Xizmat ko‘rsatish sohasi
|
ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko‘rinishga ega bo‘lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo‘naltirilgan sohalari.
|
Xalqaro valyuta fondi (XVF)
|
xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti.
|
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
|
mamlakatlar va hududlar o‘rtasida, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalari tizimi.
|
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi
|
ishlab chiqarish bosqichlarining bir-birini to‘ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning o‘zaro hamkorlik qilishi.
|
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi
|
mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti ko‘rinishi bo‘lib, unda o‘zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha biror turdagi mahsulot tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning tabaqalanishi yuz beradi.
|
Shimoliy Amerika mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (NAFTA)
|
Shimoliy Amerikaning 3 yirik davlatini (AQSh, Kanada, Meksika) birlashtirgan bu tashkilot 1989 yilda tashkil topdi.
|
Eksport
|
tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.
|
Eksport kvotasi
|
mamlakat eksporti qiymatining unig yalpi ichki mahsulotiga nisbati.
|
Emissiya
|
qog‘oz pullarning g‘aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga chiqarish.
|
Embargo
|
biror mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlay ta’qiqlash.
|
| |