicha kadrlarning tо‘g‘ri 

uyg‘unlashuvini yaratish uchun kо‘p ishlarni amalga oshiradilar. Lekin, shunga 

qaramay, postanovkachi rejissyorgina о‘z filmining nozik jihatlarini biladi. Zero, 

uning filmga singdirilgan g‘oya va maqsadlari suratga olish jarayonida tо‘liq 

ifodasini topmay krlsa, u yoki bu sabablar bilan filmning ichki mazmun ipi 

yо‘qotilgan bо‘lsa, eng tajribali montajyor ham uning ta’sirchanlik ifodasini topa 

olmaydi. U faqat rejissuradagi kamchiklikni yopib keta oladi, yoki rejissyor xatosini 

yashiradi. Ammo filmning yashashi uchun zarur "havo"ni bera olmaydi. Bunday 

filmlarda rejissyorning о‘ziga xos ijodiy dastxatlari yо‘qoladi. Demak, montaj 

nafaqat kinoning ifoda vositasi, balki rejissyorlik mahorati va iste’dodining ham 

ifodasidir. Montajni kino san’atidagina emas, uni badiiy adabiyot, rang-tasvir, hatto 

arxitekturada ham uchratish mumkin. Montaj asarning asosiy goyasini yetkazishda 

yaxshi yordam beradi.   Lekin, kino montaji, aytaylik adabiyot montajidan farq qiladi. 

U yana ham   nozik, murakkab, hatto qarama-qarshi bо‘lishi mumkin. Bu uning 

о‘ziga xosligi va kuch-qudratidir. Montaj ma’nosini quyidagacha tushuntirish 

mumkin: mazmuni turlicha bо‘lgan ikki kadrni birlashtirish natijasida ularning yangi 

miqdorini emas, asarini hosil qilamiz. Matematikada qо‘shiluvchilar joyi 

almashtirilgani bilan ular natijasi о‘zgarmaydi. Kinoda esa kadrlar joyini 

almashtirganda, boshkacha kilib aytganda yangi montajda g‘oya va mazmun ifodasi 

tubdan va har jihatdan о‘zgaradi. Kinomontajning buyuk siri ham ana shunda. 

Rejissyor kinodagi montaj xususiyatlarini yaxshi bilmog‘i lozim. U plan, rakurslar, 

syomka usuli bir xil bо‘lgan ikki kadrni birlashtirib bо‘lmasligini, bunday holatda 

harakat yо‘qolishini bilishi kerak. Harakatsiz kino esa kino emas. Bunday montaj   

"sakrash" tasavvurini beradi. Demak, filmni tо‘g‘ri montaj qilish, ya’ni badiiy 

kinematografik ifodalilikka erishish uchun syomka paytidayoq uni montajbop qilib 

suratga olish lozim.  Shuni unutmaslik kerakki, filmning eng yaxshi montaji — bu 

uning montaj syomkasi bо‘lib, natijada u rejissyorni g‘oyalari, mavzusi, fikrlari, 

obrazlarni chuqur ochib berishiga erishtiradi. Yosh rejissyor  montajning ahamiyatini 

amaliyotda tushunib yetadi.   U montajdagi muhim jihatlarini о‘zlashtirib olsa bas. 

Masalan, kinoda montajning qanday turlari borligini bilishi lozim. Kadrlar mazmuni 

bо‘yicha birin-ketin birlashtirib boriladi. Shu tarzda syujet, vokelik rivojlanib boradi. 

Bunday montaj uzviy montaj deb ataladi. U kо‘pincha multfilmlarda, hujjatli 

lentalarda qо‘llaniladi. Parallel montaj — bir minutning о‘zida turli joylarda rо‘y 

bergan voqealar tasvirlangan kadrlarni takqoslashdir. Bu montaj film mazmunini   

kuchaytiradi, chuqurlashtiradi, undagi voqealar kо‘lamini kengaytiradi. Montajning 

bu turi kinoda keng tarqalgan. Undan birinchi bor D.U. Griffit "Betokatlik" (1916 y.) 



filmida foydalanganda, katta shov-shuvga sabab bо‘lgan va kinoning san’at sifatida  

rivojlanishiga  ta’sir kо‘rsatgan. О‘zaro bog‘langan obrazli montaj ~ bu montaj 

yо‘li bilan  film syujetini chuqurlashtirish, turli romantikalar, metaforalar orqali 

tasvir olamining badiiyligini oshirish, tomoshabinda yangi tasavvurlar uygotishdir 

("Ish tashlash" filmidagi zavod trubasiga о‘rnashib olgan qarg‘ani eslang). Mavzuli 

montaj — kо‘pincha hujjatli, ilmiy-ommabop kinoda foydalaniladi,   shu bilan birga 

filmda kо‘tarilgan bitta mavzuni ochishga xizmat kiladi va  katta umumlashmalar 

hosil qiladi. Vertikal montaj (S.M.Eyzenshteyn). Bunda tasvir (kadr yoki epizod) 

musiqaning biror fazasi bilan uyg‘unlashtirilgan holda montaj qilinadi. Bunday 

montajning ijodkori film obrazli qurilmasidan, g‘oya va mazmundan kelib chiqib

musiqa bilan mutanosib uyg‘unlashuvini tashkil etish mumkinligini isbotlagan. 



Intellektual montaj (S.M.Eyzenshteyn) kashf etilganda dunyo miqiyosidagi kino 

kashfiyoti bо‘lgan edi. Turli tushuncha va mazmunga ega ikki kadr montajda yangi 

tushuncha, yangi ma’no kasb etadi. Intellektual montaj kino san’atining ruhiy-

ma’naviy qudratini oshirdi. Rejissyor izlanishlari bu montaj borasida yana bir 

kichik, lekin yorqin kashfiyot  -"ichki monolog" prinsipiga yо‘l ochdi.    Bu prinsip 

kinodramaturgiya va rejissurada   keng qanot yezdi. U qahramonning fikran teran,  

ruhan chuqur obrazini yaratishga yordam beradi. Zero, ichki monologda qahramon 

xatti-harakatlarini, atrof-muhit bilan munosabatlarini tushunishga yordam beradigan 

xis-tuyg‘ular, о‘ylari kengroq ochiladi. Rejissyor bir filmda uning 

dramaturgiyasidan kelib chiqib, montajning turlaridan uyg‘unlikda foydalanishi 

mumkin. Bu ishni filmni suratga olish jarayonida bajaradi. Shunday qilinsa, montaj 

— sayqal paytida filmni "yig‘ib" olish, unda kerakli vaqt va makonni yaratish, 

qahramon obrazini ochish, unga nisbatan о‘z munosabatini kо‘rsatish mumkin 

bо‘ladi. Montaj filmda vokealar ohangi, ritmi va tempini anikdaydi, kadrning ichki 

ritmini filmning  umumiy ritmi va  tempi bilan  uyg‘unlashtiradi. Ichki kadr ritmi 

rejissyor tanlagan mizansahna, aktyor plastikasi, sо‘z va musiqa yoki boshqa 

ovozlar yangrashi bilan ta’minlanadi.  Montajda ichki kadr ritmi orqali butun film 

harakatini, jumladan, uning tempini kuchaytirish yoki susaytirish mumkin. 

Kadrlarning notо‘g‘ri montaji, ya’ni harakat xarakteriga epizodlarning moye 

tushmasligi tempning buzilishiga olib keladi. Bunday notо‘g‘ri montaj, agar jangari 

epizod bо‘lsa, kim kim bilan urishayotgani bilinmaydigan  tartibsizlikni keltirib 

chikaradi. Rejissyor tomonidan tanlangan montajning barcha turlari, uning 

prinsiplari yagona bir maqsadga — asarning kinematografik ta’sirchan chiqishiga 

qaratiladi. Rejissyor akl-idroki, mahorati ila qо‘llagan montaji orqali filmda о‘z 

g‘oya va maqsadini tо‘la amalga oshiradi. Demak, montajning barcha nozik 

jihatlarini bilish rejissyor uchun muhimdir. Shuningdek, montaj xarakterida 

rejissyorning ijodiy dastxati ham kо‘rinadi. 

Rejissyorning qaysi montaj turini tanlashi dramaturgiyadan tashqari janrga ham 

bog‘liq. Aytaylik, sarguzasht janri bо‘lsa, lostanovkachi rejissyor birinchi 

kadrlardayoq hikoya qilish ritmini topib, butun film davomida uni saqlab qoladi. 

Kompozitsiyaning kuchli vositasi bо‘lgan harakat bunday filmlar montajida oldinga 

chiqadi. Psixologik dramada esa montaj boshkacha xarakter kasb etadi. Bunda 

shoshilmaygina boshlangan umumiy temp — ritm rejissyor va aktyor qahramonlar 

obrazlarini batafeil, atroflicha ochib berishiga yordam beradi. О‘zaro bog‘langan 

obrazli montaj ayni shu janrlarga kо‘l keladi. 

Psixologik filmlarda istak muhim о‘rin egallaydi. Peyzajdan fon sifatida emas 

dramaturgiyaning tarkibiy qismi sifatida foydalanish faqat kino uchun 

xarakterilidir. Rejissyorlar ham kinosan’atning bu muhim imkoniyatidan samarali 

foydalanishadi, Peyzaj film umumiy tо‘qimasining kuchli emotsional vositasi bо‘lib 

hisoblanadi. 



Uning 

dpallari, konkret kо‘rinishlari (tо‘kilgan barglar, daryoning 



jо‘shqin 

oqishi, qakrab yotgan sahro) dramaturgiya va rejissyor fikridan kelib 

chiqib, g‘oyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi. 

Film montajida (ikki yoki uchta kadrlar birlashuvchi) biggi montaj birlashmasidan  

ikkinchisiga о‘tish turli janrlardi turlicha bо‘ladi. Ovozsiz  kino davridagi filmlar 

montaj


idi 

bunday о‘tishlar yozuv — subtitrlar yoki qorong‘ilashuv orqali amalga 

oshiriladi. Hujjatli, ilmiy-ommabop kinoda bir montaj birikmasining ikkinchisiga 

utishi diktor matni vositasi bilan bо‘ladi. Uning mazmuni bu о‘tishni asoslabgina 

qolmay, keyingi montaj birikmasi mazmunini ham ifodalaydi. Badiiy kinoda ham 

montaj birikmalar sо‘zlar orqali amalga oshiriladi. Xullas montajda sо‘zning vazifasi 

ham juda muhimligi uchun rejissyor sо‘z ustida xam qunt bilan ishlashi lozim. 

Shuning uchun film ustida ishning sо‘nggi bosqichidagi sayqallash montaj bilan 

birlashtirilgan. Kinodo sayqal berish deganda, postanovkami rejissyorning filmni 

ovozlashtirishi tushuniladi. Bu jarayonda unga ovoz operatorlari va ovoz rejissyorlari 

yordamga keladilar, ular filmga zarur bо‘lgan ovozlarni, shovqinlarni topadilar Ular 

filmni suratga olish paytida yozib olingan   bо‘li, sayqallash jarayonida esa ular 

tozalanadi, jaranglashi yaxshilanadi yoki maxsus sayqalxonada yaratiladi. Shu 

jarayonda film musiqasi xdm о‘z о‘rniga qо‘yiladi. Musiqa filmning qaysi joyida 

qanday jaranglaigini uning dramaturgiyasidayoq anikutb olish zarur. Musiqani tasvir 

bilan mohirona uyg‘unlashtirish uning muhim ifoda vositasi ekanligi filmning har bir 

syujetida sezilishi lozim. Filmda yangragan xar qanday musiqa, ovoz, shovkin bir 

kadrning ikkinchisiga, bir montaj birikmalarining boshqasiga о‘tishida, kadrlar 

kompozitsinsi va uning yorug‘ligini bildirishda bir vosita vazifasini yi aydi Filmdagi 

ovoz — musiqa, har xil ovozlar, shovqinlarnish barchasi tasviriy tizimlar bilan 

murakkab birlashuvga kirishadi. Ovoz va tasviriy tizimlarning tо‘la moslashuvi va 

uyg‘unli


) i  

ovozlashtirishning keng tarqalgan turidir. Boshqasi >sa konrtapunktli 

ovoz tizimidir. Unda tasvir ovoz bilan karami qarshi qо‘yiladi. 

Rejissyor U.Nazarovning "Surayyo" filmida syujet qahramon ayolning erinikiga 

ketayotib, yо‘lda shaxsiy hayoti haqida xayol surishi asosiga qurilgan. Uvaeri 

nafaqatxarakterijihatidan, balki hayotiy qiziqishlari, ichki dunyolari bilan ham turli 

odamlar edi. Ayol о‘ylagan, orzu qilgan baxtni oilasidan topa olmaydi. Eri bilan 

uchrashuvi kо‘ngilsiz о‘tadi va allakanday qat’iyatsizlik-la kalovlanib kо‘chadan 

о‘tib boradi va odamlar oqimiga qо‘shilib ketadi. Ishdan qaytayotgan odamlarning 

shо‘x kulgisi, hazil-huzullari eshitiladi. Atrofda hayot qaynamoqsa. Va shu qaynoq 

hayot qahramonni ham о‘z oqimiga tortadi. Uning kо‘rinishidan qanday qarorga 

kelganini bilib bо‘lmaydi. Eri huzuriga qaytib, baxt neligini bilmay о‘tsinmi yoki 

qaytmasinmi? Qahramonning ana shu holati tushirilgan lavhalarda M.Burxonovning 

musiqasi baland, kо‘tarinki ruhda yangraydi. Musiqa tasvirga, aktrisa ijodiga qarama-

qarshi qо‘yiladi. Mana shu kо‘tarinki ohanglar qaxramonning takdiri boshqacha 

bо‘lishiga ishora qiladi. Musiqada kontrapunktdan foydalanish film sо‘nggida 

ma’lum bir xulosaga olib keladi, chunki musiqa shu joyda rejissyor ixtiyori bilan 

hikoyaga nuqta qо‘yuvchi dramaturgik vosita vazifasini о‘tagan. Kompozitor 

ssenariy bilan tanishib chiqqan va rejissyor bilan kelishib olgan bо‘lsa, filmga 

musiqani syomkalar boshlanmasdan oldin yozishi mumkin. Lekin, kо‘pincha film 

tayyor bо‘lgandan sо‘ng ovozsiz bо‘lsa ham, kompozitor uni kо‘rib, sо‘ng musiqa 

yozadi. Albatta, bu musiqa kompozitor uni qanday tushunishi va rejissyor asariga 

qanday musiqa zarurligini bayon etishiga bog‘liq. Biroq, musiqaning о‘rnini va 

vazifasini moxirona nafis montajning tasviriy-plastik tizmasi belgalaydi. Bunday 

paytda filmga kino asari sifatida obrazlilik va tasviriylik zarur bо‘ladi. 

Filmning plastik yechimidan kelib chiqkan holda uning ovozi va musiqasi bilan 

о‘zaro munosabati о‘rnatiladi. Agar yaxshi ishlangan filmga diqqat bilan quloq 

tutsangiz uning ovozi, musiqali okimi ma’lum bir kompozitsiyaga terilib 

kelayotganini payqaysiz. Kino "tilga kirganda", filmlardagi ovozlar tizmasi haqiqiy 

shovqinlardan olingani bilinadi. Ovozlarning tabiiy holatda kiritilishi syujet 

rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi. Postanovkachi rejissyorlar keyinchalik ovoz va 

musiqani filmda nazorat qilib, tartibga solish kerakligini tushunib yetdilar va bugun 



biz uni ovozlar obrazi, deb ataymiz. Rejissyorlar yana ovozli pauza — sukunatdan 

ifodali foydalanib, filmlarni musikasiz ham yaratish mumkinligini tushundilar. 

Sayqal berish paytida filmdagi sо‘z jarangi ustida ishlash ham rejissyorning 

muhim vazifalaridan biridir. Jumlalar, sо‘zlashuvlar, monologlar odatda ovoz 

operatori tomonidan suratga olish maydonida yozib olinadi. Sо‘ng ular tozalanadi, 

jarangi yaxshilanadi. Shunday hollar bо‘ladiki, biron bir sо‘z montaj-sayqallash 

paytida u yoki bu sabab bilan birinchi bor yozilayotgan bо‘lsa, rol ijrochilari taklif 

etiladi va ular ovozsiz ekran qarshisida turib qaytadan obrazga kirishadilar. Kinoda 

rolni bir aktyor ijro etsa, unga ovozni boshqa aktyor berishi mumkin. Bularning 

barchasini yozib olish rejissyordan ham ovoz operatoridan ham ter tо‘kib mehnat 

qilishni talab etadi. Ovoz berayotgan aktyorning nutq harakati rol ijrosining lab 

harakatiga moye tushishi kerak. 

Filmni sayqallash paytida qaxramon nutqi matnini ba’zida almashtirishga 

tо‘g‘ri kelib qoladi. Bu rejissyor va aktyor ishini yana kiyinlashtiradi. Shuning 

uchun tasvirni ovoz bilan tо‘g‘ri joylashtirishda nihoyatda e’tiborli bо‘lish lozim, 

chunki ohang va sо‘z tizmalarining bir bо‘lib qо‘shilib ketishi qaxramonlar 

nutqlarining ahamiyatini oshiradi. 

Sо‘zning kinodagi vazifasi kо‘pqirralidir. U voqealarga, film tasviriga badiiy 

bezak bо‘lib qolmasliti kerak. Rejissyor aktyor tomonidan aytilgan har bir sо‘zga 

alohida e’tibor qiladi. Bu narsa nafaqat suratga olish maydonida, balki qahramonlar 

istaklari yozilayotgan sayqallash xonasida ham e’tiborda bо‘lishi lozim. 

Film ustida ishlashning sо‘nggi bosqichida rejissyor filmdagi ovozlar 

oqimining plastik obrazlar kabi ta’sirchan chiqishi uchun bor kuch-g‘ayratini 

sarflashi lozim. Rejissyorning film ustida ishlashi undan kо‘p kuch va mehnat talab 

qiladigan murakkab ijodiy jarayondir. Shuning uchun rejissyor о‘z ijodida 

muvaffaqiyat qozonishi uchun keng va chuqur badiiy tafakkurga ega bо‘lishi zarur. 

U shaxe sifatida о‘qish yillari davomida shakllana boshlaydi. Ayni shu davrda u 

о‘zining kasbiy maxrratiga zamin yaratadi. Lekin, mahorat va kо‘nikmalarni 

о‘stirish, chuqurlashtirish kerakki, bular rejissyorlardan iroda, xoqish va kо‘nikma  

talab   etadi.   Rejissyor   adabiyotni,   teatrni, 



haykaltaroshlikni, ranggasvirni, musiqani yaxshi bilishi kerak 

Yradi^da orttirgan bilimlari ijodi davomida samarasini 

Jahon kino san’atining mumtoz asarlari rejissyorlarning 

muntazam izlanishlari bois dunyoga keldi va kinoni XX asrning 

buyuk kashfiyetlaridan biriga aylantirdi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Xulosa 

 

Kino-doimo rivojlanib boradigan san’atdir. Uning texnik 



jihatlari takomillashib, yangilanib borishda davom etmoqsa. Bu 

afzalliklar kino poetika sini boyitadi. Kinochilar bir payt-lar 

televideniye optikasidan foydalana boshlaganlarida uning 

tasviriy olamida sezilarli о‘zgarishlar sodir etgan edilar. 

Elektronikaning kinoga kirib kelganiga ancha bо‘ldi (30-yil-

lardagi elektronika tufayli syujet yо‘nalishi qiziqarli bо‘lgan 

King-Kong haqidagi amerika filmini eslang). Bugun esa fil-

mlarning yaratilishida kompyuter grafikasi faol ishtirok et-

moqsa. Biroq, kino texnikasida qanchalik о‘zgarishlar kо‘p 

bо‘lma-sin, uning san’at sifatidagi muhim asoslari о‘zgarmasdir. 

Bugun ham, kelajakda ham kino asari о‘zining adabiy asosi 

— ssenariysiz dunyoga kelmaydi. Ayrim uslubiy yо‘nalishlari, 

shakllari  о‘zgarishi mumkin, lekin badiiy kinoda eng muhimi 

inson va uning takdiri. Kino san’atining barcha tasviriy vosi-

talari, ifodali lavhalar tizmasi, aktyorlik san’ati, rejissura mana 

shu maqsadga erishishga qaratiladi. 

Badiiy kino kelgusida qanday rivojlanishidan qat’iy na-zar, u 

jahon xalklari uchun sevimli san’at bо‘lib qolaveradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Mundarija 

 

 



Sо‘zboshi

 ..........................................................................................................  3 

1-bо‘lim. Kinoning san’at turi sifatida shakllanishi

 ...................................  4 

1.1.  Kino san’atining texnikaviy va badiiy asoslari .......................................... 4 

1.2.  Kino san’atining turlari .............................................................................. 10 

1.3.  Kino san’atining janrlari ............................................................................ 12 

2-bо‘lim. Kino san’atining tarkibiy qismlari

 ............................................... 16 

2.1.  Ssenariy — filmning asosi .......................................................................... 16 

2.2.  Filmning tasviriy olami............................................................................... 29 

2.3.  Kinoda musiqa ............................................................................................ 46 

2.4.  Aktyor kinoda ............................................................................................. 53 

2.5.  Kino rejissyori ............................................................................................ 70 

 

Xulosa ................................................................................................................. 97 



Mundarija ............................................................................................................ 98 

 

 



 

 

 



 

 

Xanjara 



Abulqosimova 

KINO SAN’ATI ASOSLARI 

 

«О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat 



ilmiy nashriyoti, 2009. Toshkent - 129, Navoiy 

kо‘chasi, 30. 



 

Muharrir B.Azamova Tex.muharrir M. 



Olimov Sahifalovchi U. Sapayev

 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling