Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


O‘zbekiston Respublikasi moliya bozori holati, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari


Download 1.08 Mb.
bet90/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

7.5. O‘zbekiston Respublikasi moliya bozori holati, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davridan boshlab iqtisodiy mustaqillikning asosiy omili hisoblangan milliy moliya bozorini to‘laqonli shakllantirish va rivojlantirish borasida uzluksiz harakt qilib kelmoqda.

Milliy moliya bozori uning uch asosiy tarkibi hisoblangan bank tizimi, sug‘urta bozori hamda kapital bozorini shakllantirish, ularda bozor munosabatlarining amal qilishini ta’minlash hamda global moliyaviy tizimga integratsiyalashuv yo‘nalishidagi faoliyat asosida rivojlanib bormoqda.


So‘nggi yillarda milliy moliya bozoridagi o‘zgarishlar milliy moliya tizimining tez sur’atlarda xalqaro standartlarga yaqinlashib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz moliya bozorining xar bir tarkibiy qismi zaruriy elementlarga to‘liq ega bo‘ldi va tizim sifatida shakllandi.
Mustaqillikning dastlabki 25 yili davomida milliy moliya bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq harakatlar ushbu bozorning zaruriy elementlarini shakllantirish, ularni bir-biri bilan bog‘langan tizimga aylantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan bo‘lsa, so‘nggi davrlardagi moliyaviy islohotlarning asosiy yo‘nalishi shakllangan moliyaviy bozorlarning bozor qonuniyatlari asosida to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi, milliy moliya bozorlarining xalqaro va global moliya bozorlariga integratsiyalashuvini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Quyida O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorining alohida tarkibiy qismlari bo‘yicha holati, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini ko‘rib chiqaylik.
Mamlakatimizda bugungi kunda milliy bank tizimi to‘liq shakllangan bo‘lib, hozirda 30 dan ortiq xususiy, davlat kapitali ishtirokidagi va xorijiy banklar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Milliy bank tizimi mavjud aktivlar hajmi jihatidan rivojlangan mamlakatlardan ancha ortda qolmoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun ushbu aktivlarni sezilarli darajada oshirish kerak bo‘ladi. 2017 yil davomida aktivlarning umumiy o‘sish darajasi valyuta kursining 60 %ga devalvatsiyalashuvi va valyuta aktivlarining proporsional o‘sishi hisobiga 98 %ni tashkil etdi.
Davlatga qarashli banklar kapital va kredit portfeli nuqtai nazaridan ustunlik qiladi, ammo bu holat rivojlanayotgan iqtisodiyot uchun maqbuldir. Chunki bu kredit oqimlarini iqtisodiyotning strategik muhim sohalariga yo‘naltirish imkonini beradi.
Milliy bank tizimiga nisbatan aholi o‘rtasida ishonch darajasi nisbatan past bo‘lib, u bank tizimining rivojlanish sur’atlarini sekinlashtiradi va iqtisodiyot yashirin sektorining saqlanib qolishiga hissa qo‘shadi.
Bugungi kunda bank tizimidagi asosiy muammolarni umumlashgan holda quyidagicha ifodalash mumkin:
- iqtisodiyotning strategik jihatdan muhim sohalariga moliyalashtirishni o‘tkazishning samarasiz mexanizmlari amal qilinayotganligi;
- bank xizmatlari turlarining iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari talablariga to‘liq javob bermasligi;
- bank sektorining yaxlit iqtisodiyotdagi ulushi kichikligi (jahon reytingida 86-o‘rin);
- qarz kapitalining yuqori qiymati ( yiliga 23 %dan ortiq);
- moliyaviy tizimga aholi ishonchining pastligi (60 %dan kam);
- bozor jarayonlari, xalqaro hisob-kitob tizimlari va muvofiqlik amaliyotlarining past darajasi;
- xalqaro investorlar ishonch darajasining yuqori emasligi;
- bank xizmatlari sohasida raqobatning to‘laqonli shakllanmaganligi va protsessing xizmatlari bozorining yopiqligi;
- moliyaviy xizmatlar bozorida raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarining ishlab chiqilmaganligi, qayta ishlash xizmatlari uchun bozorning yopiqligi;
- xalqaro moliyaviy bozorlar bilan integratsiyalashning past darajada ekanligi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling