Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-jadval Yetakchi valyutalarning jahon valyuta bozori operatsiyalaridagi ulushi


Download 1.08 Mb.
bet88/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

7.5-jadval
Yetakchi valyutalarning jahon valyuta bozori operatsiyalaridagi ulushi118 (foizda)


Valyuta


1989


1992


1995


1998


2001


2004


2007


2010


2013


2016


2019

USD

90,0

82,0

83,0

87,0

90,4

88,7

86,3

85,0

87,0

88,0

88,0

EURO

-

-

-

-

37,6

36,9

37,0

39,0

33,0

31,0

32,0

DEM

27,0

40,0

8,0

5,0

-

-

-

-

-

-

-

FRF

2,0

4,0

8,0

5,0

-

-

-

-

-

-

-

JPY

27,0

23,0

24,0

22,0

22,7

20,2

16,5

19,0

23,0

22,0

17,0

GBR

15,0

14,0

10,0

9,0

13,2

16,9

15,0

13,0

12,0

13,0

13,0

CHF

10,0

9,0

7,0

7,0

6,1

6,0

6,8

6,0

5,0

5,0

5,0

CAD

1,0

3,0

3,0

4,0

4,5

4,2

4,2

5,0

5,0

5,0

5,0

AUD

2,0

2,0

3,0

3,0

4,2

5,9

6,7

8,0

9,0

7,0

7,0

HKD

-

1,1

0,9

1,0

2,3

1,9

2,8

2,0

1,0

2,0

4,0

SGD

-

0,3

0,3

1,0

1,1

1,0

1,2

1,0

1,0

2,0

2,0

Boshqa valyutalar


26,0

21,6

23,8

31,0

17,9

18,3

23,5

22,0

24,0

25,0

27,0

Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti va bozorlari jiddiy omillar ta’siriga uchramoqda. Bular jumlasiga takrorlanuvchi va ta’sir doirasi keng bo‘lgan moliyaviy va valyuta inqirozlari, rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy sektorning zaifligini; offshor moliyaviy markazlar sonining ko‘payishi, xususiy kapital hajmiga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishda xalqaro moliya institutlari imkoniyatlarining cheklanganligi, investitsiya institutlari, moliyaviy vositalar va operatsiyalar hajmining ko‘payishi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur omillar xalqaro moliya tizimini isloh qilish zaruratini ko‘rsatmoqda119 .

Qayd etish joizki, bir qator yetakchi iqtisodchi olimlar va ekspertlar tomonidan yaqin yillarda jahonda moliyaviy inqiroz sodir bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Chunki keyingi davrda jahon moliyaviy kon’yunkturasi, jahon savdosi va dunyo ishlab chiqarish hajmi hamda yetakchi moliyaviy markazlar, shuningdek, xalqaro valyuta tizimida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.


Mazkur holatni jahondagi yetakchi xalqaro moliya institutlari ham tasdiqlamoqda. Jumladan, Jahon banki joriy yilda jahon savdosi o‘sish sur’atlari 2,6 foizdan 1,5 foizgacha pasayish prognozini keltirdi, XVF esa iqtisodiy inqirozning 2008 yildagiga qaraganda yanada keskin bo‘lishini taxmin qilmoqda. XVF hisobiga ko‘ra, joriy yil oxiriga qadar global YaIM 0,8 foizga yoki 700 milliard dollargacha kamayadi. Natijada esa dunyo mamlakatlarining 90 foizida iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayadi va oxirgi o‘n yil ichidagi eng yomon holat aks etadi. Bunga qator omillar, jumladan, yetakchi mamlakatlarning savdo urushlari yo‘lida boj to‘lov miqdorlarining oshirilishi, turli xil sanksiyalarning qo‘llanilishi, uglevodorodlarga talab va narxlarning keskin pasayishi hamda yirik fond bozorlaridagi “pufaklar”ning shakllanishi kabilar ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, yetakchi valyutalarning ham xalqaro qiymatini keskin tushib ketishi va natijada mamlakatlarning xalqaro likvidligiga salbiy ta’sir etishi qayd etilmoqda.
XVF ekspertlari qayd etishicha, jiddiy retsessiya bo‘lsa, defolt xavfi bilan bog‘liq korporativ qarz hajmi 19 trillion AQSh dollariga yoki sakkizta yetakchi iqtisoddagi jami qarzning qariyb 40 foiziga yetadi. Bu moliyaviy inqiroz davrida kuzatilgan darajadan birmuncha yuqoridir.
Savdo urushlarini to‘xtatish va ilg‘or IT-texnologiyalar asosida tovarlar va xizmatlar almashishning yangi, yanada ishonchli va zamonaviy global tizimni yaratish global iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning yagona yo‘li hisoblanadi. Shu bilan birga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli holatga, uning salbiy ta’sirlariga bardosh bera oladigan moliya tizimini shakllantirish, mamlakatlar moliya tizimida yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan inqirozli holatlarning oldini olish hamda ularning ta’sir doirasini kamaytirish lozim. Shuningdek, xalqaro moliya tizimidagi harakatlar hamjihatligini ta’minlash, moliyaviy operatsiyalarni xalqaro darajada tartibga solishning ta’sirchanligini oshirish zarur. Hozirgi vaqtda jahon hamjamiyati xalqaro moliya tizimini global tartibga solish jarayonini isloh etishning ikkita variantini tavsiya etmoqda:
1) global tartibga solish institutining tashkil etilishi;
2) moliya bozorini tartibga solish bo‘yicha xalqaro institutlar faoliyatini global darajada muvofiqlashtirilishi.
Global tartibga solish instituti faoliyatining tashkil etishdagi asosiy muammolardan biri jahon mamlakatlari milliy moliya tizimining rivojlanish darajasidagi farqlanishlar hisoblanadi120.
Shuningdek, bu jarayonda quyidagilarni ham inobatga olish maqsadga muvofiq:
– kriptovalyutalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy qoidalarini ishlab chiqish;
– kriptoaktivlar bozori faoliyatini tartibga solish mexanizmini yaratish;
– jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha qoidalarni inobatga olgan holda moliya bozorlari faoliyati qoidalarini joriy etish;
– ayrim davlatlarning gegemonligi va valyuta munosabatlaridagi “shantaji” va “sanksion ustunligini” oldini olishga qaratilgan qat’iy qoidalarni ishlab chiqish hamda bu jarayonda xalqaro moliya institutlari rolini oshirish lozim.
Shunday qilib, xalqaro moliya tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbolli jarayon bo‘lib, ular faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirishda muhim o‘rin tutadi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling