8.4. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi, mintaqalararo migratsion jarayonlar va ularning ustuvor oqimlari
Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi siklik o‘zgarishlar globallashuv jarayonlari bilan parallel ravishda yuz bermoqda. Globallashuv oqibatida yuzaga kelayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar xalqaro mehnat bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, migratsiya oqimining o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyoda migrantlarning ulushi ko‘rsatkichining barqarorligi kuzatiladi. 1970-2015 yillarda migrantlar umumiy sonining jahon aholisi sonidagi ulushi juda oz miqdorda, ya’ni 2,3 %dan 3,3 %gacha o‘sdi. 1970 yilda jahon bo‘yicha xalqaro migrantlar soni 84,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib bu ko‘rsatkich 243,7 million kishiga yetdi (8.2-jadval).
8.2-jadval
Jahon bo‘yicha 1970-2010 yillarda xalqaro migrantlar sonining o‘zgarishi149
Yillar
|
Migrantlar soni, mln. kishi
|
Xalqaro migrantlarning jahon aholisi soniga nisbatan ulushi, %
|
1970
|
84,5
|
2,3
|
1975
|
90,3
|
2,2
|
1980
|
102,0
|
2,3
|
1985
|
113,2
|
2,3
|
1990
|
152,6
|
2,9
|
1995
|
160,8
|
2,8
|
2000
|
172,7
|
2,8
|
2005
|
191,2
|
2,9
|
2010
|
221,7
|
3,2
|
2015
|
243,7
|
3,3
|
2015 yilda dunyo aholisi soni 7,3 milliard kishini tashkil etishi inobatga olinsa, 243,7 dunyo aholisi bo‘yicha har 30 kishidan biri xalqaro migrant ekanligini ko‘rish mumkin.
2015 yil bo‘yicha xalqaro migrantlarning jinsi bo‘yicha tahlili migrantlar umumiy sonidan 52 %i erkaklar va 48 %i ayollarni tashkil etganligini ko‘rsatadi. Xalqaro migrantlarning yosh guruhlari bo‘yicha o‘rganish migrantlarning 72 %i (20-64 yoshda) mehnatga layoqatli yoshda ekanligini ko‘rsatadi. Qolgan 18 % migrantlar 20 yoshgacha va 75 yoshdan yuqori bo‘lganlarni tashkil etgan. Bunda 75 yoshdan katta migrantlarning 4,5 %i erkaklar va 6,8 %i ayollar (8.3-jadval)150.
Do'stlaringiz bilan baham: |