7.8-jadval
Ayrim dunyo mamlakatlarining sug‘urta tizimi faoliyati ko‘rsatkichlari126
Mamlakatlar
|
YaIMdagi ulushi, %
|
Hajmi, mlrd. AQSh dollari
|
O`zbekiston
|
0,4
|
0,11
|
Gruziya
|
1,2
|
0,17
|
Ozarbayjon
|
0,8
|
0,32
|
Qozog`iston
|
0,8
|
1,11
|
Rossiya
|
1,4
|
21,59
|
Braziliya
|
2,8
|
50,50
|
Janubiy Koreya
|
12,1
|
170,80
|
Sug‘urta va pensiya tizimi O‘zbekiston moliya bozorining ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanib, bugungi kunda bu sohada sug‘urta bozorining elementlari yetarli shakllanmagan. Shu sababli mamlakatimizda sug‘urta bozorining faoliyati moliyaviy sektorning juda kichik segmentini tashkil etadi. 2017 yilda mamlakatimiz sug‘urta bozori faoliyati hajmi 0,11 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, sug‘urta bozori faoliyati hajmining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 0,4 %ni tashkil etgan. Milliy sug‘uta bozori faoliyati natijalarini ayrim mamlakatlarning ushbu sohadagi faoliyatiga taqqoslash ham sug‘urta tizimining moliya bozoridagi faoliyat ko‘lami juda pastligini ko‘rsatadi (7.8-jadval).
O‘zbekistonda sug‘urta bozori holati umumiy sug‘urta tizimi yaxshi rivojlanmaganligini, uning rivojlanishi uchun mamlakatda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichlar orasida O‘zbekiston YaIMga nisbatan eng kichik sug‘urta portfeliga egadir, sug‘urta tizimining YaIMga nisbatan hajmi Janubiy Koreyaga nisbatan 30 baravar kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |