Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
-jadval Xalqaro migrantlarning yosh va jinsi bo‘yicha tarkibi (2015 yil),%
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4-jadval Xalqaro migrantlarning asosiy mintaqalar bo‘yicha taqsimoti, million kishi
- Mintaqalar Yillar 2000
- 8.5-jadval Xalqaro migrantlar immigratsiyasi va emigratsiyasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar 152 , mln. kishi
- Immigratsiya darajasi yuqori mamlakatlar Immigrantlar soni
- 8.6-jadval 2000-2015 yillarda pul o‘tkazmalari eng ko‘p jo‘natilgan 10 ta asosiy mamlakat 153 , mlrd AQSh dollari
- 2000 yil 2005 yil 2010 yil
- Mamlakat Pul o‘tkaz-masi hajmi Mamlakat
8.3-jadval
Xalqaro migrantlarning yosh va jinsi bo‘yicha tarkibi (2015 yil),%
Xalqaro migrantlarning asosiy joylashuv mintaqalarini aniqroq ko‘rish maqsadida ularning faoliyat ko‘rsatish hududi 6 ta asosiy mintaqalarga ajratib olinishi maqsadga muvofiq: Afrika, Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Shimoliy Amerika va Okeaniya. 2000-2015 yillardagi migrantlar oqimi yo‘nalishlari tahlili xalqaro migrantlarning asosiy oqimi Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika mintaqalariga yo‘nalganligini ko‘rsatadi (8.4-jadval). Xalqaro migrantlar harakatini o‘rganish asosida ularni eng ko‘p immigratsiya va emigratsiya qilayotgan mamlakatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. 8.4-jadval Xalqaro migrantlarning asosiy mintaqalar bo‘yicha taqsimoti, million kishi
2015 yilda dunyo bo‘yicha xalqaro migrantlar immigratsiyasi yuqori bo‘lgan 20 ta mamlakat ichida AQSh, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni va Buyuk Britaniya yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lsa, emigratsiya darajasi yuqori bo‘lgan 20 ta mamlakat ichida Hindiston, Meksika, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy va Bangladesh yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan (8.5-jadval). BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda jahonda 244 mln.ga yaqin kishi o‘z vatanini tark etib, chet elda yashaydi. Demak, migrantlarning umumiy soni ayrim mamlakatlar, masalan, Braziliya aholisidan ko‘pdir151.
Pul o‘tkazmalari xalqaro migratsiyaning bevosita va eng sezilarli samarasini namoyon etadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-2015 yillar davomida xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 5 marta ortib, 300 mlrd. AQSh dollaridan ortiqroqqa yetgan. Agar rivojlanayotgan o‘rtacha mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti hajmi 50 mlrd. AQSh dollari ekanligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, 2015 yildagi migrantlar tomonidan jo‘natilgan umumiy pul o‘tkazmalari hajmi 5-6 ta o‘rtacha rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti hajmidan ham ortiqroqni tashkil etgan. Pul o‘tkazmalari jo‘natilgan va qabul qilingan mamlakatlar kesimidagi ko‘rsatkichlar tahlili migratsiya oqimini qabul qiluvchi va jo‘natuvchi mamlakatlar haqidagi yanada aniqroq tasavvur hosil bo‘lishiga yordam beradi. 2000-2015 yillarda dunyo bo‘yicha pul o‘tkazmalari jo‘natilgan 10 ta asosiy mamlakat qatorida AQSh va Saudiya Arabistoni oldingi 2 o‘rinni egallab kelgan (8.6-jadval). 8.6-jadval 2000-2015 yillarda pul o‘tkazmalari eng ko‘p jo‘natilgan 10 ta asosiy mamlakat153, mlrd AQSh dollari
Jadval ma’lumotlari o‘tgan 15 yil davomida eng ko‘p pul jo‘natmalari o‘tkazilgan mamlakatlar ro‘yxatida sezilarli o‘zgarishlar yuz berib, so‘nggi yillarda Xitoy va neft eksport qiluvchi ayrim arab mamlakatlari ushbu ro‘yxatga kirib borganligini ko‘rish mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, ushbu mamlakatlarga xalqaro migrantlar oqimi va shu bilan birga, bu mamlakatlarda migrantlarning o‘rtacha daromadi ortib borgan.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling